Hindiston odamlarga Hizb ut-Tahrir haqida haqiqatni taqdim etishdan yana bir bor ojizlik qildi

343
0

Hindiston odamlarga Hizb ut-Tahrir haqida haqiqatni taqdim etishdan yana bir bor ojizlik qildi

2023 yil 10 may kuni ayrim axborot platformalari, jumladan, «Text & Television» kabilar Bxopal va Haydarobod shaharlarida 16 nafar musulmonning hibsga olingani haqida xabar berdi. Ushbu axborot platformalarida qilingan sharmandali-asossiz da’volarda Hizb ut-Tahrir Hindistonga qarshi jihod qilishni rejalashtirayotgan «terrorchi» tashkilot sifatida tasvirlangan. Ayblovlar turli razvedka idoralarining (mahalliy va federal) bo‘lgan «noma’lum» manbalariga, shu jumladan ba’zi xorijiy agentliklarga asoslanadi. Hibsga olinganlarda Hizb ut-Tahrir kitoblaridan iborat bir qancha materiallarning bo‘lganligi ushbu da’volarga «asos» bo‘lmoqda. O‘shandan beri internetda bu ayblovlarning turli versiyalari tarqala boshladi, jumladan, hibsga olingan 16 nafar musulmonning ba’zilari Tamil Nadu shtatidagi Hizb ut-Tahrir a’zolariga qarshi davom etayotgan sud ishi bilan bog‘landi.

Dunyoning eng yirik demokratik davlati deyilayotgan Hindiston hech qachon haqiqat bilan muomala qila olmasligini yana bir bor isbotladi. Davom etayotgan sud ishida Modi hukumati kaltak yeganidan so‘ng, endi tupikdan chiqib ketish uchun jamiyatning turli qatlamlariga, jumladan, sud tizimiga signal yubormoqda. Shu orqali Hizb ut-Tahrirning obro‘sini bulg‘ab, odamlarni uning da’vatidan chalg‘itmoqchi bo‘lyapti. Shunday qilib, xorijiy hukumatlar buyruqlarini bajarishga hoziru nozir turibdi. Bu voqea butun dunyodagi odamlarning demokratiyaga bo‘lgan ishonchlari mutlaqo so‘nib bo‘lgan bir paytda, Hindistonda sodir bo‘lmoqda. Zero, odamlarning boshqaruv, siyosat, iqtisod va ijtimo kabi hayotning barcha sohalarida qayta-qayta aldanib qolishlarining eng aniq sabablaridan biri demokratiyadir. Yaqinda Modining demokratiyaga bag‘ishlangan global forumda Hindiston demokratiyaning onasi, deyish bilan butun dunyoni hayron qoldirishi kutilmagan hol emas. Bu so‘zlari bilan u hind xalqi, ziyolilari va yurt muassasalarini noqulay ahvolga solib qo‘ydi. Ammo mamlakatdagi bir siqim kimsalar xijolat bo‘lishgani yo‘q. Chunki ular Modining haqiqatga mutlaqo zid gaplariga quloq solishga va uni o‘zlariga hazm qilishga o‘rganib qolishgan.

Mashhur tarixchi olim Beruniy 1016 yilda Hindistonga qilgan safari mobaynida u yerda ko‘rgan ishlar haqida o‘z fikrlarini bitib ketgan. U Hindistondagi hind olimlari deb atalgan mushriklarning odamlarga din va tarix haqida bilganlarini taqdim qilishayotgan paytda mubolag‘a va yolg‘onni yoqtirishlarini va o‘z davrining hukmdorlari tomonidan bu narsa ko‘pincha ma’qullanganini aytgan! Yaqin o‘tmishga qaraydigan bo‘lsak, «Kashmir fayli» va «Kerala hikoyasi» kabi g‘irt yolg‘on-fantastikadan iborat kinofilmlarning Bxaratiya Janata partiyasi rahbariyati tomonidan haqiqat sifatida taqdim etilganiga guvoh bo‘lamiz. Aftidan, Hindistondagi vaziyat o‘zgarmagan ko‘rinadi. Chunki demokratiya masxarabozligi bilan yanada chalkashtirish uchun haqiqatga yolg‘on to‘nini kiydirish Islom dushmanlarining o‘ziga xos xususiyatlariga mos keladi.

Hukumatlar va ularning qo‘g‘irchoq razvedka idoralari Hindiston xalqiga qarshi har qancha yolg‘on ishlatishmasin, Hizb ut-Tahrir haqiqatni takrorlashdan charchamaydi. Hizb musulmon yurtlari uchun boshqaruv tuzumi sifatida Xalifalikni taqdim etadi. Xalifalik tuzumini qayta barpo etishdagi Hizbning tariqati qurol va zo‘ravonlik kabi har qanday majburlash uslublarini istisno qilgan holda, faqat fikriy va siyosiy da’vatga cheklangan. Hizb musulmonlarga o‘rganib chiqishlari uchun ushbu da’vatni taqdim etib, o‘ziga qarshi chiqqanlar tomonidan qilingan har qancha tuhmatlarga qaramay, bu ishda davom etadi.

Darhaqiqat, mazkur sharmandali ayblovlar nufuzli kishilar uchun haqiqatni ko‘rish imkonini berdi. Chunki haqiqat misli ko‘rilmagan jozibaga ega. Ushbu voqealar johiliyat tarafdorlarining haqiqatga qarshi turishda ojiz ekanliklarini ochib bermoqda. Zero, Alloh Subhanahu va Taolo xolis da’vat ahliga nusrat berib, haqiqatga qarshi chiqayotganlarni O‘zining izni ila xor qiladi.

Biz Hizb ut-Tahrir a’zolari Islom Ummatining vakillari sifatida, musulmon va g‘ayrimusulmon doxil butun insoniyatni Islomni alternativ hazorat sifatida qabul qilishga hamda insoniyatni – shu jumladan Hindiston xalqini – baxtsiz va qashshoq qilib, bo‘lib-parchalab tashlagan ilmoniy kapitalizm va demokratiyadan voz kechishga chaqiramiz. Shuningdek, o‘z xalqiga sadoqatli bo‘lgan har bir samimiy insonni kapitalistlarning izdosh va xizmatkorlari bo‘lmish ekstremistlarga yollangan media karnaylarining da’volarini odamlarga yoritib berishga chaqiramiz. Zero, Islom va musulmonlarning obro‘sini to‘kishdan yagona manfaatdor tomon mana shu kapitalistlar bo‘lib, ularning maqsadlari ozodlik va demokratiya nomidan odamlarni qul qilishda davom etishdir. Biroq biz musulmonlar esa, bandalarni bandalarga qullik qilishdan olamlar Parvardigori Allohga qullik qilishga, dunyo torligidan dunyo-yu oxirat kengligiga, dinlar zulmidan Islom adolatiga olib chiqish uchun Alloh Taolo tomonidan yuborilgan xalqmiz.

إِنَّهُ مَنْ يَأْتِ رَبَّهُ مُجْرِماً فَإِنَّ لَهُ جَهَنَّمَ لَا يَمُوتُ فِيهَا وَلَا يَحْيَا

«Hech shubha yo‘qki, kimda-kim Parvardigorining (huzuriga) jinoyatchi-kofir bo‘lgan holda kelsa, u holda albatta uning uchun jahannam bor bo‘lib, u (kofir) u joyda na o‘la olur va na yashay olur» [Toha 74]

Muhandis Salohiddin Azoza

Hizb ut-Tahrirning

markaziy matbuot bo‘limi raisi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.