Ummat bilan hukmdorlar o‘rtasidagi xusumat

79
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hadisi Sharif bilan

Ummat bilan hukmdorlar o‘rtasidagi xusumat

Aziz muxlislar, «Hadisi Sharif bilan” nomli ruknimizning yangi sonini samimiy salomlar bilan boshlaymiz. Sizlarga Alloh Taoloning salomi, rahmati va barakoti bo‘lsin.

Ibn Hajar al-Asqaloniy “Fathul-Bariy – sharhu Sahihul Buxoriy” asarining “Talashib-tortishuvchi dushmanlarning eng yomoni” bobida shunday deydi:

حدثنا أبو عاصم عن ابن جريج عن ابن أبي مليكة عن عائشة رضي الله عنها عن النبي صلى الله عليه وسلم قال: “إن أبغض الرجال إلى الله الألد الخصم.”

Abu Osim bizga Ibn Jurayjdan, u Ibn Abu Malikadan, u esa, Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qiladi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh nazdida odamlarning eng yomoni – xusumatli dushmanlardir”, dedilar

Aziz birodarlar!

Bu ummat dunyo va oxiratda farovon hayot kechirish uchun yaratilgan. Rahm-shafqatdan mahrum bo‘lgan holda, adolatsizlik, xo‘rlik va zulm botqog‘ida yashash uchun yaratilmagan. Hozirda Ummat xusumat va adovat ichida yashashga majbur. Hukmdorlar va ummat o‘rtasidagi xusumat va adovat eng yuksak darajaga yetdi. Qanday qilib bunday bo‘lmasin. Hukmdorlar o‘z xalqiga, ummatiga dushmanlik qilib, ularni ta’qib qilib, o‘ldirmoqda, hibsga olib, zulm qilmoqda. Axir, hukmdorlar bilan ummat o‘rtasidagi xusumatdan ko‘ra yomonroq xusumat bo‘lishi mumkinmi?!

Ey musulmonlar!

Biz musulmonlar faqat Robbimiz buyurgan va Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ko‘rsatgan narsalarnigina qabul qilamiz. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam musulmonni o‘zini xo‘rlashdan qaytardilar. Musulmon adolatsizlik va xorlikni qabul qilmaydi. U zulm qarshisida sukut saqlab turmaydi. Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qilmaydigan zolim hukmdorlarning birortasiga bo‘ysunish mumkin emas. Hozirda hech bir hukmdor shariat bo‘yicha hukm yuritmaydi, shuning uchun ularga bo‘ysunish joiz emas. Bugungi kunda G‘arbning quliga aylangan kimsalar Islom Ummatini boshqarmoqda. Bu rubaybiza hukmdorlar yer yuzida kibrlanib, odamlarni vahshiylarcha o‘ldirdilar. Ular Alloh uchun odamlarning eng yomonidir.

Shuning uchun ularning zolim rejimlarini to‘lig‘icha qulatib, uning o‘rniga adolat binosini qurish lozim. Islom davlati barpo etilgandan keyin haqiqiy hisob-kitob bo‘ladi. Alloh taolo aytadi:

{وَسَيَعْلَمُ الَّذِينَ ظَلَمُوا أَيَّ مُنقَلَبٍ يَنقَلِبُونَ}.

“Zolim kimsalar esa yaqinida qanday oqibatga qarab ketayotganlarini bilib qolurlar”. (Shuaro: 227).

Allohim, musulmonlarni birlashtirib, ularning boshidagi balolarni aritadigan Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Roshid Xalifalik davlatining tiklanishini tezlashtirgin. Allohim, yer yuzini O‘z nuring bilan munavvar qilgin.

Aziz birodarlar, navbatdagi «Hadisi Sharif bilan» nomli ruknimizgacha Alloh Taoloning panohida bo‘ling. Sizlarga Alloh Taoloning salomi, rahmati va barakoti bo‘lsin.

26 Robiul Aval, 1446h yil.

29 sentyabr,        2024m yil.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.