“Islom davlatlari ittifoqi” G‘azoni qutqara oladimi?!

55
0

“Islom davlatlari ittifoqi” G‘azoni qutqara oladimi?!

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an musulmon davlatlarni (Isroil)ga qarshi ittifoq tuzishga chaqirdi. “(Isroil)ning takabburligi, zo‘ravonligi va davlat terrorizmini to‘xtatishning yagona chorasi musulmon davlatlar ittifoqini tuzishdir”, dedi Erdog‘an.

Ayni paytda zo‘ravon yahudiy vujudi G‘azoda musulmonlarni qirg‘in qilishni davom ettirmoqda. Hozirda G‘azoda shahid bo‘lgan musulmonlar soni 40 mingdan oshdi, yaralanganlar soni esa 100 mingga yaqinlashdi. G‘azoning chor atrofi faqat musulmon davlatlar bilan chegaradosh bo‘lsa-da, u hamon qamalda qolmoqda. G‘azoga insonparvarlik yordamini olib kirish o‘ta mushkul. U yerga o‘ta qiyinchiliklar bilan kirib borayotgan yordamlar yahudiy vudjudining “marhamati”ga bog‘liq, aniqrog‘i, yahudiylarning ruxsatisiz yordam olib kirish, hatto havodan samolyotlar orqali yordam yetkazish ham mumkin emas. Aslida G‘azo va G‘arbiy Sohil qariyb 70 yildan beri qamalda qolmoqda. Bunday dahshatli genotsid, ochlikka mahkum qilish, havodan bambardimon qilishlar Islomiy o‘lkalar rahbarlarining ko‘z o‘ngida sodir bo‘lmoqda. Biroq G‘azodagi ayollarning nolalari, bolalar va go‘daklarning dod-faryodlari, keksalarning ko‘z yoshlari va son-sanoqsiz shahid va yaradorlarning ayanchli ahvoli Islomiy o‘lka rahbarini harakatga keltira olmadi. Ularning ichida eng kuchli “mardlik” ko‘rsatganlari yahudiylarning qirg‘inlarini shunchaki tanqid qilish bilan cheklandi, qolganlari esa, bir og‘iz so‘z aytishga ham yaramadi.

Falastin musulmonlar uchun muqaddas bo‘lib, Islom aqidasiga mustahkam bog‘liqdir. Chunki musulmonlarning birinchi qiblasi va musulmonlar uchun eng muqaddas uchta masjidning biri hisoblangan Al-Aqso masjidi Falastindagi Quddus shahrida joylashgan. Shuning uchun ham musulmonlar asrlar davomida uni e’zozlab kelishgan va har turli bosqinchilardan himoya qilib, asirlikdan ozod etib kelishgan. 1924 yilda Xalifalik davlati qulatilgach, musulmonlar Falastinni butunlay qo‘ldan boy berdilar. U paytlarda Falastin Britaniya mandati ostida edi. O‘shanda imkoniyatdan foydalangan kofir G‘arb avvaldan rejalashtirib yurgan, “yahudiylar uchun davlat qurish” g‘oyasini amalga oshirdi. Shunday qilib, 1948 yilda BMT (Isroil) davlati tashkil topganligini e’lon qildi. O‘sha kundan buyon Falastin musulmonlari turli qirg‘in va hibsga olishlarni boshdan kechirib kelmoqda. Shu kungacha yahudiylar Falastinning 80 foizdan ortig‘ini bosib olishdi.

Mustamlakachi G‘arb musulmonlarga qarshi kurashda, shuningdek, musulmon xalqlar va mamlakatlarning birlashib ketishini oldini olishda (Isroil)dan birinchi front sifatida foydalanadi. (Isroil) saqlanib qolishi uchun uning mintaqaga integratsiyalashuvi va unga begona bo‘lmagan tabiiy davlat sifatida qaralishi kerak bo‘ladi. Buning uchun Amerika boshchiligidagi G‘arb Islomiy o‘lka rahbarlaridan (Isroil) bilan munosabatlarni normallashtirishni talab qilmoqda. Shu paytgacha yahudiylar bilan pinhona muomala qilib kelgan Islomiy o‘lka rahbarlarining endilikda ochiq muomala qilishga hozirlik ko‘rayotganidan ham, bu talabning qanchalik ahamiyatga egaligi ko‘rinib turibdi. O‘tmishda ochiq muomalada bo‘lganlar esa hozirda yahudiy vujudi bilan aloqalarini yana-da mustahkamlamoqda. Islomiy o‘lkalardagi rejimlar (Isroil) bilan munosabatlarni normallashtirmoqda, hatto uni har taraflama himoya qilmoqda. Agar ular bo‘lmaganida, (Isroil)ning vujudga kelishi ham dargumon edi. Shuning uchun G‘arb, xususan Amerika Islomiy o‘lkalarning rahbarlaridan qo‘rqmaydi, chunki ular yuz foiz (Isroil)ni tan olishadi. Kerak bo‘lsa ular (Isroil)ni qo‘llab-quvvatlab, himoya ham qilishadi. Amerika musulmon xalqlardan, xususan, falastinliklardan xavotirda. Chunki musulmonlar uchun Falastin aqidaviy ahamiyatga ega bo‘lganligi uchun, ular (Isroil)ni tan olmaydilar, qolaversa, Falastinni yahudiylarning iflosliklaridan tozalash kerak deb bilishadi. Musulmonlarning bu pozitsiyasi yahudiy vujudining mintaqadagi integratsiyalashuviga to‘sqinlik qilmoqda.

