O’zbekiston tashqi ishlar vaziri AQShga boradi

435
0

Turkiston:

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O’zbekiston delegatsiyasi 11 martdan 13 martgacha AQShga safar qiladi. Bu haqda O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Vashingtonda Abdulaziz Komilov AQSh davlat kotibi Jon Kerri va boshqa rasmiylar bilan uchrashadi.

Hyuman rayts uotch inson huquqlari tashkiloti Jon Kerriga, uchrashuv chog’ida O’zbekistondagi inson xuquqlari toptalayotgani xaqida xavotir bildirishini so’ranib murojaat bilan chiqqan.

Kerri Komilovni albatta ogoxlantirib qo’yishi mumkin, lekin bu xozirdagi ularning munosabatlarini o’zgartira olmaydi.

XRUning murojaati, “it xuriyveradi, karvon o’taveradi” xalq maqolini eslatsa, AQShning O’zbekiston bilan aloqalari esa “qassobga yog’ qayg’usi, echkiga jon qayg’usi” maqolini eslatadi.

Bu ikki davlat o’rtalarida bir biriga nisbatan ishonch yo’q, lekin ular o’rtalarida vaqtinchalik manfaat ustiga qurilgan robita mavjudligidan, xar biri ikkinchisini sodiqligiga isbot talab qiladi. Shuningdek vaqtinchalik tig’iz ittifoqlari chog’ida, ikkisi xam vaziyatdan maksimum foydalanishga xarakat qilishlari tabiiy.

Karimov Komilovni AQShga jo’natib, uni dunyo xamjamiyati oldida tili qisilishiga qaramay, vaziyatni shunga ko’ra moslashtirib, olib borayotgan xarakatlaridan oqlana olishi va boshqa davlatlarga xam shu yo’lda, ya’ni O’zbekiston bilan xamkorlik qilaverishga ma’lum darajada engillik yaratib berishini xam re’jalashtirgan.

Negaki xozirda Karimov rejimining tashvishga solayotgan xolat, dunyo xamjamiyati oldida obro’yini tikkalash va shuning bilan bir vaqtning o’zida xozirgi rejim olib borayotgan repressiv boshqaruv tartibini xam saqlab qolishdan iborat. Shuning uchun Karimov rejimi tomonidan bajarilayotgan shartnomalar, AQShdan xam o’zi tomonidan va’da qilingan shartlarni bajarishni talab qiladi.

Ikki tomonning o’z aro yashirin kelishuvdagi AQShning manfaati, O’rta Osiyoni Rossiyaning ta’sir doirasidan ajratib olishga qaratilgan bo’lib, shu yo’nalishda u ishni O’zbekistonni xarbiy mustamlaka kilishdan boshladi. Buning uchun u NATOga qarashli Afg’onistondagi qurollarni va yana boshqa yangi qurollar bilan O’zbekistondagi Rossiya xarbiy texnikasini to’la modrnizatsiya qilib, O’zbekistonni o’zining xarbiy mustamlakasiga aylantirmoqchi.

Bundan tashqari, O’zbekiston Afgonistonda temir yo’l infrastrukturasini yaratishga safarbar qilinib, Eron orqali okeanga chiqishga yo’l ochib olmoqchi. Shu yo’nalish bo’ylab, neft va asosan gaz quvirlarini yotqizish xam davom ettirilmoqda. Shularning xammasi AQShning Rossiyaga qarshi manfaatlarini ro’yobga chiqarishga qaratilgan bo’lib, shartnoma bo’yicha O’zbekiston asosiy rol o’ynashni o’z zimmasiga olgan ishdir.

AQSh tomon esa, Karimovning rejimini xalqaro qonun qoidalaridan ximoya qilib, uni barcha davom etayotgan xunrezliklariga ko’z yumib, aksincha uni mintaqada qudratli xarbiy quvvatga ega bo’lgan davlatga aylantirish va’da qilingan. Bu ishlarni yashirincha amalga oshirishini Karimov qabul qilmaydi, U AQShdan o’rtalaridagi ittifoqni jamoa’tchilik oldida ochiq va do’stona kayfiyatda olib borishini talab qiladi.

O’zbekiston ichkarisidagi xarbiy quvvat to’plash bilan ichki nizolarni oldini olishni o’ylasa, koalitsiya kuchlarini Afg’oniston muammosidan qutilib olgunlariga qadar, o’zining tashqi sisatdagi mavqeyini xam biroz o’nglab olishi kerak. Negaki Karimovning rejimiga qarshi inqilobiy xarakatlarni, shu ikki tomonlardagi zaifliklar olib keladi.

Mana shu ikkovining ikki xil manfaatlari, O’rta Osiyoda o’ta keskin vaziyatni vujudga keltirmoqda. Bunga qo’shimcha qilib, O’sha Afgoniston temir yo’liga ulanishi kutilayotgan, Xitoydan Qirg’iziston orqali o’tadigan yangi temir yo’l liniyasi xam Xitoy tomonidan ilgari surilib, AQShtomonidan qo’llovga ega bo’lmoqda.

Kerri bilan Komilovning rasmiy uchrashuvi, aslida biror bir yangilik taqdim etmaydi. Balki avvaldan pishib etilib kelgan yoki allaqachon tayorlab qo’yilgan shartnomalar imzolanishi mumkin. Komilov keskin o’zgarishlar qilib yubora oladigan figura emas.

Abu Ali:

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.