«Shomlik qardoshlarimizga nisbatan bo‘layotgan adolatsiz irqchilikka qarshi biz bilan birga bo‘ling»

134
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

«Shomlik qardoshlarimizga nisbatan bo‘layotgan adolatsiz irqchilikka qarshi biz bilan birga bo‘ling»

Hizb ut-Tahrir – Livan viloyati ayni nom ostida norozilik piketi o‘tkazdi

Ma’lumki, Livandagi suriyalik qochqinlarga qarshi irqchilik hujumlari kuchayib bormoqda… Livan shimoli hokimi ularga nisbatan bir qancha adolatsiz qarorlarni qabul qildi… Livan xavfsizlik xizmati o‘z vakolatiga zid ravishda qochqinlar lagerlarida reydlar o‘tkazib, yuzlab suriyalik qochqinlarni qamog‘ga oldi va o‘nlabini Bashar rejimiga ekstraditsiya qildi… Mana shunday bir vaziyat qarshisida, Hizb ut-Tahrir – Livan viloyati suriyalik qochqin qardoshlarimizga nusrat-yordam berish hamda hokim tomonidan chiqarilgan adolatsiz qarorlarga va qochqinlarni Asad rejimiga topshirilishiga qarshi chiqish uchun mamlakat shimolidagi Tripoli aholisini norozilik piketiga chaqirdi.

Piket 2023 yil 28 aprel kuni juma namozidan so‘ng bo‘lib o‘tib, chaqiriqqa yuzlab insonlar javob qildi. Piket boshlanishida Hizb ut-Tahrir a’zosi, Asad rejimi qamog‘idan ozod bo‘lib chiqqan Ahmad Abdulloh nutq so‘zladi. U o‘z nutqida «qochqinlar bizning qardoshlarimizdir, oramizda xavfsiz yashashga to‘liq haqlari bor, biz ularning erkinligini cheklovchi qattiqqo‘l qarorlar chiqarilishiga qarshimiz va ularning tahqirlanishiga aslo yo‘l qo‘ymaymiz», dedi. So‘ng Hizb ut-Tahrir – Livan viloyati matbuot bo‘lim raisi doktor shayx Muhammad Ibrohim nutq so‘zlab, rasmiy rahbarlarni Amerika buyruqlariga itoat qilib, Bashar Asad bilan munosabatlarni normallashtirish uchun yelib yugurayotgan rejimlarga ergashishdan, shuningdek, Shom ahliga bosim o‘tkazishda davom etishdan ogohlantirdi. Shayx Muhammad ommaviy axborot vositalariga qochqinlar to‘g‘risida obro‘sizlantiruvchi noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatish hamda go‘yoki Livandagi krizisga qochqinlarni sabab qilib ko‘rsatishdan iborat shubhali kampaniyalarini to‘xtatishni eslatib o‘tdi. Chunki aslida yurtdagi krizisga milliardlab summadagi omma boyliklarini talon-taroj qilayotgan korrupsiyachi rejim sababchiligi hammaga ochiq ma’lum.

Shayx Muhammad G‘arb va uning malaylarining kuni bitib qolganini, Islom nuri esa qayta nur socha boshlaganini, bu kunlarning aylanib turishini va albatta Alloh Taolo haqni haq, botilni botilga chiqarishini ta’kidlash bilan o‘z nutqini tugatdi.

Piketda Tripoli aholisidan bo‘lgan Hizb tarafdorlari hamda bir guruh ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq saytlari mas’ullari qatnashdi.

Roya gazetasining 2023 yil 10 may chorshanba kungi 442-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.