بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Islom Ummati Hizb ut-Tahrir bilan birgalikda harakat qilishga shoshilmogʼi darkor
Xalifalikni barpo qilishga qaratilgan faoliyat yakka tartibda yoki tavakkaliga qilinadigan faoliyat emas. Аksincha, siyosiy, ongli, xolis va qodir uyushma safida, yaʼni hokimiyatni olishga va olgan zahoti Islomni tatbiq qilishga hamda davlat boshqaruvini adashmasdan, ikkilanmasdan, uzoqni koʼra bilib, onglilik bilan boshqarishga qodir uyushma doirasida tartibli faoliyat bilan boʼladi. Islom Ummatining voqeligiga chuqur va ongli ravishda nazar tashlagan kishi aynan Hizb ut-Tahrir boshidanoq oʼzining ochiq siyosiy dasturiga ega yagona partiya boʼlganiga guvoh boʼladi. Hizbning oʼz gʼoyasini belgilab olganini, tariqatini bayon qilib, davlatni barpo etish uchun zarur boʼlgan barcha narsalarni batafsil yoritib berganini, Xalifalik davlati dasturi loyihasini tayyorlab, unda boshqaruv nizomi va apparatini, ijtimo nizomi va iqtisod nizomini, davlatning tashqi siyosati va taʼlim siyosatini tafsiloti bilan bayon qilganini koʼradi. Shuningdek, oʼnlab yillar davomida Gʼarbning demokratiya, ilmoniylik, erkinlik, liberalizm va kommunizm kabi tushunchalariga qarshi olib borgan fikriy kurashi orqali oʼzining Islom tushunchalarini qanchalik darajada ongli ravishda teran tushunib yetganini hamda Gʼarbning saqofiy bosqini va fikriy hujumiga qarshi turishga qodirligini Ummatga isbotlab berganini ham anglab yetadi. Darhaqiqat, Hizb, yana bir tomondan, Islomning fikr va tushunchalarini aniq, tiniq va shaffof ravishda taqdim etdi. Ummat tafakkurini unga kirib qolgan barcha gʼarbcha nopok fikrlardan tozalash ustida ishladi. U, shuningdek, islomiy yurtlar hukmdorlarining xiyonatlarini, Ummat masalalariga qarshi qilgan til biriktiruvlarini fosh etish hamda tilyogʼlamalik va yaltoqlik qilmasdan ularning bu ishlariga qarshi turish orqali oʼz ahlini hargiz aldamaydigan yetakchi ekanini koʼrsatdi. U Falastin, Shom, Iroq, Pokiston, Kavkaz, Yaman, Fors koʼrfazi va butun musulmon yurtlaridagi mustamlakachilik rejalarini fosh etib, oʼzining siyosiy kurashga qodirligini namoyon etdi. Haqiqatda, Hizb bularni shunday ravishda namoyon etdiki, bundan uning qanchalik darajada siyosiy ongga ega ekanligini, siyosiy kurashga layoqatli ekanini koʼrish mumkin. Zero, u yuksak siyosiy zakovat bilan mustamlakachilik rejalarini ochib tashladi. Bularning barchasini hech qanday davlatga ega boʼlmagan holda, balki bir uyushma sifatida amalga oshirdi. Аgar qudrat va imkoniyatlarga ega davlatni qoʼlga kiritsa, qanday boʼlarkin?!! Hizb oʼzi tashkil topgan lahzadayoq qiyodat-rahbariyati va amiri bilan Xalifalik davlatini barpo etishda Ummatga boshchilik qilishga hamda hokimiyatni qoʼlga kiritishi bilanoq ushbu davlatni yer yuzida gʼolib qilishga tayyor holatga keldi. Bu esa, oʼz navbatida, Ummatga Hizb ut-Tahrir bilan birgalikda tezroq harakat qilish vazifasini yuklaydi. Zero, Hizb mansab yoki obroʼ-eʼtibor koʼzlamasdan, balki Аlloh Taoloni rozi qilish uchun Islomni hokimiyat tepasiga olib chiqmoqchi. Ummat farzandlari ong va fahm-farosat bilan Xalifalik loyihasi atrofida birlashmogʼi darkor. Uning armiyasidagi askarlar, zobitlar va generallardan iborat nusrat ahli zimmasiga esa, xuddi Rosululloh ﷺning zamonalarida ansorlar qilganlari kabi Hizb ut-Tahrirga nusrat-yordam berish vazifasi tushgan. Oʼshanda ansorlarning nusrat-yordam berishi bilan Madinada Islom davlati barpo boʼlib, ansorlardan yeru osmon ahli rozi boʼlgan edi. Hatto Rosululloh ﷺ ular toʼgʼrisida bunday duo qilganlar:
«اَللَّهُمَّ ارْحَمْ الْأَنْصَارَ، وَأَبْنَاءَ الْأَنْصَارِ، وَأَبْنَاءَ أَبْنَاءِ الْأَنْصَارِ»
«Аllohim, ansorlarga, ansorlarning farzandlariga, ansorlar farzandlarining farzandlariga rahm ayla».
Roya gazetasining 2023 yil 5 iyul chorshanba kungi 450-sonidan