Xomskiy: “Xalqaro hamjamiyat” quruq gapdan o’zga narsa emas

429
0

2014-07-25-19-52-17Amerikalik taniqli mutafakkir Noam Xomskiy O’rta sharqda kechayotgan oxirgi vaziyatlar va Isroilning G’azoga qarata hujumlari haqida o’z munosabatini bildirar ekan, bugungi kunda butun dunyo xalqaro hamjamiyatdan ko’p narsalar kutayotganini, biroq hech qanday “xalqaro hamjamiyat” yo’qligini, balki bu narsalar har doimgidek insonlarni aldash va adashtirish ekanligini qayd etdi.

Isroil G’azodagi musulmonlarni qirg’in qilishda AQSh texnologiyasidan foydalanayotganini bildirgan Noam Xomskiy birlashgan millatlar tashkiloti dunyodagi katta kuchlarning buyrug’i bilan yurishini va “xalqaro hamjamiyat” degan narsa esa quruq gapdan o’zga narsa emasligini ochiqladi.

Xomskiyning ta’kidlashicha, Isroilning G’azoga qilayotgan qirg’inlarini BMT tarafidan to’xtatilishini kutish noo’rindir, chunki BMTning o’zi dunyodagi katta kuchlarning buyrug’i bilan yuradi.

“Insonlar BMTdan G’azodagi qirg’inlarni to’xtatish kabi ko’p ishlarni kutishmoqda. Buning aslo imkoni yo’q. Chunki BMT dunyo siyosatidan mustaqil va ustun emas. Buni hamma bilishi lozim. BMT faqat qudratga ega katta kuchlarning aytganini bajarmoqda. Masan AQSh Isroilning Falastinga qilgan qatliomlarini to’xtatadigan har bir qarorga veto qo’yadi”. dedi mutafakkir.

Isroilning G’azoga uyushtirgan hujumlaridan eng birinchi javobgarlik AQShga yuklanishini ta’kidlagan Xomskiy AQSh hukumati falastinliklarga qilingan qatliom va qirg’inlarga bevosita aloqadorligini urg’uladi. Xomskiyga ko’ra, amerikaliklar Isroilga bergan yordamlari bilan dunyo musulmonlari orasida “antiamerikanizm” kuchayishiga o’zlari sababchi bo’lmoqda.

“Bugun dunyo davlatlari har bir ishni faqat o’z manfaati uchun amalga oshirmoqda. AQSh ham o’zining strotegik manfaatlaridan kelib chiqib Isroilni dastaklamoqda. Xususan Yevropa ittifoqi bugun G’azoda bo’layotgan ishlarni ko’rmaslikka olyapti. Frantsiya hukumati Isroilga qarshi namoyishlarni ta’qiqlash bilan o’zini ko’rsatdi. Arab dunyosi esa bo’linib ketgan, biror chora ko’rishdan ojiz”, dedi u.

Turkiston:

Tarixda, Banu Xoshim qabilasiga nisbatan Qurayshiylar bosh bo’lib, olib borishgan zulmlarini eslang. Zulm cho’qqisiga chiqqanida, Quraysh o’z qarindoshlari bo’lishiga qaramay Xoshimiylarni, Payg’ambarimiz SAVga xiyonat qilmaganliklari sababidan, butun bir qabilaga qarshi qolgan arablar o’rtasida shartnoma tuzib barcha aloqalarni uzib yuborishadi. Bir necha yil davom etgan bu zulm, o’zlarining ichidan noroziliklar kelib chiqishiga sabab bo’ladi va Ka’batilloxga osib qo’yilgan bu shartnoma bir necha qabilalar tomonidan bekor qilinib yirtib tashlanadi.

Xozir xam xuddi o’sha tarix qaytarilayotgandek. Kufr kattalari tomonidan olib borilayotgan zulmlar, xali insoniyligini yo’qotmagan shaxslar, olimlar va siyosatchilar tomonidan tanqidga olinmoqda, namoishlar uyushtirilmoqda. Olloxning nusrati, xuddi Umarning xidoyati bilan kelganidek, nufuzli adolatparvar insonlarning xidoyatlanishlari orqali yoki ularni insoniyliklaridan kelib chiqib, xayvoniy xarakatlarni qabul qila olmasligidan kelishi xam mumkin. Lekin o’z ichimizda, o’zlarini Umar deb da’vo qilishadigan siyosatchi, ziyoliy, diniy ulamolar va davlat etakchilari, yuqorida keltirilgan zulm bulog’i bo’lgan markaz xaqida Amerikalik mutafakkir xabar berganidek, bayonot xam berisha olmaydi. Aksincha shu sistema ichida, uning rivoji uchun xissa qo’shishayotganlaridan xatto faxrlanishadi. Yuqoridagi mutafakkirning gaplariga e’tibor bering, juda to’g’ri gapirgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.