Ijtimoiy tarmoqlar qirg’iz hukumatini tashvishga solmoqda

475
0

10171703_1413273965614493_7318219722978181851_nQirg’iziston hukumati tarafidan qamoqqa olingan 20 yoshli Zulfiya Omonovaning ozod qilish talabi butun ijtimoiy tarmoqlarni larzaga keltirdi. Turli millat va turli xalq vakillari Islom e’tiqodidan kelib chiqib, qirg’iz rejimidan Zulfiya Omonovani ozod qilishni talab qilib chiqishmoqda. Tabiiyki, bu holat qirg’iz hukumatini uyqusini qochirdi.

Qirg’iz milliy xavfsizlik xizmatining matbuot vakili Raxat Sulaymanov hozirgi paytda “Ekstrimistik guruhlar” internetdan faol tarzda foydanayotganidan tashvish bildirdi.

“Bu muammoni biz avvaldan aytib kelyapmiz. Bugungi kunda internet imomlar paydo bo’ldi. Turli radikal guruhlar har qanday aktsiyalar o’tkazib, yoshlarni o’zlariga jalb qilmoqda”, dedi Sulaymanov Ozodlikning qirg’iz xizmatiga bergan intervyusida.

Din ishlar bo’yicha davlat komissiyasining rahbari Orozbek Moldaliev Hizbut Tahrir haqida to’xtalib, uning Xalifalik davlatini tiklash “xatar”idan ogohlantirdi.

“Bu jamoa xatarli bo’lganligi sababli ta’qiqlangan. U faqat Qirg’izistonda emas, butun dunyoda Xalifalik davlatini tiklash maqsadida faoliyat olib borayotgan jamoadir. Ular dunyoviy rejimlarni tan olishmaydi va ularning qonunlariga bo’ysunishmaydi. Ular oxirgi paytda xotin qizlarni ham o’z saflariga torta boshladi”, dedi u Zulfiya Omonovaga ishora qilib.

Turkiston:

Bizga kelgan ma’lumotlarga ko’ra ular xatto qamoqxonada o’tirgan singlimiz Zulfiyaga, ijtimoiy tarmoqlardagi borayotgan norozilik va xamdardlik aktsiyalarini to’xtatishini talab qilib bir necha marotaba taxdid qilib qo’rqitishga xarakat qilishgan. Bu zolim mazlumning xafa bo’lishdan ta’qiqlashi bo’lib, kofirning malaylari xar qancha taxqirlashsalar xam, jim o’tirishga chaqirishdir. Eng yomoni o’sha razil Raxat Sulaymanov singari mal’unlar, o’zlarini musulmon sanashadi. Lekin uyalmay xech kim inkor qila olmaydigan iflos ishlariga ijobiy tus berishga urunishmoqda. O’sha bu mening singlim deb xamdardlik birdirayotgan insonlarni Zulfiya bilan Olloxning sizlar bir birlaring bilan birodar aka ukasizlar degan musulmonlarga xitobidan o’zga narsa bog’lagan emas. Bu kabi adashgan musulmonlarga eslatib o’tishimiz vojibki, iymonga qaytinglar, xali imkoniyat bor! Olloxning azobi vaqtincha ustilarimizda qutirayotgan kufrning azobidan qattiqdir! Ollox barchamizni musulmonga qarshi kufrning manfaatiga noxaq guvoxlik berishdek yuzi qoralikdan panoxida asrasin Aamiin.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.