Ey Islom Ummati G‘azo ochligi uchun ham uyat sizlarga!

39
0

Matbuot bayonoti

Ey Islom Ummati G‘azo ochligi uchun ham uyat sizlarga!

Ularni Tramp minnatli qo‘llari, qirg‘in va ko‘chirish qurollari bilan to‘ydirayotgani uchun ham uyat sizlarga!

G‘azo ahli uzoq vaqt och qoldi. So‘ng qorinlariga tosh bog‘ladilar, keyin ochlik ularning tana yog‘larini eritdi, go‘shtlarini yeb tugatdi va tirik skeletlarni ko‘rish oddiy holga aylanib qoldi. So‘ng har bir oila boshlig‘i och bolalari yig‘isini to‘xtatish uchun bir burda non izlab tentirab yuradigan bo‘ldi… So‘ng Tramp «g‘azoliklarga ba’zi oziq-ovqatlarni tashlab bermoqchiligi»ni minnat va ozor bilan e’lon qildi. Mana shularning barchasidan keyin u G‘azo ahlining ochligini biznesga aylantirib olgan Amerika kompaniyasini oshkor qildi. Bu kompaniyaning tarkibida Iroq va Afg‘onistondan kelgan jinoyatchilar hamda yurtimizda yomon nom qozongan xavfsizlik kompaniyalari bor.

Bu bir qo‘lida oziq-ovqat tarqatadigan, ikkinchi qo‘lida esa qurol tutgan kompaniya bo‘lib, mag‘rur G‘azo ahlini tahqirlash bo‘yicha odamlar ustida «xavfsizlik jihatidan» sinov o‘tkazmoqda. Ayni kompaniyaning oziq-ovqatiga G‘azo ahlidan yahudiylar ruxsat bergan kishilargina yetishadilar. Gohida ular oziq-ovqatga yetib borishdan oldin bombaga duch kelib, halok bo‘ladilar. Masalan, odamlar insoniyliklariga to‘g‘ri kelmaydigan ravishda navbat kutishga majbur qilinyapti, buni ularni G‘azo janubiga qayta to‘plab olish maqsadida qilinyapti, go‘yo ularni G‘azodan ko‘chirib chiqarishga yana tayyorlanayotgandek. Ayniqsa, Tramp G‘azoni egallab olish va aholisini ko‘chirib chiqarish haqida gapirishdan to‘xtamayotgan bir vaqtda. Bu yoqda yahudiy vujudining bosh jinoyatchisi ham genotsidni davom ettirib, qirg‘inni o‘zining kun tartibiga aylantirish bilan birga, ko‘chirish haqida gapirishdan to‘xtagani yo‘q.

Yuqoridagilardan ham yomoni shundaki, hozirda G‘azo ahli uchun oziq-ovqat taqchilligi yo‘q, chunki minglab yuk mashinalari Rafah o‘tish punktida to‘planib qolgan. Agar Misr rejimi Rafahni ochishga va yordam karvonlarini mudofaa qilishga qaror qilganda edi, G‘azo ochligi bir soat ichida hal etilgan bo‘lur edi. Biroq bu rejim oziq-ovqatni olib kirish o‘rniga Rafahni yahudiylar egallab olishiga va G‘azo ahlining nafasini bo‘g‘ishiga ko‘ra bila turib yo‘l berdi, hatto bu ishda o‘zi ham qatnashdi.

G‘azo ahlining ochlikdan qiynalayotgani butunlay g‘ayritabiiy hol. Chunki agar Islom Ummati o‘z birodarlarini bir ozgina qo‘llab-quvvatlaganda edi, G‘azoda mushuklaru qushlar ham och qolmagan bo‘lardi.

G‘azo ahlining ochlikdan qiynalayotgani butunlay g‘ayritabiiy hol. Chunki anavi Tramp ularga minnat va qirg‘in qo‘llari bilan «marhamat» ko‘rsatayotgan bir vaqtda, Ummat orasida shunday kuchlar borki, agar harakatga kelsa yahudiy vujudini bir soatda yoki undan ham oz vaqt ichida ildizi bilan yo‘q qilib tashlay olardi.

Ochlikka yuz tutgan G‘azo xalqi qanday qilib Amerika va yahudiy jinoyatchilariga tashlab qo‘yiladi?! Axir ular Islom ummatining bir qismi-ku! Islom Ummati esa shunday e’tiqod va olijanoblik sohibiki, unda bir insonning och qolishi na dindan, na mard farzandlarining or-nomusidan hisoblanadi. Bir odamning och qolishiga yo‘l qo‘yilmas ekan, u holda qanday qilib ikki million kishi ochlikka mahkum bo‘lyapti?! To‘g‘rirog‘i, hukmdorlar musulmonlar mablag‘i hisobidan ikki million amerikalikni ish bilan ta’minlashga qodir bo‘lgan bir paytda, ikki million musulmonning och qolishi qanday oqlanadi?!

Agar mana shu hukmdorlar xoinlik qilmaganlarida va Ummat ularning jinoyatlariga sukut qilmaganida edi, yahudiylar ham, amerikaliklar ham G‘azo ahliga qirg‘in va ochlik bombalarini yog‘dirishga jur’at qilisha olmagan bo‘lardi. Chunki bu dushmanlarimiz jinoyatchilarni titratadigan va tajovuzkorlar qo‘lini qirqib tashlaydigan pozitsiyani na Ummatda ko‘rishdi, na armiyalarida!

Agar shu hukmdorlar G‘azoni yahudiylardan ham qattiqroq qamal qilib, unga qirg‘in qilishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berib, shu orqali xoinlikdan ochiq dushmanlikka o‘tishmaganida bu amerikaliklar bilan yahudiylar G‘azo go‘daklari og‘zidagi luqmani nazorat qila olisharmidi?!

To‘g‘ri, Islom Ummatiga G‘azo ahlining och qolayotgani uyat, ammo ushbu ahlimizni Trampning minnat, qirg‘in va ko‘chirish bilan to‘ydirishiga qo‘yib berilgani bundan ham uyat, sharmandalikdir.

Ummat bu uyat-sharmandalikdan tozalanishi uchun yagona yo‘l bor, u ham bo‘lsa, rostgo‘ylik pozitsiyasini tanlab, harakat qilishi, armiyalarini harakatga keltirishi, barcha hukmdorlarini qamalga olib, Quddusi Sharif tomon qadam tashlashidan iborat. Ana shunda u har qatra qon uchun intiqom oladi va muborak zaminning har bir toshu qirg‘oqlarini najas yahudiy vujudidan tozalab, bu vujudni xuddi zararli o‘simta kabi ildizi bilan qo‘porib tashlaydi. Ana shu onda Ummat uyat orini o‘zidan yuvgan bo‘ladi. Aks holda esa, har bir qichqiriq, har bir ochlik va tashnalik, har bir ichak-chavoq ertaga Alloh oldida Ummatga qarshi guvohlik beradi.

 Hizb ut-Tahrirning

muborak Falastin

zaminidagi matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.