Tojik chegarachilari bilan otishmada o’lgan qirg’izistonlikning ismi ma’lum bo’ldi

454
0

sasa 9 avgust kuni tojik chegarachilari bilan otishmada o’lgan Qirg’iziston fuqarosi 1968 yilda tug’ilgan Alikin Kashekov ekani ma’lum bo’ldi. O’sh viloyat IIB ma’lumotiga qaraganda, u Qora teyit qishlog’ida istiqomat qilgan.

 Qora miq qishlog’ilik ikki shaxs – 30 yoshli Davlatboy Gimov va 28 yoshli Bekmirza Matirzaev esa tojik chegarachilari tomonidan qo’lga olingan.

 Eslatib o’tamiz, 9 avgust kuni Tojikistonning To’pako’l aholi punktida soat taxminan 17:30da chegarachilar hamda Qirg’izistonning Cho’ng Oloy tumanilik uch qurollangan shaxs o’rtasida otishma kelib chiqqan edi. Otishmada qirg’izistonliklardan biri o’lgan, 10 avgust kuni uning jasadi qirg’iz chegarachilariga topshirildi.

 Ayni paytda qo’lga olingan Qirg’iziston fuqarolarini vataniga qaytarish bo’yicha ishlab olib borilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.