Hizb ut-Tahrirning Gʼazni viloyatidagi aʼzolaridan biri shahid etildi

34
0

Matbuot bayonoti
Hizb ut-Tahrirning Gʼazni viloyatidagi aʼzolaridan biri shahid etildi

﴿مِنَ الْمُؤْمِنِينَ رِجَالٌ صَدَقُوا مَا عَاهَدُوا اللَّهَ عَلَيْهِ ۖ فَمِنْهُمْ مَنْ قَضَىٰ نَحْبَهُ وَمِنْهُمْ مَنْ يَنتَظِرُ ۖ وَمَا بَدَّلُوا تَبْدِيلًا﴾
«Moʼminlar orasida oʼzlari Аllohga bergan (Uning yoʼlida jihod qilib, shahid boʼlish haqidagi) ahdu paymonlariga sodiq kishilar bor. Bas, ulardan (ayrim) kishilar oʼz ahdiga vafo qildi, (yaʼni shahid boʼldi), ulardan (ayrim) kishilar esa (shahid boʼlishga) intizordir. Ular (munofiqlarga oʼxshab Аllohga bergan ahdu paymonlarini) oʼzgartirganlari yoʼq»
Hizb ut-Tahrir – Аfgʼoniston viloyatining gʼaznilik taniqli aʼzolaridan biri Аbdulaziz Muhammadiy seshanba kuni kechqurun nomaʼlum qurolli kimsalar tomonidan shahid qilindi. Аbdulaziz rohimahulloh qattiq qiynoqlarga tutilib, oyoq-qoʼllari va koʼzlari bogʼlangan holda, ikki koʼziga vahshiylarcha oʼq uzilgan. U kishi oʼsha kuni kechqurun uyiga daʼvat faoliyatidan qaytayotgan edi.
Hizb ut-Tahrir – Аfgʼoniston viloyati bunday vahshiylikni terroristik amaliyot deb hisoblab, musulmonlar jonini himoya qilish Islomiy davlatning asosiy vazifalaridan biri ekanini taʼkidlaydi. Shu sababdan Islomiy davlat musulmonlarning joni, moli, nomusi va muqaddas narsalarini himoya qilishi vojib boʼlib, u oʼzini dunyo va oxiratdagi hisob-kitobdan saqlamogʼi darkor. Har qanday holatda ham, Hizb ut-Tahrir aʼzolari Аlloh Subhanahu va Taologa oʼz Parvardigorlari yoʼlida jonlari, mollari va yaqinlarini fido qilishga ahd berganlar.
Hizb ut-Tahrir Paygʼambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etishdan iborat oʼzining maqsadini fikriy va siyosiy kurash orqali amalga oshirish lozimligiga qatʼiy imon keltirgan boʼlib, buni oʼzining yetmish yillik faoliyati davomida isbotlab bergan. Zero, turli xil taʼqib, hibs, qamoqqa olish, qiynoqqa solish, tahdid va terrorizm ayblovini yopishtirish kabi ishlarning birortasi uni oʼz maqsadiga yetish yoʼlida faoliyatini davom ettirishdan qaytara olmadi.
Аbdulaziz rohimahulloh Paygʼambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish orqali islomiy hayotni qayta boshlashga butun hayotini bagʼishlagan faol rostgoʼy daʼvat egalaridan edi.
Hizb ut-Tahrirning Аfgʼoniston viloyatidagi matbuot boʼlimi Аfgʼonistondagi va butun dunyodagi Hizb aʼzolari va musulmonlarga bunday dahshatli hodisa oldida oʼz alamli taʼziyasini izhor etadi. Аlloh Taolodan Аbdulaziz Muhammadiyning shahidligini qabul aylashini, ahl-oilasi va yaqinlariga sabri jamil ato etishini, uning qotillarini esa, dunyo va oxiratda xor-rasvo qilishini soʼrab qoladi.

Hizb ut-Tahrirning Аfgʼoniston
viloyatidagi matbuot boʼlimi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.