O’ZBYeKISTON SAHNASIDA «MUSTAQILLIK» SYeRIYaLNING YaNGI BO’LIMI

389
0

29,30-chi dekabr kunlari 31-chi dekabr va 1-yanvar kunlari bilan almashtirilib dam olish kuni qilib belgilandi. Maqsad fuqarolarni «yangi yil bayrami»ni xotirjam kutishib, yaxshi dam olishlariga imkoniyat qilib berish. Juda qiziq, oilaning boquvchisi o’zga yurtlarda «bir burda non» uchun xoru-zor bo’lib yurgan, uyi sovuq, gaz yo’q, svet bormi-yo’qni o’rtasida bo’lgan oila uchun «bayram» ko’ngliga sig’armikin?! O’zbekiston xalq artisti Botirjon Qodirov «onam kasalxonada jon taslim qilayotgan vaqtda men sahnada odamlarni xursand qilish bilan ovora edim, xonandaga qiyin ekan… » deganidek, bunday holatda artistlargina ko’ngliga qil sig’maydigan holatda ham stsenariydagi narsani, o’yin-kulgi qilish kerak bo’lsa o’ynashni uddasidan chiqa oladi, shunday emasmi?. O’bekistondagilar artislarga aylantirishdimi? «O’zbekiston» sahnasida «YaNGI YIL BAYRAMI», demak radio-tevideniya, matbuot, o’quv yurtlari, maktablar, bolalar bog’chalari, hamma-hamma joyda bayram bo’lishi kerak, chunki stsenariy bo’yicha shunday bo’lishi kerak… bunday sahna ko’rinishlar juda ko’p, hatto tashqi siyosatda ham. Masalan: O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov 2012 yil 19 dekabr kuni “Caylov erkinligi yanada ta’minlanishi va saylov qonunchiligi yanada rivojlantirilishi munosabati bilan “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida”gi Qonunni imzoladi. Mazkur hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan 2012 yil 1 noyabrda qabul qilingan va 2012 yil 5 dekabrda Senat tomonidan ma’qullangan edi. Qonun 2012 yil 20 dekabrdan kuchga kirdi. O’zi saylov bo’ladimi yoki «saylov» nomlik tayinlashmi yoki diktaturani berkitishmi? yo’q demokratiyani bor qilib ko’rsatishmi?

Bu sohtaliklarni G’arb juda yaxshi biladi, lekin o’zini BMT qonunlariga rioya qilayotganday qilib ko’rsatishlari uchun bunday sohtaliklarga ko’z yumadilar. Har qanday muomila qilishni qonuniy deb ko’rsatadilar. Yaqinda O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Yevropa Ittifoqining yangi elchisi Yuriy Sherk qabul qilindi. 21 dekabr kuni bo’lib o’tgan uchrashuvda yangi elchi ishonch yorlig’ining nusxasini topshirdi. Uchrashuv chog’ida O’zbekiston va YeI munosabatlarining barcha yo’nalishlaridagi dolzarb masalalar, shuningdek mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi.Siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa qator soxalardagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini bosqichma-bosqich rivojlantirishga katta qiziqish bildirildi. Ta’kidlandiki, tomonlar turli darajadagi o’zaro muloqotlarni kengaytirishga, YeIning Markaziy Osiyo bo’yicha yangi strategiyasi doirasida qo’shma dasturlar va loyihalarni amalga oshirish ishlariga katta ahamiyat qaratadi.

Ey, musulmonlar! Bu sohtaliklar siz o’zingizni oshkor qilgan, aktyorlikni to’htatgan kundan boshlab yo’qoladi. Siz o’z Islomingizni hammasiga oshkora, qo’rqmasdan amal qilishni boshlaganizdan yo’qoladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.