Kerri chechen jangchilari Ukrainaga kirganligidan xavotirda

484
0

sdd Amerika Ukrainadagi notinchliklarda Rossiyani ayblashda davom etmoqda. Oq uyning nazarida rossiyaparast bo’lginchilar avval boshda hech qancha kuchga emas edi. Keyingi paytlarda ular davlat binolarini egallab olish, harbiy bazalarni bosib olish, aeroportlarga hujum uyushtirish va vertalyotlarni urib tushirish kabi jiddiy ishlarga qo’l urishdi. Oq uyga ko’ra bularning barchasida Moskvaning qo’li bor.

 AQSh davlat kotibi Jon Kerri Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali suhbat o’tkazib, Rossiyadan Ukrainaga chechen jangchilar safarbar qilinayotgani haqidagi xabarlardan xavotirda ekanligini bildirdi. Kerriga ko’ra, Moskva Ukrainadagi ayirmachilarni dastaklashni to’xtatib, qurollarini tashlashga undashi lozim.

 “Biz ayrim xafvli belgilarni sezyapmiz. Rossiyaning Checheniston respublikasida tayyorgarlikdan o’tgan jangarilari Ukrainada kechayotgan to’qnashuvlarga qatnashib vaziyatni og’irlashtirayotgani haqida dalillar mavjud”, dedi bosh kotib.

 Chechen jangarilari Ukrainada rossiyaparast kuchlar tarafida turib jang qilayotgani haqida AQSh davlat vakili Jey Karni ham bayonot berdi.

 “Ukraina sharqida davom etayotgan zo’ravonliklar bizni xavotirga solmoqda. Masalan ayirmachilar Ukrain vertalyotini urib tushirib 14 kishini halok qilishdi. Bu esa ayirmachilar chetdan olib kelayotgan zamonbop qurollarga ega ekanligini ko’rsatadi”, dedi Jey Karni.

 AQShning Kiyevdagi elchisi Jeffri Payatt ham ayirmachi kuchlar ortida Kreml turganligiga ishora qildi.

 “Bu guruhlar Rossiya hududidan kirib kelayotgani haqida ishonchli dalillar bor. Nazarimda, Kreml bundan xabardor yoki ko’ra-bila turib yo’l qo’yib berayapti. Ayirmachilar amalga oshirgan hujumlardan maqsad bitta, Ukrainada yangi hukumat tuzilayotgan bir paytda vaziyatni izdan chiqarishdir”, dedi diplomat.

 Turkiston:

 Putin o’z rejimining ichida, Chechenistonda Qodirov rejimini yaratdi. Ilgari xuddi shu uslub sobiq SSSR tomonidan Dudaev rejimini tiklashda qo’llanilgan edi. Sovet ittifoqi o’zining juda katta xarbiy zaxirasini unga ishonib, qurol savdosidagi salmoqli xissasi unga topshirilgan edi. Farq shundaki, Dudaev juda katta tajribaga ega xarbiy va aqli ziyrak xaqiqiy etakchi bo’lgan. Qodirov esa, butunlay uning aksi, yasama etakchi, izzattalab, tajribasiz, tadbirsiz va o’ta joxil siyosatchi. Lekin ulardan foydalanishda ko’zlangan maqsad bir: – Kavkaz va atrof muxitini qo’rquvda ushlab turish, shuningdek Ukraina singari konfliktli xududlarni qurol aslaxa va josuslar bilan ta’minlab turish. Qodirovning qulayligi shundaki, u muloxaza qilmaydi, diniy g’am tashvishi yo’q, etakchilik qobiliyati yo’q u Putinsiz xech kim emas u xuddi o’z xolicha yashay olmaydigan qo’lga o’rgatilgan yirtqich kabi. U xaqida, Putinni o’z otasidek ko’rishi, xaqiqiy otasi Axmad Qodirovni o’ldirayotganida, unga xamkorlik qilganligidan degan gaplar bor. R Qodirov nafaqat Ukraina, xatto Suriyada Asad rejimini qo’llab quvvatlashda xam peshqadamlik bilan xizmat ko’rsatib keladi. Dudaevdan o’zgacha uning Rossiya uchun qulayliklarining asosi xam shundaki, u chechen milliy liderligiga xam yaramaydigan darajaga tushib oldi. Shuning uchun Putin undan xotirjam.

 Putinning uni o’z itidek parvarishlashidan asosiy maqsadi, Kavkaz Rossiyaning nozik nuqtasi xisoblanadi. U nuqta albatta bir kun Rossiyadan qutulish sari qo’zg’aladi. Shu kunda Qodirov Rossiya uchun qolqon bo’lishi va uning nomidan butun Rossiya kuch quvvatini ishga solib, muammoni Kavkaz millatlari aro urushga aylantirib yuborishi mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.