Matbuot bayonoti

384
0

«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan (imon-e’tiqodli) zotlarni xalifa qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan (Islom) dinini g’olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so’ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo’yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular itoatsiz kimsalardir» [Nur 55]

8 robiul-avval 1434h

20 yanvar 2013m

Matbuot bayonoti

Frantsiya o’zining Malidagi mustamlakachilik nufuzini saqlab qolish uchun musulmonlar qonini to’kmoqda

«Islomchilar» hukumati boshchiligidagi Mag’rib esa bu mustamlakachiga yordam ko’rsatmoqda

2013 yil 11 yanvarda Frantsiya o’zining salibchilik yurishini boshladi va Malidagi musulmonlar ustiga «islomchi ekstremistlarning mamlakat ustidan nazorat o’rnatish uchun oldinga siljishiga yo’l qo’ymaslik» degan bahona bilan bombalarini yog’dirdi. Jihodiy jamoalar Mali shimolidagi keng mintaqalar ustidan o’z nazoratini o’rnatishga muvaffaq bo’lganidan keyin Frantsiya bir necha oy oldin bu jihodiy harakatlarga qarshi xalqaro gij-gijlash kampaniyasini boshlagan edi. Frantsiya bu jamoalardagi kishilarni ayblaydigan narsani topolmagach, ularning avliyolarniki deb atalgan ayrim qabrlarni buzib tashlashganini bahona qilib, buni tarixiy yodgorliklarni buzib tashlash deb hisoblab ularni yomon otliq qila boshladi. Ha, shunday, Frantsiyaning inson va insoniylik haqida qayg’urishi maqbaralar va qabrlar ustida «yig’i sig’i» qilish darajasiga etdi… Ammo Suriya rejimi bir necha oy oldin o’n minglab odamlarni qirg’in qilgan paytda, Birmadagi rejim musulmonlarga qarshi qirg’in, yondirib yuborish va majburan ko’chirib yuborish jinoyatlarini amalga oshirgan paytda, yahud vujudi o’nlab yillardan buyon Falastindagi musulmonlar qonini to’kib kelayotgan bir paytda, Amerika Iroq va Afg’onistonda yuz minglab odamlarni qirg’in qilayotgan bir paytda Frantsiya ko’zini yumib turaveradi yoki harbiy aralashuvning o’rni emas, shuning uchun eng avvalo siyosiy echimlarga va muzokaralarga erishish zarur deb jar soladi. Lekin bir o’lib ketgan qandaydir odamning qabri buzilgan paytdagina Frantsiya o’zining insoniyligini «eslab» qoladi!

Frantsiya bu bilangina kifoyalanmadi, balki Malida shariat tatbiq etilishini qabul qila olmasligini yuzsizlik bilan ochiq oydin jar solmoqda. Shu sababli ana shu islomiy harakatlar bilan muzokaraga kirishish uchun bu harakatlarning shariatni tatbiq etishga harakat qilishdan voz kechganligini e’lon qilishini eng birinchi shart qilib qo’ymoqda.

Biz shu o’rinda quyidagi savolni tashlaymiz va bu savolni tashlashga haqqimiz bor: ey Frantsiya biz bilan nima ishing bor? Shariatni tatbiq etamizmi yoki boshqanimi seni nima ishing bor? Qaysi nizomni tatbiq etishimizni bizga belgilab berishingga nima haqqing bor, seni kim ustimizdan vasiy qilib o’rnatib qo’ydi? Frantsiyaning muammosi shuki u hamon o’tmishdagi mustamlakachilik «buyukligi» vasvasasida yashamoqda. Shuning uchun butun Afrikani, xususan o’zining sobiq mustamlakalarini tobe davlatlar deb tasavvur qiladi, bu davlatlarga buyruq berib nima qilish va nima qilmaslik kerakligini belgilab beradi.

