Matbuot bayonoti
Shom tog‘utining ag‘darilishi mazlumlar uchun bayramdir
Biz barcha musulmonlarni, xususan Shom va Livan ahlini Shom tog‘uti, Baas partiyasi, Asadlar oilasi, ularning gumashtalari, ma’lumot tashuvchilari va dumlarining ag‘darilishi bilan muborakbod etamiz. Bu kimsalar musulmonlar boshiga Livan va Suriyada qirg‘in, qiynoq, qatl, qamoq va qochqinlik musibatlarini solib kelishdi.
2024 yil 8 dekabrda Bashar Asad qo‘zg‘olonchi xalqdan qochib ketishi bilan uning zolim hokimiyati tugadi. Endi ushbu jinoyatchilarni jazolash vaqti keldi. Musulmonlar katta shodlikka haqlidirlar. Biroq quvonchimiz Allohning shariatini hukmron qilib, musulmonlar yurtlarini birlashtirish bilangina to‘liq bo‘ladi.
Ey Livandagi ahlimiz!
Siz Shom va musulmon yurtlarining bir bo‘lagisiz. Shom tog‘utining malaylari Falastin qochqinlarini xorlaganidek, sizlarni hamisha xorlab, zulm qilib keldi. Bas, egningizdan xorlik g‘uborini qoqib, yahudiy vujudidan tortib, uni qo‘riqlayotgan hukmdorlar va ularning G‘arbdagi xo‘jayinlariga qadar sizga tuzoq qo‘yayotgan barcha dushmanlaringizga qarshi birlashmog‘ingiz vaqti keldi.
Biz Hizb ut-Tahrir – Livan viloyati a’zolari sizni Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish orqali islomiy hayotni qayta boshlash uchun biz bilan birga faoliyat qilishga chaqiramiz. Ushbu Xalifalik Islom bilan hukm yuritadi va uni butun olamga yetkazadi. Ana shu kunda mo‘minlar Allohning nusrati sababli shodlanurlar. Zero, Ummatning o‘z hokimiyatini qaytarib olishi musulmonlar uchun ham, boshqalar uchun ham yorug‘likdir. Yuzlab yillar davomida odamlar xavfsizlik, tinchlik, mol-mulk muhofazasi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va davolanish kabi huquqlaridan foydalanib kelgani kabi, siz ham bulardan Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatingiz soyasida bahramand bo‘lasiz.
Livan rejimi Shom qo‘zg‘olonini qo‘llab-quvvatlaganlikda ayblanib, nohaq va tajovuzkor tarzda qamoqqa olingan Rumiya va boshqa qamoqxonalardagi islomiy mahbuslarni ozod qilmog‘i darkor. Toki, Livan musulmonlarining shodligi yarim qolmasin.
﴿وَنُرِيدُ أَن نَّمُنَّ عَلَى ٱلَّذِينَ ٱسۡتُضۡعِفُواْ فِي ٱلۡأَرۡضِ وَنَجۡعَلَهُمۡ أَئِمَّةٗ وَنَجۡعَلَهُمُ ٱلۡوَٰرِثِينَ﴾
«Biz yer yuzida xorlangan kishilarga marhamat qilishni, ularni (xor-bechoralikdan chiqarib) barchaga peshvo zotlarga aylantirishni va ularni vorislar qilishni istaymiz» [Qasos 5]
Hizb ut-Tahrirning Livan viloyatidagi
matbuot bo‘limi