Falastin hay’ati muzokara uchun Misrga tashrif buyurdi

397
0

cfgFalastinlik vakillardan tuzilgan 5 kishilik hay’at “G’azoda o’t ochishni to’htatish qarorini e’lon qilish” mavzusida muzokara olib borish uchun Misrga tashrif buyurdi.

Misr aeroporti mas’ullaridan olingan xabarga ko’ra, Misr hukumati o’rtamchiligida o’tkaziladigan muzokaraga ishtirok etish uchun yuqori darajali mas’ullardan A’zam al-Ahmad, Falastin milliy razvedka mudiri Majid Faraj, Falastin xalq ozodlik frontining mas’ullaridan Mohir Tohir, demokratik partiya mas’ullaridan Qays Abdulkarim, Falastin Halq partiyasining bosh sekretari Bassam Solihdan iborat 5 kishilik hay’at muzokaraga ishtirok etish uchun Misrga kelgan.

Hamas islomiy qarshilik harakati va Islomiy jihod vakillari ham muzokaraga ishtirok etish uchun Misrga kelishi kutilmoqda.

Ammo olingan ba’zi xabarlarga ko’ra, Isroil davlati Misrda o’tkazilishi rejalashtirilgan muzokaralarda ishtirok etmaydi. Falastin prezidenti Mahmud Abbos Isroil hukumati turli bahonalar bilan Misrga o’z elchilarini yuborishdan bosh tortganligini bildirdi.

Turkiston:

AQSh avvaldan Misr prizidenti Sisini, mintaqada Isroil bilan Arab ligasi o’rtasida muzokarachi qilib, uni o’zining Isroildan keyingi ishonchli ko’ppagi bo’lishini xoxlaydi. Arab olamining barcha xokimlari, Isroilning G’azodagi xunrezliklari oldida naqadan ta’sirsiz ekanliklarini yana bir bor angladilar. AQSh ularning birortasiga Isroilning olib borayotgan genotsidini oldini olishda biror bir natijali xarakat olib borishiga yo’l bermadi. Chunki AQSh bularga madadkor bo’lmasa, biror ishi natija bermasligini o’zlari xam yaxshi bilishadi. Demak AQSh Sisiga yo’l bermoqchi. Uni Arablar oldida obruyini ko’tarmoqchi.

Lekin bu muzokaralarning echimi xam, ilgarigilaridan xech qanday farq qilmaydi. Bu kabi xarakatlar bu qadar katta masshtabda bo’lmasada, Arofotning taxtga kelishida yoki taxtdagi obruyini mustaxkamlashida, Abbosni kelishida va xatto Xizbulloxning olamiy obruyini mustaxkamlash… va xokazo xolatlarda, yaxudiylarning musulmonlar ustiga qarab quturishlari va bu qalbaki qaxramonlar ishtirokida qalbaki bitimlar va muzokaralar uyushtirilar edi.

Ammo xozirgisining farqi shundaki, ummat uyg’ona boshladi. U kufrning ilgarigi nayranglarning barchasini fikran anglay boshladi. Musulmonlar o’z etakchilaridan, ularning zimmalaridagi shar’iy javobgarliklarini, Isroilga qarshi qo’shin tortishlarini talab qilishmoqda. Xatto jixodiy xarakatlar xam siyosiylashib, kufr tomonidan qo’yilayotgan turli qopqonlarga yurmay qo’yishdi. Shularning barcha kufr olamining makrlariga qarshi Olloxning makri bo’lib, uning musulmonlar ustiga tushurayotgan nusrati bo’lsa ajab emas.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.