Jalolobod voqeasi: Da’vatni himoya qilish har birimizning burchimizdir
Jalolobod viloyatida 26 noyabr kuni Hizb ut-Tahrir yigitlari “E’tiqod erkinligi va diniy uyushmalar to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga qarshi tadbirlar uyushtirdilar. Oradan 3 hafta o‘tib, 10-14 dekabr kunlari Milliy xavfsizlik bo‘yicha davlat qo‘mitasi viloyatdagi 21 xonadonda tintuv o‘tkazib, Hizb yigitlarini noqonuniy ravishda hibsga oldi. Hukumat vaqtincha hibsda saqlanayotgan yigitlarga advokatlari bilan uchrashishga ruxsat bermadi, balki tergov ishlarini o‘zlari maxsus tayyorlagan advokatlar ishtirokida olib bordi. Natijada, qonun loyihasiga qarshi masjidlarda varaqalar tarqatish bahonasida yuqorida aytilgan yigitlarimiz bir oy muddatga vaqtinchalik hibsga olindi. Ular ustidan “Ekstremistik faoliyat tashkil etish va amalga oshirish” moddasi bilan jinoiy ish ochildi. Biroq hibsga olish uchun hech qanday dalil va ekspertiza xulosasi taqdim etilmadi. Hibsga olinganlar orasida Murodilloh, Alisher, Manas, Abdurahim, Abdurahim, Ravshanbek, Nasipbek, Rasulbek, Temirlan, Karimjon, Mirzohid, Abdulmuqim, Bahodir, Sharip, Abduqodir va ikki o‘g‘li hamda Karim va o‘g‘li bor.
Milliy xavfsizlik kuchlari Hizb yigitlarini hibsga olayotganda xuddi korrupsionerlar yoki qotillar kabi xatarli jinoyatchilarni qo‘lga olgandek ish tutib, bu bilan Hizb yigitlarini odamlarga vahimali ko‘rsatishga urinishdi. Aslida hukumatning bunday harakati xalqni aldab adashtirishdan boshqa narsa emas. Chunki ekstremizm – asli yo‘q narsadir! Dunyo hamjamiyatida ekstremizmning aniq ta’rifi mavjud emas. Har bir hukumat o‘z manfaatlaridan kelib chiqib unga “ta’rif” beradi. Masalan, Rossiya va Xitoy SHHT doirasida alohida, AQSH o‘zicha alohida, Yevropa davlatlari esa alohida ta’rif berib, o‘z ta’riflariga ko‘ra harakat olib borishadi. Biroq, bu ta’riflarning barchasi bitta sifatni o‘z ichiga oladi, bu sifat: “ekstremizm – hokimiyatni radikal vositalar bilan qo‘lga kiritishdir”. Mana shundan kelib chiqib Qirg‘iziston “Hizb-ut-Tahrir” uyushmasini ekstremistik tashkilot deb e’lon qilgan bo‘lsa, ayrim mamlakatlar terrorchi tashkilot deb e’lon qildi. Biroq, sog‘lom fikrga ega bo‘lgan har bir kishi ma’lumotlarni to‘g‘ri bog‘lash bilan bu da’voning yolg‘onligini osongina bilib olishi mumkin. Masalan, Qirg‘izistonda ular aytayotgan ta’rifdan kelib chiqib, to‘g‘rirog‘i, ekstremistik yo‘l bilan 3 marta hukumat almashdi. Biroq, Hizb bularning hech biriga aralashmagan. Chunki u faqat Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam o‘rgatgan tariqatga amal qiladi.
Zulm bilan hibsga olingan yigitlar mana shu Islomiy tariqat asosida dinni yetkizganliklari uchun qamoqqa tashlandilar. Ular “E’tiqod erkinligi va diniy uyushmalar to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ortida turgan maqsadni ochib, hech kim ayta olmayotgan haqiqatni aytib chiqishdi. Hukumat da’vat qilish, yaxshilikka buyurib, yomonliklardan qaytarish oldiga ushbu yangi qonun orqali to‘siqlar qo‘ymoqda. Da’vatchilar oldiga yanada kuchaytirilgan cheklovlar qo‘yilmoqda. Qolaversa, qonunda masjid, madrasa va hujralardagi Islomiy ta’limlarga hamda internet orqali qilinayotgan nasihatlarga qarshi chora ko‘rish nazarda tutiladi.
