Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan taklif qilingan nizom LGBTning yoyilishiga yo‘l ochadimi?

45
0

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan taklif qilingan nizom LGBTning yoyilishiga yo‘l ochadimi?

Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi transgender fuqarolarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi nizom loyihasini jamoatchilik muhokamasiga taqdim qildi. Nizomni ishlab chiqish transgender shaxslarga nisbatan kamsitishlarni bartaraf etishga va ularning sog‘liqni saqlash sohasidagi hamda hujjatlarini almashtirish borasidagi huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.

YUNEYDS tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, Qirg‘izistonda 3449 nafar transgender istiqomat qiladi.

Izoh:

Bugungi kunda demokratik tuzum naslni himoya qilish o‘rniga buzuqliklarga yo‘l ochib, bunday axloqsizliklarni inson huquqlari sifatida tanitmoqda. Natijada jamiyatda yoshlar soni kamayib, keksalar soni ortib boryapti. Buning asosiy sababi bir jinsli juftliklarga ruxsat berish hamda zino va jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarning keng tarqalishidir. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan taklif etilgan yuqoridagi loyihada tug‘ma transgenderlarning huquqlarini himoya qilish bahona qilinsa-da, aslida u G‘arbning buzuq saqofatini yoyishga qaratilgan. Zero, hozirgi demokratik tuzum erkinlik bahonasida erkakning ayolga aylanishiga va ayolning erkakka aylanishiga imkon beradi. Aynan mana shu G‘arb tashviqoti tufayli LGBT vakillari soni aholining ikki foiziga yaqinlashdi.

G‘arb bu buzuqliklarini nafaqat o‘z ichida, balki inson huquqlari niqobi ostida grantlar tarqatish orqali musulmon o‘lkalarga ham yoymoqda. Masalan, Qirg‘izistonda Soros jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan qator xalqaro moliya tashkilotlar LGBT vakillarining huquqlarini himoya qilish, ularning xavfsizligini ta’minlash va bu borada qonunlar qabul qilish maqsadida har yili millionlab dollar ajratadi.

Buning muqobilida Islom naslni saqlab qolish uchun nav g‘arizasi to‘g‘ri qondirilishi kerak deb hisoblaydi. Shu bois Islomda bir jinslilar nikohi, zino, fohishalik kabi axloqsiz ishlar qat’iyan man etilgan bo‘lib, bunday ishga qo‘l urganlar qattiq jazolanadi. Bundan farqli o‘laroq, xunasa bo‘lib tug‘ilganlarning gormonlari aniqlanmaguncha, ularga o‘rtacha muomala qilinadi. Ularning o‘z xohishi bilan jins tanlashiga qarab emas, balki erkaklik yoki ayollik gormonlari tasdiqlanmaguncha ularga tibbiy yordam ko‘rsatiladi.

 Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Islom dini inson naslini saqlab qolish uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi. Haddan oshgan jinoyatchilar esa, butun jamiyatni saqlab qolish uchun jazolanadi.

Alloh Taolo aytadi: “Ey mo‘minlar, Alloh sizlarga halol qilgan pokiza narsalarni harom demang va (Alloh belgilagan) chegaradan chiqmang! Albatta, Alloh zolimlarni sevmas».

Nurdin Asanaliyev

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.