Lekin dilni tilka-pora qiladigan narsa armiyalarimiz, pullarimiz va havo bo’shliqlarimizning bu jinoyatkorona hujumda Frantsiya tasarrufi ostida bo’lib qolayotganidir, bu o’zlarini ustimizga hokim qilib tiklab olgan kimsalarning ruxsati bilan bo’lmoqda. Vaholanki bu kimsalar o’z xalqlarining bu bosqinchilikni qat’iyan rad qilishini, balki o’z birodarlarining qonlari zulm va bosqinchilik sababli to’kilayotganini ko’rib bu xalqlar tomirlarida qon qaynashini yaxshi bilishadi. Biroq bularning barchasi bu hokimlarning Ummat dushmanlari bilan bir safda turishiga monelik qilmadi. Masalan Mag’rib va Jazoir bosqinchi frantsuz samolyotlariga o’z havo bo’shliqlarini ochib qo’ydi, Dubay esa minglab kilometr uzoqlikdan turib bu harbiy bosqinni mablag’ bilan ta’minlashini e’lon qilmoqda. Boshqa hokimlar qabrlarda yotganlar jimligidek soqov bo’lib turishibdi, yana boshqa hokimlar esa o’z musulmon birodarlarini dushmanlarga topshirishga rozi bo’lib jim turishibdi, ilgari Falastin, Iroq, Afg’oniston, Checheniston, Myanma, Kashmirdagi birodarlariga nisbatan ham xuddi shunday ish tutishgan edi… Bu hokimlarning ahvoli tili: shoshil ey Frantsiya, bizda ko’cha portlab ish nazoratimizdan chiqib ketishidan oldin o’z vazifangni oxiriga etkaz, demoqda.

Qalbni qonatadigan yana bir narsa shuki, Xavfsizlik Kengashining Maliga Afrika kuchlarini yuborish to’g’risidagi 2085-raqamli qarori, Frantsiya tezroq kuchga kirgizish kerak degan da’vo bilan o’zining mustamlakachilik urushiga bahona qilib olgan bu qaror Mag’rib shu Xavfsizlik Kengashiga raislik qilayotgan chog’da va «islomiy» deb atalgan Mag’rib hukumati homiyligida qabul qilindi. Shuningdek frantsuz prezidenti buyrug’i bilan frantsuz kuchlari Mag’rib havo bo’shlig’ida bemalol izg’ib yurgani haqida ham xabarlar kelmoqda, «islomchilar» hukumati esa qabrlarda yotganlarning jimligidek soqov bo’lib turibdi. Bu hukumat o’ziga xalqning g’azabini olib kelmaslik uchun xalqni g’aflatga solib Frantsiya ehtiyojlarini yashirin ravishda bajarib berayotganga o’xshaydi.

Ey musulmonlar:

Frantsiya Mali erlarining yaxlitligi haqida qayg’urayotgani yo’q. Chunki tarix bu mustamlakachining musulmonlar yurtlarini bo’lib tashlashga oid iflos ishlariga guvohdir. Uning iflos ishlari Shom yurtlarini bo’lib tashlagan Sayks-Piko kelishuvidan tortib Shimoliy Afrikani bo’lib tashlaganigacha bo’lgan jinoyatlarida yaqqol ko’rinib turibdi. Bugun ham uning iflos changallari Darfurni Sudandan ajratib tashlash uchun jadal harakat qilayotgani ochiq ko’rinib turibdi. Frantsiyani Mali hokimlarining salomatligi ham qiziqtirmaydi, bu malaylar Frantsiyaga qanchalik o’lib-tirilib xizmat qilishmasin ularning salomatligi uni qiziqtirmaydi. Masalan yaqinda o’zining raqibi Amerika bilan kelishuv tuzganidan keyin Frantsiya o’zining sodiq malayi Loran Gbagbodan voz kechib qo’ya qoldi va uni 2011 yil 11 aprelda uxlab yotgan yotog’idan ichki kiyimlarida xorlangan tarzda qamoqqa oldi. Frantsiya o’zining Mag’ribdagi elchisi 2012 yil 18 yanvarda «O’rta er dengizi» radiosi bilan bo’lgan muloqotda da’vo qilganidek o’z kuchlarini shu mintaqa xavfsizligini himoya qilish uchun yuborgani yo’q, aksincha o’zining manfaatlarini ta’minlash va o’z nufuzini qayta tiklash uchun yubordi. Frantsuz qirg’in mashinasi tinch fuqarolarni qo’rquvga solsa ham, hamma yoqni xarobaga aylantirib tinch aholini ko’chib ketishga majbur qilsa ham, uning maqsadi faqat o’zining manfaatlarini ta’minlashdir, xolos. Frantsiya Afg’onistonda ham Amerika va NATO kuchlari bilan yonma-yon turib xuddi shunday jinoyatlarni qilgan edi.

