Qirg‘iziston Xitoy bilan hamkorlikda serial suratga olmoqchi

151
0

Qirg‘iziston Xitoy bilan hamkorlikda serial suratga olmoqchi

 Xabar: 9-iyun kuni Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vaziri Altinbek Maksutov Qirg‘iziston Xitoy bilan birgalikda serial suratga olish va tajriba orttirishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. U Jogorku Keneshning “Ata-Jurt Qirg‘iziston” fraksiyasi yig‘ilishida yaqinda Xitoyning Sian shahrida bo‘lib o‘tgan forumda imzolangan mumorandum haqida ma’lumot berdi.

 “Biz 63 million dollarga ikkita teleserial suratga olish bo‘yicha keng ko‘lamli memorandumlar imzoladik. Biri 25 million dollarga, ikkinchisi 38 millionga. Qirg‘iziston va Xitoy o‘rtasida tarixda birinchi marta serial suratga olinadi. Birinchisi, 25 qismdan iborat “Bishkekdagi sevgi” nomli film. Ikkinchisi esa “Ipak yo‘lining olis shamoli” nomli tarixiy film Ipak yo‘lidagi mamlakatlar haqida. Bu ham Qirg‘izistonda suratga olinadi. O‘ylaymizki, kino sohasida katta tajriba to‘playmiz”, – dedi Altinbek Maksutov.

 Izoh: 2018-yil avgust oyida bir guruh xitoylik olimlar Qirg‘iziston tarixini o‘rganish uchun mamlakatga kelishgan edi. 29-avgust kuni Xitoydan kelgan tarixshunos olimlar bilan shaxsan prezident Sooronbay Jeenbekov uchrashib, “Muras” fondiga Xitoy olimlari uchun barcha sharoitlar yaratib berish haqida topshiriq bergan edi.

 2020-yil bahorida esa Xitoy kommunistik partiyasi nazorati ostidagi bir qator ommaviy axborot vositalarida Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan, Qirg‘iziston va Qozog‘istonni Xitoyga “qaytishga” intilayotgani haqidagi bir qator maqolalar chop etildi. O‘sha yilning aprel oyida Xitoyning Sohu.com xususiy onlayn nashrida “Nima uchun Qozog‘iston Xitoyga intilmoqda” sarlavhali maqola chop etilgan va unda maqola muallifi Qozog‘istonning o‘z hududiga nisbatan suverenitetini shubha ostiga olib, bu yerlar tarixda Xitoyga qarashli bo‘lgani va “Qozog‘iston Sin sulolasining vassali bo‘lganini” ta’kidlagan.

 Maqolada ta’kidlanishicha, “Qozog‘istonning kichikroq shaharlarida yashovchilar o‘zlarini Li Bo (sakkizinchi asrda yashagan xitoylik shoir) avlodlari deb biladi, ulardan ayrimlari esa o‘zini xan deb ataydi”.

 Shuningdek, aprel oyida Toutiao.com saytida “Nima uchun Qirg‘iziston mustaqillikka erishganidan keyin o‘z vataniga qaytmadi?” sarlavhali maqola ham chop etilgan. Sayt “Markaziy Osiyoning eng kichik respublikasi” deb ta’riflangan Qirg‘iziston ming yilliklar davomida Xitoy hududining bir qismi bo‘lgani, 1846 yilda Chor Rossiyasi Xitoydan 510 ming kv. km hududni, jumladan hozirgi Qirg‘iziston yerlarini tortib olgani haqida yozgan. Maqolada bu da’voni qo‘llab-quvvatlash uchun Xitoyning o‘sha davrlarga mansub xaritasi chop etilgan. “Vatanidan ajralib chiqqan mintaqalar va mamlakatlar vaqt o‘tib ularga qaytsa-da”, 1991 yilda mustaqillikka erishgan Qirg‘iziston asosan Rossiyaning davomli ta’siri tufayli bunday qilmadi, deb yozgan edi muallif.

 Shunisi e’tiborliki, Sohu.com Xitoy kommunistik partiyasi tomonidan boshqariladi va ulkan moliyaviy imkoniyatlarga ega. Toutiao.com esa Xitoyda o‘zining siyosiy va tarixiy mavzudagi maqolalari bilan tanilgan bo‘lib, Xitoydagi eng ommabop 10 ta onlayn-resursdan biri hisoblanadi va kommunistik partiyaning qo‘llab-quvvatloviga ega.

 O‘sha yillari qirg‘iz hukumati xitoylik olim va investorlar uchun mamlakat eshiklarini keng ochib berib, ularni emin-erkin faoliyat olib borishlariga keng sharoitlar yaratib berib kelayotgan edi. Ammo, mahalliy xalqda xitoy xanlariga qarshi norozilik kayfiyati kuchayib ketgani sababli rasmiy hukumati Xitoy bilan erishgan avvalgi shartnoma va bitimlarni vaqtincha to‘xtatib turishga majbur bo‘lgan edi. Bundan tashqari, navbatdagi davlat to‘ntarishi ham o‘rtaga qo‘shimcha to‘siq bo‘ldi. Mana endi oradan vaqt o‘tib, odamlardagi norozilik kayfiyati pasaygach, birato‘la hamkorlikda teleserial suratga olish ishlari boshlanmoqda. Tabiiyki, seral uchun sarflanadigan mablag‘ to‘lig‘icha Xitoy tomonidan qoplanadi, katta ehtimol bilan ssenariy ham xitoy ssenaristlari tomonidan yoziladi. Ma’lumki, tarix, adabiyot, shu jumladan, kino saqofat jumlasidan bo‘lib, bugungi kunda teleseriallar mustamlakachi kofirlar musulmonlar zehniga o‘z saqofati va dunyoqarashni singdirishda eng ko‘p qo‘llayotgan vositalardan biriga aylandi. Musulmon jamiyatida oilaviy qadriyatlar, sadoqat, er qadri va ayolning o‘rni yo‘qolib borishida teleseriallar asosiy rol bojarmoqda (bunga xiyonat va faxshni targ‘ib qilayotgan turk serallari yorqin misol). Agar bu teleseriallar tarixiy janrda bo‘ladigan bo‘lsa, tarixni buzib ko‘rsatishda muhim rol o‘ynaydi. Turk kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Muhtasham yuz yil” tarixiy serialida Usmoniy xalifa Sulaymon Qonuniy boshqaruv davri qanday buzib ko‘rsatilgani va bugun ko‘pchilik Usmonlilar davri deganda aynan shu seralni ko‘z oldiga keltirish sir emas. Xitoy moliyasi evaziga suratga olinadigan “Ipak yo‘lining olis shamoli” tarixiy filmida tarix qanday aks ettirilishi yuqorida xitoylik tarixchilar va tarixiy saytlar Markaziy Osiyo davlatlarini Xitoy tarkibida bo‘lgan deb da’vo qilishlaridan kelib chiqqan holda biz yashab turgan zaminlar tarixi qanday talqin qilinishini esa tasavvur qilsa bo‘laveradi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.