Aslida, bunday holatda, avvalo, haqiqatni ulamolar aytib chiqishlari kerak edi. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar:
العُلَمَاءَ وَرَثَةُ الأَنْبِيَاءِ، وَإِنَّ الأَنْبِيَاءَ لَمْ يُوَرِّثُوا دِينَارًا وَلَا دِرْهَمًا، إِنَّمَا وَرَّثُوا العِلْمَ، فَمَنْ أَخَذَهُ أَخَذَ بِحَظٍّ وَافِرٍ
“…Ulamolar Payg‘ambarlarning merosxo‘rlaridir. Payg‘ambarlar dinor ham, dirham meros qoldirmaganlar. Balki ilmni meros qoldirganlar. Kim uni olsa, to‘la nasibasini olibdi”.
Shunday ekan, dinimizni himoya qilayotgan yigitlarni himoya qilish va ularning faoliyatini davom ettirish birinchi navbatda ulamolarimiz zimmasiga tushadi. Chunki bu da’vatchilar siyosiy asosda hibsga olinmoqda. Ummat manfaati uchun zulmga uchramoqda.
InshaAlloh, bu da’vatchilarning oilalari sabr-toqatlari uchun ulkan ajlar olishadi. Chunki ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ushbu so‘zlariga qattiq ishonadilar. U zot aytadilar:
»لاَ تَزَالُ طَائِفَةٌ مِنْ أُمَّتِي عَلَى الْحَقِّ ظَاهِرِينَ لَعَدُوِّهِمْ قَاهِرِينَ لاَ يَضُرُّهُمْ مَنْ خَالَفَهُمْ إِلاَّ مَا أَصَابَهُمْ مِنْ لَأْوَاءَ حَتَّى يَأْتِيَهُمْ أَمْرُ اللَّهِ وَهُمْ كَذَلِكَ«
“Ummatimdan bir guruh kishilar dinda g‘olib bo‘lib, dushmanlarini mag‘lub etib boraveradilar. Qarshi chiqqanlar ularga zarar yetkaza olmaydi, magar ularga bir oz g‘am-tashvish va qiyinchiliklar yetadi xolos. Ular Allohning yordami kelgunicha shunday davom etadilar”. (Abu Dovud va Ahmad rivoyati).
Yana aytadi:
:بدأ الإسلام غريبًا وسيعود غريبًا كما بدأ فطوبى للغرباء، قيل يا رسول الله من الغرباء؟ قال: الذين يصلحون إذا فسد الناس وفي لفظ يصلحون ما أفسد الناس من سنتي، وفي لفظ: يحيون ما أمات الناس من سنتي
“Islom G‘arib bo‘lib boshlandi, yana boshlanganidek G‘ariblikka qaytadi, Bas, G‘ariblarga Tubo jannati bo‘lsin”. G‘ariblar kimlar, yo Rosulalloh? – deb so‘raldi. “Odamlar buzilganda ularni isloh qiluvchi kishilardir”, boshqa bir rivoyatda: “Odamlar buzgan narsalarni isloh qiluvchi kishilardir”, yana boshqa bir rivoyatda: “Odamlar o‘ldirgan sunnatimni tiriltiruvchi kishilardir”, deb javob berdilar. (Musulmon rivoyati).
Binobarin, zulm va qo‘rqitish siyosati Hizbning Islomni hayotga qaytarish istagini sindira olmaydi. Ularning qalbidagi yonayotgan olovni hech qachon o‘chira olmaydi. Alloh Taolo aytadi:
وَأُخْرَى تُحِبُّونَهَا نَصْرٌ مِنَ اللهِ وَفَتْحٌ قَرِيبٌ وَبَشِّرِ الْمُؤْمِنِينَ
“Va (Alloh sizlarga) yana boshqa sizlar suyadigan (bir ne’matni ham berurki, u) Alloh tomonidan bo‘lgan g‘alaba va yaqin(da ro‘y berguvchi Makka) fathidir. (Ey Muhammad), mo‘minlarga (mana shu) xushxabarni yetkazing!” [61:13].
Hizb ut-Tahrirning Qirg‘izistondagi matbuot bo‘limi