Xalil shahrida ma’muriyatdagi eng yovuz rahbarlarning to‘planishidan maqsad Xalil ahli molini o‘marishdir

15
0

Matbuot bayonoti

Xalil shahrida ma’muriyatdagi eng yovuz rahbarlarning to‘planishidan maqsad Xalil ahli molini o‘marishdir

2025 yil 15 aprel seshanba kuni Xalil shahrida Falastin ma’muriyatining vazirlari, nufuzli shaxslar va viloyat hokimi uchrashishdi. Bu yig‘in rejimning xalq molini nohaq yeyish borasida tobora kuchayib borayotgan qilmishlari ustidagi birinchi yig‘ilish emas. Darhaqiqat, bu yig‘ilishdan munitsipalitetlar va mahalliy kengashlarning mablag‘larini ochko‘z ma’muriyat va uning muassasalari nazorati ostiga kiritish ko‘zlangan. Holbuki, yig‘ilishda omma mablag‘iga oid qonunbuzarliklarni to‘xtatish va korrupsiyaga qarshi kurashish iddao qilindi. Bularga Alloh Taoloning:

﴿وَإِذَا قِيلَ لَهُمۡ لَا تُفۡسِدُواْ فِي ٱلۡأَرۡضِ قَالُوٓاْ إِنَّمَا نَحۡنُ مُصۡلِحُونَ﴾

«Ularga «yer yuzida buzg‘unchilik qilmanglar», deyilsa, biz isloh qiluvchilarmiz, deyishadi»                                                           [Baqara 11]

degan kalomi to‘g‘ri keladi.

Mutasaddilarning bayonotlariga ko‘ra, ushbu yig‘ilishdan hamda hokimiyatning xalqni qo‘rqitish yoki aldash uchun qo‘llayotgan uslublaridan asosiy maqsad, elektr va suvdan bo‘lgan qarzlarini to‘latish bahonasida munitsipalitetlar va mahalliy kengashlarni foizli kreditga tortishdir. Ma’muriyat munitsipalitet va mahalliy kengashlarni foizli qarz olishga majburlamoqchi bo‘lyapti. Ularning ikkinchi maqsadi suv va elektr daromadlarini tortib olish hamda aslida munitsipalitetlarga tegishli bo‘lgan elektr energiyasi kompaniyalarining munitsipalitetlarga pul o‘tkazishlarini korrupsiya deb ta’riflab, ularga qarshi kurashishdir.

Falastin ma’muriyati va uning shaytonlari har bir qadamini omma mollarini o‘zlashtirishga tashlayapti. Zotan, Falastin, shu jumladan Xalil ahli soliq tushumlarining oshirilishidan tashqari, omma mablag‘larining o‘marilishidan ham qattiq norozidirlar.

Ajablanarlisi shundaki, Xalil shahri hokimi «4-kanal» radiosida chiqish qilib, foizli kreditlarni himoya qilmoqda. U «Hech kim halol yoki harom, deb aytmasin. Foizlarini biz to‘laymiz. Mahalliy ma’muriyat to‘lay olmasa, biz to‘lab beramiz», dedi. Go‘yo ochiqchasiga mana bunday demoqchidek: «Agar gunohga tushib qolishdan qo‘rqayotgan bo‘lsangiz, muammo yo‘q. Biz bu gunohni sizning o‘rningizga qilib beramiz», «Siz Alloh harom qilgan narsadan qochayotgan bo‘lishingiz mumkin. Ammo biz Allohning chegaralarini hurmat qilmaymiz».

Shunday ekan, bu tentak hokim «Hizb ut-Tahrir masjidlarda xalqni suv va elektrga pul to‘lamaslikka chaqiryapti», deya tuhmat qilib, Allohning hadlaridan ochiqdan-ochiq tajovuz qilishi va ochiqchasiga osiylik qilishi ajablanarli emas. Bu tuhmatchi hokimning hujumiga javoban, biz uni Hizb ut-Tahrir xalqqa aytgan birorta so‘z yoki birorta satr yoki bayonotni hujjat sifatida keltirishga chaqiramiz.

Qolaversa, omma mulkini xususiy shirkatga o‘tkazib olinayotganiga qarshi o‘nlab yillardan beri kurashib kelayotgan Hizb ut-Tahrir emasmi, Hizb bu kurashni Xalil ahli bilan birga olib bormayaptimi?! Xo‘sh, omma mulkini kim ko‘proq ehtiyot qilyapti ekan, Hizbmi yoki hokimmi?! Umumiy mulkni talon-toroj qilayotgan, xalq mulkini, jumladan suv va energiya pullarini xususiy shirkatlarga o‘tkazish bilan yeb-to‘ymas «kit»larning cho‘ntagini to‘ldirayotgan va hamon shunday qilib kelayotgan mana shu kimsa emasmi?! Odamlar gapirayotgan «Naqila» shirkati ma’muriyatning omma mulkini o‘zlashtirishida vositachilik qilmayaptimi?! Kim omma mulkini ko‘proq muhofaza qilyapti, Hizb ut-Tahrirmi yoki Falastin ma’muriyatimi?! Axir, Falastin zaminidan, uning ahli va qonidan butunlay voz kechgan mana shu ma’muriyat emasmi?!

Sizlarga Falastin ahlining shuncha tazyiq ostida yashayotgani kammi?! Shundoq ham kambag‘al xalq qashshoqqa aylanib borayotgani yetarli emasmi?! Yoki sizlar Smotrich va Ben-Gvirga g‘azoliklarni surgun qilishda yordam berasizlarmi?! Yoxud Falastin ahliga sizlar o‘marmoqchi bo‘layotgan hamyon sifatida qaraysizlarmi? Allohdan qo‘rqing! Bu qanday mantiq? Xalq qarshiligini kuchaytirmoqchi ekaningizni aytyapsiz. Ammo siz uning pulini o‘zlashtirib, soliqlarni yanada oshiryapsiz! Qo‘llab-quvvatlov shumi? Bu ularni faqatgina qashshoqlashtiradi, narxlarni oshiradi va yelkalariga yangi-yangi yuklarni yuklaydi. Ey shahar hokimi, «4-kanal» radiosiga bergan intervyungizda elektr muammosi 20 yildan beri qalashib ketganini va avvalgi Falastin hukumatlari bunga jiddiy e’tibor bermaganini o‘zingiz ham tan oldingiz. Shunday ekan, sizga quyidagi savolni bermoqchimiz: nega hozir bunga e’tibor qaratib qoldingiz?!

Yer yuzida buzg‘unchilik qiluvchi kimsalar Allohning o‘t azobi kelmasidan oldin bundan voz kechsinlar!

 Hizb ut-Tahrirning

muborak Falastin

zaminidagi matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.