Shu bois Falastin masalasi (Isroil)ning mavjudligiga to‘siq sanaladi. Shuning uchun Amerika Falastin muammosini hal qilish uchun, aniqrog‘i, Falastin muammosini bartaraf etish uchun “ikki davlat” yechimini ilgari surmoqda. Ushbu loyiha BMT tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, xalqaro tusga egadir. Bu loyihaga ko‘ra, Falastin hududining 80 foizidan ortig‘ida (Isroil) davlati, qolgan qismida esa zayif Falastin davlati barpo etiladi. Ayni damda bu Falastin davlati ham boshqa musulmon davlatlari kabi (Isroil)ni himoya qilish burchini ado etadi. Shu tariqa kofir mustamlakachilar Falastinda (Isroil) davlatini barpo etish maqsadiga erishgan bo‘ladi.

Ha, (Isroil) davlati 1948 yilda tashkil etildi, ammo o‘sha kundan boshlangan musulmonlarning qarshiligi tufayli yahudiy vujudu mintaqada tan olingan to‘laqonli davlat maqomiga ega bo‘la olmadi. Boshqacha aytganda, Falastin masalasi hal etilmaguncha (Isroil)ning mavjudligi savol ostida qolaveradi. Shuning uchun Amerika “ikki davlat” yechimini amalga oshirishga harakat qilmoqda. Buning uchun Amerika xalqaro institutlar, tashkilotlar, davlatlar, xususan Islomiy o‘lkalarni ishga solmoqda. Shu bois Islomiy o‘lkalarning rahbarlari, hatto Islom hamkorlik tashkiloti, Jahon Islom davlatlari ligasi kabi Islomiy tashkilotlar ham “Quddusga xalqaro tus berishimiz kerak, ikki davlat yechimiga muvofiq Falastin davlatini qurishimiz va Falastin masalasini Xavfsizlik Kengashiga taqdim etishimiz kerak”, deb jar solishdan charchamayaptilar. Ularning talablari Amerikaning Falastin masalasini yo‘q qilish va (Isroil) kelajagini kafolatlash rejasiga xizmat qilishdan boshqa narsa emas.

“Islomiy” deb atalgan ushbu tashkilot va uyushmalar tashkil topgan kundan boshlab, mintaqada mustamlakachilarga xizmat qiladigan qurolga aylangan. Shu bois, maqola boshida xabarda tilga olingan “Islom davlatlari ittifoqi” tuzilgan taqdirda ham, Amerikaning ko‘rsatmalaridan chetga chiqa olmaydi, aniqrog‘i, u ham Falastin masalasida BMTga murojaat qilish va “ikki davlat” yechimini amalga oshirishni talab qilishi turgan gap.

Bugun kofir G‘arb o‘z loyihasini amalga oshirish uchun musulmonlarga qarshi shafqatsiz kurash olib bormoqda. Chunki musulmonlar G‘arbning loyihalariga qarshi chiqib, xususan Falastin masalasida G‘arbning ko‘rsatmalariga bo‘ysunishdan bosh tortmoqda. Chunki musulmonlar Falastinni, shu jumladan, G‘azoni ham Islomiy o‘lka deb bilib, bu Muqaddas zaminni bosqinchilardan ozod qilish zarur deb hisoblaydilar. Falastin va G‘azodagi musulmonlarning jasorati hamda boshqa musulmonlarning Falastinda sodir bo‘layotgan voqealarga munosabati Islom Ummatining tirik Ummat ekanligiga ochiq dalildir. Ayni paytda Islomiy o‘lkalar yetakchilarining yahudiylar bilan yashirin va oshkora aloqalar o‘rnatayotgani ham ularning naqadar xiyonatkor, sotqin va Ummatga yot ekanliklarini ko‘rsatib turibdi. Shuning uchun ulardan va ularning tashkilotlaridan musulmonlar umid qilayotgan narsani, ya’ni Falastinning to‘liq ozod etilishini kutish mumkin emas. Aksincha, ular faqat Amerika boshchiligidagi G‘arbning loyiha va yechimlarini amalga oshiradilar va boshqalarni ham shunga chaqiradilar. Shunday ekan, Falastin, G‘azo va Al-Aqsoga yordam berishning yagona yo‘li Islomiy o‘lkalar rejimlarini ag‘darib tashlab, bitta bayroq ostida qo‘shinlarni safarbar qilishdir.

Horun Abdulhak

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.