Narxlarning doimiy oshib borishi imperializmning oqibatlaridan biridir
2020 yildan boshlab mamlakatimizda narxlar keskin oshdi. 2023 yilda narxlarning oʼsish surʼati biroz sekinlashgan boʼlsa ham, lekin davomli oʼsishi saqlanib qoldi. Mutaxassislarning taxminiga koʼra, yil oxiriga kelib inflyatsiya 10 foizni tashkil etadi. Yevroosiyo taraqqiyot banki esa, Qirgʼizistonda inflyatsiya darajasi 2024 yilda 7,8 foizni tashkil etishini taxmin qilmoqda.
Qirgʼiziston importga juda bogʼliq davlat boʼlganligi sababli, jahondagi va jahon birjalaridagi tebranishlardan yuzaga kelgan narxlar bevosita mamlakatimizga taʼsir qilishi aniq. Hukumat oziq-ovqat, aniqroq aytganda un mahsulotlari va yoqilgʼi mahsulotlari sohasida Rossiyaga qaram boʼlib, bu mahsulotlarni undan sotib oladi. Bu maʼlum darajada ushbu mahsulotlar narxlarining barqarorligini taʼminlaydi va jahon narxlari taʼsiridan uzoqlashtiradi. Yaʼni, bu mahsulotlarning narxi – dunyoda sodir boʼlayotgani kabi – bir kechada oshib ketmaydi. Bu “barqaror vaziyat” albatta siyosiy qaramlikni talab qiladi. Biroq, mamlakatimizga olib kirilayotgan narsalar faqat shu mahsulotlardan iborat boʼlmagani, shuningdek, mamlakatimiz importga qaram boʼlganligi sababli narxlar doimiy ravishda oshib bormoqda.
Bundan tashqari, tashqi qarzlar va amaldagi qogʼoz pul tizimini narx oʼsishiga taʼsir etuvchi omillarga qoʼshish mumkin. Masalan, 2023 yil oktyabr oyi yakunlariga koʼra, davlat qarzi 6 milliard 590 ming dollarga yetdi. Uning 4 milliard 482 million dollari tashqi qarzdir. Bu tashqi qarzning katta qismi, aniqrogʼi 1 milliard 706 million dollar Xitoy Bankiga tegishlidir.
2020 yil oktyabr oyi oxirida Qirgʼizistonning qarzi 4 milliard 843,81 million dollarni tashkil etdi, yaʼni davlat qarzi uch yil ichida 1,1 milliard dollarga oshdi. 2010 yilgacha davlat qarzini toʼlash uchun yiliga 10 milliard somgacha mablagʼ sarflangan boʼlsa, 2015 yildan boshlab oʼrtacha 15 milliard som sarflandi. Soʼnggi besh yilda sarflangan mablagʼ 30 milliard somdan oshdi. Buning uchun 2023 yilning oʼn oyida 49 milliard som sarflandi. Qarzni qoplash uchun 2024 yilda 67 milliard som, 2025 yilda esa 87 milliard som sarflanishi belgilandi.
Qolaversa, qogʼoz pul tizimi tufayli narxlar koʼtarilmoqda. Chunki, bizda eksportdan koʼra import koʼpligi sababli, chet el valyutasi mamlakatga kirishdan koʼra koʼproq mamlakatdan chiqib ketmoqda. Bu holat mamlakatda doimiy xorijiy valyuta taqchilligini keltirib chiqaradi. Natijada xorijiy valyutaning qiymati oshadi va narxlar avtomatik ravishda koʼtariladi. Chunki, mamlakatga kirib kelayotgan mollar xorijiy valyutada sotib olinadi.
Bularning barchasi narxlarning koʼtarilishiga olib keladi. Bu, albatta, kapitalistik (mustamlakachilik) tuzumining ayanchli natijasidir. Kapitalistik tuzum oʼzgarmas ekan, bu ofat hech qachon tugamaydi va odamlar uning azobidan aslo qutula olmaydi. Shunday ekan, bu yomon ahvoldan chiqib, dinimiz amrini bajarish uchun xalifalikni barpo etish zarur. Chunki Islom tuzumini oʼz ichiga olgan xalifalikgina xalqni bu zulmdan qutqarib, adolatli tuzum barpo etadi!
Horun Аbdulhak,
Hizb ut-Tahrirning Qirgʼizistondagi axborot boʼlimi aʼzosi