Arab-Islom vazirlar qo‘mitasi bir vodiyda, Ummat va uning tashvishlari esa boshqa vodiyda!

42
0

Matbuot bayonoti

Arab-Islom vazirlar qo‘mitasi bir vodiyda, Ummat va uning tashvishlari esa boshqa vodiyda!

Ommaviy axborot vositalarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Arab-Islom vazirlar qo‘mitasi Ramallohga safar qilishga tayyorlanmoqda. Ushbu safar, Fransiya va Saudiya rahbarligida joriy yilning 17–20 iyun kunlari Nyu-Yorkda o‘tkazilishi kutilayotgan «Ikki davlat yechimi» konferensiyasiga hozirlik ko‘rish doirasida amalga oshiriladi. Vazirlar qo‘mitasi delegatsiyasiga Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Faysal ibn Farhon rahbarlik qiladigan bo‘ldi. Delegatsiya tarkibiga esa Iordaniya, Misr, Qatar, Bahrayn va Ummon tashqi ishlar vazirlari ham kiritilgan.

Har bir aqliraso insonga ayon bo‘ldiki, musulmonlar hukmdorlari na Allohdan, na Uning Rosuli ﷺdan va na xalqlaridan hayo qilishyapti! Yahudiy vujudi G‘azoda birin-ketin qirg‘inlar amalga oshirayotgan, G‘arbiy sohildagi shahar va qishloqlarga bostirib kirib, aholini tahqirlayotgan bir paytda, musulmonlarning ruvaybiza hukmdorlari unga qarshi hatto bitta o‘q ham uzishgani yo‘q. Aksincha, ular o‘z tashqi ishlar vazirlarini Ramallohga yahudiy bosqinchilarining qattiq qo‘riqlovi-himoyasi ostida yubormoqdalar! Bo‘lajak yig‘ilishdan «1967 yilgi chegaralar doirasida, poytaxti sharqiy Quddus bo‘ladigan Falastin davlatini xalqaro maydonda tan oldirishga qaratilgan arab rejimlarining o‘zaro kelishilgan harakat mexanizmlarini muhokama qilish» maqsad qilingani aytilmoqda.

Islom Ummati uchun o‘zining haqiqiy musibatini anglash vaqti yetdi. Uning musibati yahudiy vujudida ham, uning orqasida turgan, uni hayot manbalari va qirg‘in qurollari bilan ta’minlab kelayotgan kofir mustamlakachi davlatlarda ham emas, balki o‘zining ruvaybiza hukmdorlaridadir. Bu hukmdorlar Ummatga tajovuz qilayotgan dushmanni to‘xtatishmayapti, Ummatni talayotgan qo‘llarni tiyishmayapti! Aksincha, dushmanlar bilan til biriktirib, Ummatni o‘z burchi – tajovuzni qaytarish vazifasini ado etishdan to‘sishyapti, qonxo‘r yahudiy vujudini himoya bilan ta’minlab, uning jinoyatlarini yashirishyapti! Hukmdorlar, shuningdek, bu vujud bilan tinchlik va normallashuv kelishuvlarini imzolab, uni hayot manbalari bilan ta’minlashyapti, hatto unga harbiy texnika va qurol-aslahalarni yetkazib berishyapti! Ana shu qurollar bilan yahudiylar G‘azo, G‘arbiy sohil kabi yerlarda Ummat farzandlarini qirg‘in qilib kelmoqdalar!

Bugun yahudiy vujudining tajovuzlari Falastindan tashqariga – Livan, Suriya, Eron va Yamanga ham yoyildi. Uning harbiy texnikasi musulmon diyorlarida bemalol izg‘ib yuribdi. Ammo birorta ham ruybaza hukmdor bu tajovuzni to‘xtatish u yoqda tursin, hatto unga e’tiroz bildirishga ham jur’at qilmayapti! Shunday bir vaziyatda ular o‘z delegatsiyalarini yahudiy nayzasi ostida u bilan tinchlikni muhokama qilish uchun Ramallohga yuborishmoqda!

Pichoq allaqachon suyakka taqaldi! Ey musulmonlar, endi o‘z hukmdorlaringizning haqiqiy basharasini anglash payti yetdi! Ularni danakni tuflagandek, hech ikkilanmay tuflab tashlang! Izdan chiqqan ishlarni o‘z iziga-yo‘liga qo‘ying! Yurtlaringizda barcha ishlarini o‘z o‘rniga qaytarib, boshqaruv tizginini Hizb ut-Tahrirdagi ongli va xolis farzandlaringizga topshiring! Zero, Hizb sizlarni uyg‘onish sari yetaklashdan to‘xtamay harakat qilib kelmoqda. U, shuningdek, yurtlaringizni bitta davlat, bitta armiya ostida birlashtirib, sizlarni faqat yahudiylar tajovuzini qaytaribgina qolmay, balki muborak zaminni ulardan butunlay tozalash va jinoyatkor yahudiy vujudini yer yuzidan batamom o‘chirish sari yetaklamoqda!

 Hizb ut-Tahrirning markaziy

matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.