Toshkentda ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining Ijroiya qo’mitasi tashkil topganini o’n yilligiga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi

470
0

27838.1403073735 Mazkur tadbirda ShHT Bosh kotibi Dmitriy Mezentsev, MATT Ijroiya qo’mitasi direktori Chjan Sinfen, MATT Kengashi a’zolari, ShHTga a’zo davlatlar, kuzatuvchi mamlakatlar va tashkilotning muloqot bo’yicha sheriklari, shuningdek, MATT hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’ygan xalqaro tuzilmalar vakillari ishtirok etdi.

 ShHTga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlarining qaroriga muvofiq 2004 yilning 17 iyunida Toshkentda ShHT MATT Ijroiya qo’mitasining rasmiy ochilishi bo’lgan edi.

 Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining faoliyati terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashda ShHTga a’zo mamlakatlar vakolatli organlariga ko’maklashish, ularning hamkorligini muvofiqlashtirishga qaratilgan.

 Rasmiy OAVlari xabariga ko’ra, o’tgan o’n yil davomida MATT tomonidan ShHTga a’zo mamlakatlarning yangi xavf va tahdidlarga qarshi kurashda o’zaro hamkorlikning ko’p tomonlama va ikki tomonlama mexanizmlarini o’z ichiga olgan umumiy yondashuvlarini ishlab chiqish bo’yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi. Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashda mustahkam xalqaro-huquqiy baza shakllantirildi, boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan o’zaro manfaatli hamkorlik yo’lga qo’yildi. Mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda ShHTning vakolatli organlari faoliyatini muvofiqlashtirish borasida MATT Ijroiya qo’mitasi samarali ish yuritayotgani qayd etildi.

 Turkiston:

 Karimov uchun Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo’lish, KXShT, Bojxona ittifoqi yoki Yevroosiyo iqtisodiy hamkorligi tashkilotlariga a’zo bo’lishdan ko’ra manfaatli bo’lganligi sababli O’zbekiston bu tashkilotdagi o’z faoliyatini to’xtatmay yoki tanqid qilmay davom ettirib kelmoqda.

 ShXTni tashkil etishdan asosiy maqsad terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bo’lganligi Karimov uchun ayni muddao bo’lib, o’z diniy qarashlari tufayli ta’qib va tazyiqqa duchor bo’lgan va jon saqlash uchun O’zbekistondan qochib chiqqan “terrorist” va ekstremist”larni MHD tarkibiga kiruvchi hoxlagan davlatidan o’g’irlatib kelib, g’ayriinsoiy qiynoqlar ostida qilmagan jinoyatlariga iqror qildirib uzoq yillarga qamoqqa tashlamoqda.

 O’zbekiston maxsuskuchlarini Rossiya, Qirg’iziston, Qozog’iston va boshqa davlatlarda huddi o’z uylarida yurgandek bemalol, hech qanday to’siqlarsiz izg’ib yurishini hamda Karimov uchun “xavfli” bo’lgan “jinoyatchilarni o’g’irlab, har qanday chegara nazoratini chetlab o’tib O’zbekistonga keltirishi ham aynan shu tashkilotga a’zoligi “sharofati”dan bo’lmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.