Frantsiyani tashvishga solgan narsa o’zining Malidagi manfaatlaridir. Chunki bu yurt oltin, fosfat, boksit, temir, uran va boshqa ma’danlarga boy yurtdir. Shuning uchun ham ayniqsa 2012 yil 22 martdagi to’ntarishdan keyin Mali ustida xalqaro kurash qizib ketdi. Ana shu to’ntarish Amerika malaylarini hokimiyat tepasiga olib keldi, shuning uchun Frantsiya Malining o’z nufuzi doirasidan chiqib ketishidan, natijada bu yurt boyliklarini talashni davom ettirish imkoniyatidan mahrum bo’lib qolishi mumkinligidan xavotirga tushib qoldi. Demak bu masala qurolli harakatlar masalasi ham, maqbaralar yoki erkinliklar haqida qayg’urish masalasi ham, soxta «terrorizm» masalasi ham emas, aksincha u oddiy qilib aytganda mustamlakachilarning qizib borayotgan kurashi masalasidir. Har bir mustamlakachi bu yurtimizdan o’zining qabih kapitalistik ochko’zligini qondiradigan burdani tishlab ajratib olmoqchi. Demak Frantsiyaning butun g’ami Malini yana o’zining «Afrika qo’rasi»ga qaytarishdir. Amerika esa Malini o’zining tayanch nuqtasiga aylantirishga harakat qilmoqda, ana shunda Amerika bu tayanch nuqtasidan turib Frantsiyani bu mintaqadan siqib chiqarishga, uning tarixiy vujudini yo’qotib qo’shni mamlakatlar ustidan o’z hukmronligini o’rnatish uchun o’z nufuzini keng yoyishga bemalol harakat qiladigan bo’ladi.

Ey musulmonlar:

Mali ahli dindagi birodarlarimizdir, bizni ular bilan aqida, tarix va geografik joylashish birlashtirib turadi. Shuning uchun ularning xafaligi bizning xafaligimizdir, ularning xursandchiligi bizning xursandchiligimizdir. Shunday ekan ularni dushmanlariga topshirib qo’ymang va hokimlaringizning shunday qilishiga indamay turmang, aksincha ularning bu qilmishini qat’iyan rad eting. Rosululloh ? bunday dedilar:

 

«Musulmon musulmonning birodaridir, unga zulm qilmaydi va uni (dushmanga) topshirib qo’ymaydi».

Shuni yaxshi bilinglarki, Frantsiya, agar musulmonlarning ularni himoya qiladigan, ularga bosqinchilik qiluvchi tajovuzkorga shaytonning vasvasalarini unuttirib qo’yadigan saboqni berib qo’yadigan davlatlari bo’lganida edi, birodarlaringizga zarba berish uchun dengiz va sahrolarni kesib o’tishga aslo jur’at qilolmagan bo’lardi. Lekin Frantsiya musulmonlarning himoyasiz qo’ylardek qolganini ko’rgani uchun va hokimlaringizning sizlarni himoya qiluvchi qalqon bo’lish o’rniga mustamlakachilarga yordam berishlarini bilgani uchun mana shu bosqinchilikni qildi. Hokimlaringizning shu ahvolda ekanligi to’g’risida soqol qo’ygan hokim bilan soqolsiz hokim o’rtasida hech qanday farq yo’q, chunki bu hokimlarning barchasi G’arb bilan til biriktirishda va uni rozi qilishda bab barobardir.

Shuning uchun biz sizlarga quyidagilarni eslatamiz, chunki sizlar xotira ahlisiz. Sizlar «islomchilar»ning hokimiyatga kelishida bu ahvoldan xalos bo’lolmaysiz, aksincha Islom hokimiyat tepasiga kelsagina xalos bo’lasiz. Zero Xalifalik sizlarning himoya qo’rg’oningizdir, musulmonlar xalifasi esa siz o’zingizni dushmaningizdan himoya qiladigan qalqoningiz bo’libgina qolmay, balki u dushmaningizni o’zining uyasida siz quvib ta’qib qiladigan qurolingiz hamdir. Rosululloh ? bunday dedilar:

 

«Albatta imom qalqondir, uning ortida turib jang qilinadi va u bilan himoyalaniladi».

Shunday ekan Hizbut Tahrir bilan birga harakat qilinglar. Xalifalikni tiklashga, bu ilohiy farzni mumkin qadar tezroq ado etishga shoshiling, ana shunda qonlaringiz to’kilishiga barham berasiz, or-nomusingizni saqlab qolasiz va boyliklaringizdan bahramand bo’lasiz, bularning barchasidan ham oldin Robbingiz roziligiga erishasiz, natijada dunyoyu oxirat saodatiga erishib zafar topasiz.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.