Kemeron NATOni Rossiya xavfidan ogohlantirdi

428
0

63476a3d501e0ac173c4c67e4519f971

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemiron NATOga a’zo davlatlar rahbarlari hamda NATO bosh kotibi Andres fog Rasmussenga yo’llagan maktubida, Shimoliy alyansni Rossiya tomonidan bo’lishi mumkin bo’lgan harbiy tahdiddan ogohlantirdi va alyans rahbariyatini Rossiya bilan munosabatlarini qayta ko’rib chiqishga chaqirdi.

Kemeron o’z maktubida, Qrimni Rossiya tarkibiga qo’shib olinishini tanqid qilib, rasmiy Moskvani Ukraina sharqida jang olib borayotgan isyonchilarni qurol-yaroq bilan ta’minlashda aybladi. Bundan tashqari, Kemeron Donetsk viloyatida Malayziyaga qarashli “Boing” samolyoti uchragan aviahalokatga nisbatan Kreml tomonidan bo’lgan munosabatdan noroziligini izhor qildi.

“Olti oydan buyon davom etayotgan Rossiya-Ukraina inqirozida har qanday tahdidlarga tezkor javob bera olish imkoniyatimizni kuchaytirish, o’z xavfsizliklaridan xavotirga tushayotgan ittifoqchilarimizni tinchlantirish hamda Rossiya tomonidan vujudga kelishi mumkin bo’lgan har qanday zo’rovonliklarni to’xtatib qolish uchun bizlar uzoq muddatli choralarni kelishib olishimiz zarur”, – deb yozdi Kemeron.

Qo’llanilishi mumkin bo’lgan ehtimoliy choralar sifatida Britaniya bosh vaziri NATO rahbariyatiga, harbiy o’quv mashg’ulotlarini yangi jadvalini ko’rib chiqish, yangi infrastruktura inshootlarini qurish hamda NATO tezkor kuchlaridagi harbiylar sonini 25 mingtaga qadar ko’paytirishni taklif qildi.

Turkiston:

AQSh Rossiyani juda katta vaximali va tajovvuzkor dushman qilib ko’rsatishga qattiq xarakat olib bormoqda.

Maqsadi: – Yevropani uning ta’siri ostidan mutloq xalos qilib olish. Asosan tabiiy gazga bo’lgan bog’liklik Yevropadagi Rossiyaning barcha ta’sir quvvatining asosi bo’lgan. Shuning uchun AQSh YeIga Rossiyadan kelayotgan tabiiy gazning o’rnini bosishi mumkin bo’lgan slans gazini taklif qilmoqda. Bu rejalarini amalga oshirishda AQSh, dunyo etakchiligiga qattiq xarakat olib borayotgan Germaniya davlatidan yaxshi foydalanib kelmoqda. Xozirda Germaniyaning mavqe’i juda tez suratda oshib borayotganidan, uni YeI davlatlari lideri bo’lib oldi desak xam mubolag’a bo’lmaydi. Ukraina esa, shu maqsadga olib boruvchi bir baxona yoki qurbonlik bo’ldi desak xam bo’laveradi. Chunki Rossiya Ukrainani to’la topshirish bilan G’arb changalidan to’la qutila olmasligini, aksincha battar bo’lishini, ya’ni navbatda o’zining federatsiyalarga bo’lib yuborish aperatsiyasi boshlanishini biladi. Shuning uchun u xoxlamasa xam AQShning re’jasiga mutanosib xarakatlanishga majbur. U Ukraina masalasida bir chetda qarab tura olmaydi. Demak Ukraina xam Qrim xam tinchimaydi. Chunki ularning echimi xalqaro siyosatdagi katta davlatlar o’rtalaridagi boshqa kelishmovchiliklarga borib taqaladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.