AQSh elchixonasi Qirg’iziston hukumati tutgan pozitsiyadan norozi

560
0

01

Qirg’izistondagi AQSh elchixonasi Qirg’iziston Tashqi ishlar vazirligi 16 mart kuni Qrimda bo’lib o’tgan referendum natijalari bo’yicha tarqatgan bayonotidan noroziligini izhor qildi.

Qirg’iziston Tashqi ishlar vazirligi 20 mart kuni tarqatgan bayonotida Qrimda bo’lib o’tgan referendum natijalarini rasman tan olgan va buni aholining aksar qismini xohish-irodasi sifatida baholagan edi.

Qirg’iziston TIV tarqatgan bayonotda jumladan, “Qrim aholisining aksar qismi Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo’shilish istagini bildirdi va bu istakni xurmat qilish kerak. Shu bilan birga, Ukrainada referendum natijalaridan norozi bo’lganlar ikki xalq – ruslar va ukrainlar o’rtasida adovat o’tini yoqishga harakat qilishmoqda.

Qirg’izistonni rasmiy pozitsiyasi shundan iboratki, Qrim xalqining xohish-irodasi bu – ayni haqiqat, xalqaro hamjamiyat va boshqa davlatlarning turli xil baholashlariga qaramay uni qabul qilish kerak. Qirg’iziston hukumati bugungi kunda Ukraina va Qrimda vujudga kelgan muammolarni tinch yo’l bilan xal etilishi tarafdori. Har qanday holatda ham kuch qo’llanishiga yo’l qo’ymaslik kerak”, – deyilgan edi.

TIV bayonotiga javob tariqasida AQSh elchixonasi Qirg’iziston tutgan pozitsiyadan tashvish bildirdi.

“Qirg’iziston avvalgidek, Ukraina sobiq hukumatining o’ylamay qilgan ishi va korruptsiyaga botganligi inqirozga va o’nlab begunoh odamlarni qurbon bo’lishiga olib keldi degan fikrda turipti”, – deyiladi elchixonaning 27 mart kuni ijtimoyi tarmoqlarda joylashtirilgan xabarida.

Turkiston:

Ukrainada uch oydan oshiq vaqt davom etgan norozilik namoyishlarida oxir oqibat muxolifatning qo’li baland kelib, Ukraina prezidenti Viktor Yanukovich o’z hokimiyatini tashlab qochib ketganidan so’ng Qirg’iziston rasmiy hukumati Yanukovichni tanqid qilib, yangi vujudga kelgan Ukraina hukumatini ma’qullab bayonot tarqatgan edi. Biroq, rasmiy Bishkekni bu bayonoti Rossiya hukumati tomonidan keskin qarshilikka duchor bo’ldi.

Ayrim manbalarga ko’ra, 13 mart kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirining o’rinbosari Georgiy Karasin Qirg’izistonning Rossiyadagi elchisi Bo’lat Junusovni o’z xuzuriga chaqirtirib, tarqatilgan xabar bo’yicha g’azablanganligini ma’lum qilgan. Shundan so’ng Qirg’iziston TIV shoshilinch ravishda o’zining navbatdagi bayonotini tarqatdi. Bu bayonotda rasmiy Bishkek Qrimda bo’lib o’tgan referendum natijalarini xalq irodasi sifatida baholab, uning natijalarini rasman tan oldi.

Lekin oradan ko’p vaqt o’tmay, Qozog’iston prezidenti Nursulton Nazarboev Gaaga shahrida bo’lib o’tgan yadroviy xavfsizlik sammitida ishtirok etib, unda nutq so’zladi va 25 mart kuni aynan shu shaharda AQSh prezidenti Barak Obama bilan ham uchrashdi va bu uchrashuvda Qozog’istonning Qrim masalasida egallagan pozitsiyasi muxokama qilingani va Obama Nazarboevga bu masalada qattiq tekkani aniq. Chunki, Qozog’iston ham Qirg’iziston singari Qrimda bo’lib o’tgan referendumga ijobiy baho bergan davlatlardan biri hisoblanadi.

Shu sababli Nazarboev mazkur sammitdan qaytib kelgani hamon Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev bilan 26 mart kuni Almati shahrida uchrashdi. Bu uchrashuv tafsilotlari ochiqlanmagan bo’lsada, unda bu ikki davlat rahbarlari bundan keyingi tashlashlari kerak bo’lgan qadamlarini kelishib olgan bo’lishlarinning ehtimoli kuchli.

Bu ikki “mustaqil” respublika rahbarlari uchrashuvi ortidan AQShning Qirg’izistondagi elchixonasi Qirg’izistonning Qrim masalasida egallagan pozitsiyasidan noroziligini ma’lum qildi. Bu bechora “mustaqil” davlatlar rahbarlari olamda sodir bo’layotgan voqea va xodisalarga mustaqil fikr bildirish imkonidan ham mahrumlar.

Bu rahbarlar nafaqat amalda, hatto o’ylayotgan fkrlarida ham o’z xojalari chizib bergan chiziqdan chetga chiqish imkoniyatiga ega emaslar. Nazarboev Obama bilan urashib qaytgach, Atambaev bilan uchrashganidan so’ng va AQSh elchixonasi tarqatgan xabar ortidan Qirg’iziston endi qanday pozitsiyani egallar ekan?

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.