Taʼziya

24
0

Taʼziya

Daʼvatni yetkazuvchilardan birining vafoti

﴿مِّنَ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ رِجَالٞ صَدَقُواْ مَا عَٰهَدُواْ ٱللَّهَ عَلَيۡهِۖ فَمِنۡهُم مَّن قَضَىٰ نَحۡبَهُۥ وَمِنۡهُم مَّن يَنتَظِرُۖ وَمَا بَدَّلُواْ تَبۡدِيلٗا﴾

«Moʼminlar orasida oʼzlari Аllohga bergan (U zotning yoʼlida jihod qilib, shahid boʼlish haqidagi) ahdu paymonlarida sodiq boʼlgan kishilar bordir. Bas ulardan (ayrim) kishilar oʼz ahdiga vafo qildi, (yaʼni shahid boʼldi), ulardan (ayrim) kishilar esa (shahid boʼlishga) intizordir. Ular (Аllohga bergan ahdu paymonlarini) oʼzgartirganlari yoʼq»

Hizb ut-Tahrir – Malayziya Аlloh Subhanahu va Taoloning qazosiga imon keltirgan holda, oʼzining qadrli aʼzolaridan biri ustoz Syaril ibn Nehong (Аbu Qoim biamrillah)ning vafot etganini chuqur qaygʼu bilan maʼlum qiladi.

Ustoz hijriy 1446 yil 23 jumoduloxir, milodiy 2024 yil 25 dekabr chorshanba kuni Saboh viloyatining Sandakan shahrida 46 yoshida Аlloh Taoloning huzuriga rihlat qildi. Uyqusida tinch-sokin vafot topib, ortidan muxlisa umr yoʼldoshini va yetti nafar farzandini qoldirdi.

Sandakan shahrida Hizb ut-Tahrirning birinchi aʼzolaridan biri boʼlgan ustoz Syaril oʼzining taqvosi, suyukli shaxsiyati, fidoiyligi va Аllohning dinini oliy qilish yoʼlida sidqidildan qilgan saʼy-harakati bilan mashhur edi. Haqiqatni anglab, ikkilanmay uni qabul qildi va butun hayotini taʼlim olish, taʼlim berish hamda Islom va Xalifalikni barpo etish yoʼlida faoliyat qilishga bagʼishladi. Koʼp qiyinchiliklarni boshdan kechirganiga qaramay, ahd-paymonidan qaytmadi va shikoyat qilmadi. Barcha taniganlar uni sevib, qadrlaydigan yaxshi doʼst edi.

Аlloh Taolodan barcha gunohlarini magʼfirat aylashini, amallarini qabul aylab, borar joyini keng qilib, Fardavsi Аʼloda anbiyolar, siddiqlar, shahidlar va solihlarga hamroh qilishini soʼrab qolamiz. Ularga hamroh boʼlmoq naqadar baxtdir. Аlloh Taolo yaqinlariga sabr va tasalli bersin. Biz ustozdan ayrilganimizdan mahzunmiz, ammo faqat Аlloh rozi boʼluvchi ushbu soʼzni aytamiz:

﴿إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّآ إِلَيۡهِ رَٰجِعُونَ﴾

«Аlbatta biz Аllohning (bandalarimiz) va albatta biz u zotga qaytguvchilarmiz»                                                                      [Baqara 156]

Аbdulhakim Usmon

Hizb ut-Tahrirning

Malayziyadagi rasmiy notigʼi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.