Daniya Yaqin Sharqdagi mustabid rejimlarni yanada kuchliroq qo‘llab-quvvatlamoqda

13
0

Matbuot bayonoti

Daniya Yaqin Sharqdagi mustabid rejimlarni yanada kuchliroq qo‘llab-quvvatlamoqda

Misr tog‘uti Abdulfattoh Sisiy 2024 yil 7 dekabrda rasmiy safar bilan Daniyaga keldi.

Ma’lumki, hokimiyatni inqilob orqali qo‘lga kiritgan va tinch namoyishchilarni qirg‘in qilish orqali hukmronligini saqlab qolgan Sisiy hamon o‘zining siyosiy raqiblarini qamoqqa tashlash va qiynoqqa solishdan uyalmayapti.

Misr rejimi mustabid rejim. U o‘z xalqini temir va otash bilan qo‘rqitmoqda. Yahudiy vujudini G‘azoda genotsid sodir etishida bevosita til biriktirib, yahudiylar G‘azo ahlini qatli om qilayotgan bir paytda, ularni qamal qilib, och qoldirmoqda.

Shularning barchasiga qaramay, Daniya qiroli bilan hukumat bosh vazirasi bu jinoyatchini quchoq ochib, olqishlar bilan kutib olishdi. Ilgari bosh vazira Mette Frederiksen Sisiy bilan munosabatlarini «ishonchga asoslangan hamkorlik», deya baholagan edi.

Ayni paytda, o‘sha bosh vazira Daniyadagi musulmonlardan yo bosqinchilik genotsidini himoya qiluvchi qadriyatlarga moslashish yoki mustabid zolimlarning boshqaruvi ostidagi yurtlariga qaytib ketish talabini qo‘ymoqda. «Yashillashtirish» va «migratsiya yukini kamaytirish» kabi niqoblar ortiga yashiringan iqtisodiy manfaatlarga nazar soladigan bo‘lsak, aftidan, mustabidlikning narxi unchalik baland bo‘lmay qolgan ko‘rinadi.

Daniya rasmiylari o‘zlarining jirkanch masxarabozlik va ikkiyuzlamachiliklarini yana bir bor oshkor etmoqdalar. Daniyaning mustabidga ochiq-oshkora ikrom ko‘rsatishi birinchi marta bo‘layotgani yo‘q. Masalan, Qirollik oilasi Misrning sobiq diktatori Husni Muborakni hurmatlab, Daniyaning oliy mukofoti bo‘lgan «Fil ordeni» bilan taqdirlagan edi. Butun Yaqin Sharq bo‘ylab norozilik namoyishlari alanga olgan bir paytda, Bahrayn qirolini ham «Danebrog ordenining Buyuk xochi» bilan mukofotlagan. 2022 yilda Mette Frederiksen Hindistonning qatli om jinoyatkori Narendra Modini iliq kutib oldi.

Daniyada yashovchi musulmonlar va adolat tuyg‘usiga ega har qanday inson Daniyadagi rasmiylarni qonxo‘r tog‘utlarni qo‘llab-quvvatlash siyosatini olib borishga undagan qadriyatlardan faqatgina jirkanishi mumkin. Bas, shuning uchun bunga qarshi siyosiy kurash olib borish va norozilik namoyishlari orqali kurashish lozim.

 Ilyos Murobit

Hizb ut-Tahrirning Daniyadagi

matbuot bo‘limi vakili

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.