Matbuot bayonoti
Eron hukmdorlarining yadro quroliga ega bo‘lishdan voz kechishlari Ummatga xiyonat va dushman bilan til biriktirishdir
Eron yadroviy qurolga ega bo‘lishdan voz kechish to‘g‘risida o‘z prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon va tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi orqali bayonot berdi. Ayni bayonotini keyin yana takrorladi. Ushbu bayonot Eron o‘zining yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvga erishish maqsadida AQSH bilan muzokaralar olib borayotgan bir paytda yangradi.
Biz ushbu bayonotlarga nisbatan quyidagi faktlarni ta’kidlaymiz:
Birinchidan: Eron eng yirik musulmon o‘lkalaridan biri. Maydoni 1 mln. 600 ming km2dan, aholisi 80 mln.dan ortiq, tabiiy gaz zaxirasi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi. U tasdiqlangan neft zaxiralari bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egallagan va sanoat uchun zarur juda ko‘p miqdordagi turli xil minerallarga boy o‘lka. Shuningdek, Eron geosiyosiy joylashuvi tufayli Osiyoning g‘arbiy, markaziy va janubiy mintaqalari kesishgan strategik nuqta hisoblanadi. Shunga binoan, Eron birinchi davlat mavqei uchun raqobatlashuvchi yirik davlat bo‘lishga qodir.
Ikkinchidan: 1967 yili Eron yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risida shartnoma imzoladi va 1970 yil uni ratifikatsiya qildi. Yadroviy dasturining harbiy maqsadlarga yo‘naltirilmasligini ta’minlash uchun Eron MAGATE (xalqaro atom energiyasi agentligi)ning nazorati ostida bo‘lishga rozi bo‘ldi. Ushbu yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma adolatsiz shartnoma, chunki u besh davlat – AQSH, Rossiya, Britaniya, Fransiya va Xitoyga yadro quroliga ega bo‘lish imkonini beradi. E’tibor bering, ayni shartnomani Hindiston, Pokiston va (Isroil) davlatlari imzolagan emas, Shimoliy Koreya shartnomadan 2003 yil chiqib ketgan. Bunday shartnomaga imzo chekish va uning bandlariga amal qilish musulmonlarga haromdir. Chunki u Alloh Taoloning ushbu kalomiga zid:
﴿وَأَعِدُّواْ لَهُم مَّا ٱسۡتَطَعۡتُم مِّن قُوَّةٖ وَمِن رِّبَاطِ ٱلۡخَيۡلِ تُرۡهِبُونَ بِهِۦ عَدُوَّ ٱللَّهِ وَعَدُوَّكُمۡ﴾
«(Ey mo‘minlar), ular uchun imkoningiz boricha kuch va egarlangan otlarni tayyorlab qo‘yingizki, bu bilan Allohning va o‘zlaringizning dushmanlaringizni qo‘rquvga solursizlar» [Anfol 60]
Ya’ni Alloh Subhanahu musulmonlarga dushmanni dahshatga solish uchun maksimal darajada kuch-qudrat tayyorlashni buyurdi.
Uchinchidan: Musulmonlar MAGATEga o‘z yurtlaridagi harbiy va boshqa obyektlarni tekshirishiga ruxsat berishi joiz emas, chunki bu ular ustidan kofirlarga hukmronlik beradi. Alloh Taolo buni
﴿وَلَن يَجۡعَلَ ٱللَّهُ لِلۡكَٰفِرِينَ عَلَى ٱلۡمُؤۡمِنِينَ سَبِيلًا﴾
«Alloh hargiz kofirlar uchun mo‘minlar ustiga yo‘l bermagay» [Niso 141]
degan kalomi bilan harom qilgan.
To‘rtinchidan: shuni aslo unutmaslik kerakki, mustamlakachi kufr davlatlari o‘zlariga va yahudiy vujudiga xavf soladigan kuch-qudrat musulmonlarda bo‘lishiga hargiz yo‘l qo‘ymaydi hamda buning uchun har qanday uslubni ishga solishdan tap tortishmaydi. Mana, AQSH muzokaralarda Eronga bosim o‘tkazish maqsadida MAGATEni ishga solib, Eronni yadroviy faoliyatda ayblovchi hisobot tayyorlatmoqda. Bundan tashqari, Amerika Eron bilan o‘rtalarida bo‘layotgan qator muzokaralarga qaramay, unga zarbalar yo‘llash bilan tahdid qilmoqda. Bu yoqda yahudiy vujudi ham unga yadroviy qurolga ega bo‘lishiga aslo yo‘l qo‘ymaslik bilan tahdid qilishda davom etyapti. Shunga qaramay, biz Eron hukmdorlarining unga ham, bunga ham keskin javob berishga yuraklari dov bermayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Amerikaga javob berish o‘rniga, u bilan muzokara qilishda va yadroviy qurolga ega bo‘lishga qarshi ekanliklarini bildirishda davom etmoqdalar. Allohga qasamki, bu xorlik va xo‘rlikning eng cho‘qqisidir.
Beshinchidan: ta’kidlab aytamizki, modomiki musulmonlar o‘z ishlari bo‘yicha qat’iy qarorga kelmas ekanlar hamda anavi ruvaybiza hukmdorlarga qarshi chiqib, yer yuzida Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo etish orqali Allohning hukmini barpo etmas ekanlar, hargiz kuch-qudratga ega bo‘lolmaydilar. Xalifalik ularni Allohning shariati bilan boshqaradi, yurtlarini va armiyalarini birlashtiradi, musulmon yurtlaridan kofirlarning dumini kesib, yahudiy vujudini yer yuzidan supurib tashlaydi. Buni uddalashga qodir ham, bu loyihaning egasi Hizb ut-Tahrirdir. Bas, keling, ey musulmonlar, ushbu o‘z ahlini aslo aldamaydigan yetakchi – Hizbga nusrat bering, sizning azizligingiz va sharafingiz mana shunda, Allohning rizosiga erishish esa, barchasidan buyukdir.
Hizb ut-Tahrirning markaziy
matbuot bo‘limi