Japarov “ulamolar” bilan Din haqidagi qonun loyihasini muhokama qildi.

13
0

Japarov “ulamolar” bilan Din haqidagi qonun loyihasini muhokama qildi.

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 8 noyabr kuni diniy rahnamolar bilan “E’tiqod erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasini muhokama qildi. Unda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan hujjatga qo‘shimcha moddalar taklif qilindi va ayrim aniqliklar kiritildi.

Japarov o‘z nutqida odamlarning “Hizb ut-Tahrir”, “Yaqin Inkor” kabi Islomiy guruhlarga qo‘shilib ketishining oldini oluvchi chora-tadbirlarni ko‘rish kerakligi va buning uchun muftiyot va ulamolar kengashining rolini kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

Prezident muhokamada bildirilgan ayrim takliflarni inobatga olib, tegishli rahbarlarga loyihani yana bir ko‘zdan kechirib, Jo‘qorg‘u Kenesh muhokamasiga taqdim qilish bo‘yicha topshiriq berdi.

Din ishlari bo‘yicha davlat komissiyasi taklif qilgan va joriy yil 30 avgust kuni jamoatchilik muhokamasiga taqdim qilingan qonun loyihasi 37 moddadan iborat bo‘lib, unda jamoat joylarda va davlat muassasalarida niqob kiyishni taqiqlash taklifi kiritilgan.

Loyihada qonunni buzgan jismoniy shaxslar 20 ming som, yuridik shaxslar esa, 60-65 ming som miqdorida jarimaga tortilishi ko‘zda tutilgan.

Islom nuqtayi nazardan qaralganda, muslima ayollarning niqob kiyish hukmi ayrim mujtahidlarga ko‘ra vojibdir. Shuning uchun bu modda Islomiy rayga zid bo‘lganligi bois, musulmonlar unga qarshi chiqishlari lozim. Zero, har bir Islomiy rayni himoya qilish barcha musulmonlarning burchidir. Ijtihoddagi ixtiloflar esa, ichki masala bo‘lib, faqat mujtahidlarning muhokamasi bilan cheklanishi lozim.

Shuningdek, loyihada diniy asosda partiyalar va boshqa siyosiy tashkilotlar tuzish va ularni moliyalashtirish, partiyalarga nom berishda yoki saylovoldi tashviqotlarda diniy so‘zlardan foydalanish hamda deputatlarning diniy faoliyat bilan shug‘ullanishini taqiqlash ko‘zda tutilgan.

Diniy asosda siyosiy hizb tuzishning hukmi farzi kifoyadir. Agar Ummat ichida siyosiy hizb bo‘lmasa yoki tuzilgan hizb o‘z mas’uliyatini to‘liq bajara olmayotgan bo‘lsa, barcha musulmonlar gunohkor bo‘lishadi. Bu farzni bajarishga harakat qilganlardangina gunoh soqit bo‘ladi. Alloh Taolo aytadi:

وَلۡتَكُن مِّنكُمۡ أُمَّةࣱ یَدۡعُونَ إِلَى ٱلۡخَیۡرِ وَیَأۡمُرُونَ بِٱلۡمَعۡرُوفِ وَیَنۡهَوۡنَ عَنِ ٱلۡمُنكَرِۚ وَأُو۟لَـٰۤىِٕكَ هُمُ ٱلۡمُفۡلِحُونَ

“Oralaringizdan yaxshilikka (Islomga) da’vat qiladigan, ibodat-itoatga buyuradigan va isyon-gunohdan qaytaradigan bir jamoat bo‘lsin. Ana o‘shalar najot topguvchilardir”. (Oli Imron: 104).

Bundan tashqari, bular juma xutbalarida va internet orqali ma’ruza qilayotgan da’vatchilarga ham to‘siq qo‘yishni kuzlashmoqda. Bu ko‘zlangan maqsad faqat hokimiyatga yoqadigan so‘zlarni gapiradigan diniy shaxslarni vujudga keltirishdir. Aslida Islomda musulmonlar nasroniylik yoki boshqa dinlardagi kabi diniy shaxslar va dunyoviy shaxslarga bo‘linmaydi. Aksincha, har bir musulmon bilganini yetkazadi va unga amal qilishga harakat qiladi.

Qolaversa, bular uyma-uy yurib, da’vat qilishni ta’qiqlash bilan uylarda va davlat ro‘yxatidan o‘tmagan masjid-madrasalarda dars qilishga, Qur’on o‘rganishga to‘sqinlik qilishni ham ko‘zlashmoqda.

Darhaqiqat, har bir musulmon, xoh mahallada, xoh ko‘chada, xoh masjidda bo‘lsin, Islomni yetkizishga harakat qiladi. Yomonlikni ko‘rsa, uni qo‘li yoki tili bilan to‘xtatish uchun bor kuchini ishga soladi. Chunki Rasululloh sallollohu alayhi vasallam bunday dedilar:

“مَن رأى منكم منكرا فليغيره بيده، فإن لم يستطع فبلسانه، فإن لم يستطع فبقلبه، وذلك أضعف الإيمان” رواه مسلم.

“Sizlardan kim munkarni ko‘rsa, uni qo‘li bilan o‘zgartirsin. Agar bunga qodir bo‘lmasa, tili bilan o‘zgartirsin. Agar bunga ham qodir bo‘lmasa, qalbi bilan o‘zgartirsin. Bu (qalbi bilan o‘zgartirish) imonning eng zaifidir”.

Rasululloh sallollohu alayhi vasallam zimmamizdagi mas’uliyatni eslatib, shunday dedilar: “Allohga qasamki, albatta siz yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarasiz, va zolimning qo‘lidan ushlab, uni majburan haqqa bo‘ysundirib, haqqa cheklab qo‘yasiz. Yoki, Alloh ayrimlaringiz bilan ayrimlaringizning dillariga zarba beradi, so‘ngra ularni (Banu Isroilni) la’natlaganidek, sizlarni ham la’natlaydi».

Binobarin, hukumat tomonidan taklif etilayotgan qonun loyihasi Islom dini va qadriyatlariga ziddir. Shunday ekan, Alloh Taolo farz qilgan da’vat ishlarini cheklash va Islomiy raylarning ta’qiqlashdan uzoq turish lozim! Rasululloh sallollohu alayhi vasallam aytadilar:

مَا مِنْ وَالٍ يَلِي رَعِيَّةً مِنْ الْمُسْلِمِينَ فَيَمُوتُ وَهُوَ غَاشٌّ لَهُمْ إِلَّا حَرَّمَ اللَّهُ عَلَيْهِ الْجَنَّةَ

“Musulmonlarga boshchilik qilib, ularni aldagan holda vafot etgan har bir rahbarga Alloh taolo jannatni harom qiladi” (Imom Buxoriy rivoyati).

Hizb ut-Tahrirning Qirg‘izistondagi matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.