Ukraina sharqidagi Donesk mintaqasida joylashgan Blagodatnoe shahrida rossiyaparast qurolli ayirmachilar nazorat punktiga qilgan hujumida o’n ikki Ukraina harbiysi halok bo’ldi va o’ttizdan ortig’i yaralandi.
Guvohlarning so’zlariga ko’ra, ayirmachi guruhlarning og’ir qurollar bilan uyushtirgan hujumida jarohat olgan askarlarning ahvoli og’ir. Ukraina harbiylariga tegishli zirhli avtomobillar va yuk mashinalar yakson qilingan. Bu hujumni Ukraina mudofaa vazirligi tasdiqladi. Ammo talofatlar haqida batafsil ma’lumot bermadi.
Kiev hukumati aprel oyining boshlarida mamlakat sharqidadagi bir qancha shaharlarda joylashgan hukumat binolarini qo’lga kiritgan Rossiyaparast ayirmachilariga qarashli harbiy amaliyot boshlaganini ochiqlagan edi.
Ukrainada 25 mayda prezidentlik saylovi bo’lib o’tadi. Donesk va Lugansk mintaqalarida mustaqillik e’lon qilgan rossiyaparast ayirmachilar mamlakat sharqida saylov uchun ovoz berishga ruxsat bermasliklarini aytishmoqda.
Boshqa bir tarafdan Donesk shahar maydonlarida mamlakatning bo’linib ketishiga qarshi bo’lganlar o’z namoyishlarini davom ettirishmoqda. Ular Donetsk shahrining Ukraina tarkibida qolishi tarafdori.