بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Hadisi Sharif bilan
Barqaror turish va imon o‘rtasidagi amal
Aziz muxlislar, «Hadisi Sharif bilan” nomli ruknimizning yangi sonini samimiy salomlar bilan boshlaymiz. Sizlarga Alloh Taoloning salomi, rahmati va barakoti bo‘lsin.
Ibn Hajar al-Asqaloniy “Fathul-Bariy – sharhu Sahihul Buxoriy” asarining “Jomi’ul-Avsafil-Islom” bobida shunday deydi:
حدثنا علي بن عبد الله حدثنا محمد بن عبد الرحمن أبو المنذر الطفاوي، عن سليمان الأعمش قال: حدثني مجاهد عن عبد الله بن عمر رضي الله عنهما قال: أخذ رسول الله صلى الله عليه وسلم بمنكبي فقال كن في الدنيا كأنك غريب أو عابر سبيل. وكان ابن عمر يقول إذا أمسيت فلا تنتظر الصباح وإذا أصبحت فلا تنتظر المساء وخذ من صحتك لمرضك ومن حياتك لموتك
Ali ibn Abdulloh bizga Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan shunday rivoyat qildi: “Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mening yelkamdan ushlab, bunday dedilar, “Bu dunyoda musofir yoki yo‘lovchi kabi bo‘l”. Ibn Umar aytadi: “Agar kech bo‘lsa, tongni kutma, tong otsa, kechni kutma, kasal bo‘lmasingdan avval sog‘ligingdan, o‘limingdan oldin hayotingdan unumli foydalan”.
Aziz birodarlar!
So‘zlarning eng to‘g‘risi bo‘lgan Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ushbu hadislarini ulamolar so‘zlarning gavhari deb aytishgan. Zero, Islom usuli mana shu ikki so‘z bilan birlashadi: iymon va barqaror turish. Islom – bu tavhid va itoatdir. Tavhid iymon orqali vujudga keladi. Itoat esa barqaror turish orqali amalga oshadi. Bu Alloh Taoloning quyidagi so‘zining ma’nosidir:
)إِنَّ الَّذِينَ قَالُوا رَبُّنَا اللَّهُ ثُمَّ اسْتَقَامُوا تَتَنَزَّلُ عَلَيْهِمُ الْمَلائِكَةُ أَلاَّ تَخَافُوا وَلا تَحْزَنُوا(
“Albatta: «Parvardigorimiz Allohdir», deb, so‘ngra (yolg‘iz Allohga toat-ibodat qilishda) barqaror turgan zotlarning oldilariga (o‘lim paytida) farishtalar tushib, (derlar): «Qo‘rqmanglar va g‘amgin bo‘lmanglar”. (Fussilat: 30).
Ey musulmonlar!
Barqaror turish – bu haq yo‘lda sobit turishdir. Musulmonlarning hozirgi yurish-turishi to‘g‘ri yo‘ldan og‘ib ketdi. Chunki Allohning qonunini insonlarga to‘liq qo‘llashgina barqaror turishga olib keladi. Musulmonlarning bugungi ahvoliga nazar tashlagan kishi, ularga Allohning qonunini qo‘llanilmayotganligini aniq ko‘radi. Ya’ni Shariatni to‘liq qo‘llash ham, jihod ham, g‘alaba ham, kuch ham, shon-shuhrat ham yo‘qligini ko‘radi. Shubhasizki, musulmonlar o‘z ustidagi malay hukmdorlardan qutulmaguncha, bunday beqaror vaziyat davom etaveradi. Musulmonlarning bunday holatda qolishi esa, oyatdagi Barqaror turish va iymon o‘rtasidagi amalga ziddir.
Allohim, musulmonlarni birlashtirib, ularning boshidagi balolarni aratadigan Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Roshid Xalifalik davlatining tiklanishini tezlashtirgin. Allohim, yer yuzini O‘z nuring bilan munavvar qilgin.
Aziz birodarlar, navbatdagi «Hadisi Sharif bilan» nomli ruknimizgacha Alloh Taoloning panohida bo‘ling. Sizlarga Alloh Taoloning salomi, rahmati va barakoti bo‘lsin.
27 Robiul-avval, 1446h yil.
30 Centyabr, 2024m yil.