Atamboev va Putin Qirg’iziston va Rossiya hamkorligining istiqbollarini muxokama qilishdi

431
0

43Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev 11 avgust kuni Sochi shahrida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi.

Qirg’iziston prezidenti apparati bo’limining xabar qilishicha, uchrashuv davomida davlat rahbarlari ikki tomonlama qirg’iz-rossiya hamkorligining bugungi holatini va uni takomillashtirishning kelgusidagi bosqichini muhokama qilishgan.

Atambaev va Putin ikki mamlakatlar hukumatlari o’rtasidagi o’zaro munosabatning yuqori darajada ekanligini mamnuniyat bilan e’tirof etishgan. Muzokaralar davrida, shuningdek, hamkorlikda amalga oshirilayotan yirik energetik loyihalarning amalga oshirilishiga baho berishgan, ularni o’z vaqtida ado etishning muhimligini ta’kidlashgan.

“Bizning jiddiy sarmoyaviy rejalarimiz bor, ayniqsa energetika sohasida, ayrim jabhalar bo’yicha hamkorlikni rivojlantirish borasidagi rejalarimiz mavjud. Biz bu yo’nalishlar bo’yicha ishning qanday ketayotganligini ko’rib chiqishni allaqachon kelishib olganmiz”, – dedi Putin.

Shuningek, muzokaralar asnosida Qirg’izistonning integratsiya birlashmalaridagi ishtiroki ham muxokama qilingan.

“Men yana bir bor ta’kidlab o’tmoqchi edimki, Qirg’iziston ildam va davomiy tarzda bizning strategik sherigimiz bo’lmish qardosh Rossiya bilan munosabatlarini faollashtiradi va takomillashtiradi”, – dedi Atambaev muzokaralar paytida.

Rossiya Qirg’izistonning Bojxona va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqlariga qo’shilishini rag’batlantirish uchun 500 million dollar ajratishga va’da qildi.

RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, ushbu mablag’ Qirg’iziston iqtisodiyoti rivojlanishini tezlashtirish va uni Yevroosiyo integratsiyasi jarayonlariga moslashtirish uchun sarflanadi.

“Bu qirg’iz iqtisodiyotini qo’llab-quvvatlash va uning Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasiga imkon qadar qulay qo’shilishi uchun Rossiyaning ulushi bo’ladi”, – dedi Lavrov.

O’z navbatida Atambaev Qirg’iziston 2014 yil oxiriga qadar Bojxona va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqlariga qo’shilmoqchi ekanini ma’lum qildi.

“Biz, albatta, shu yil oxiriga qadar Bojxona ittifoqi, Yevroosiyo ittifoqi tarkibiga qo’shilishni xohlardik. Hozirgi vaqtda Qirg’iziston ushbu yo’nalishda faol ishlamoqda. O’ylaymanki, Xudo xohlasa, hammasi yaxshi bo’ladi”, – dedi Atamboev.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.