541
0

загруженное (13)Matbuot bayonoti

Hizb ut-Tahrir-Falastin delegatsiyasi rus konsulxonasiga Rossiyaning musulmonlarga qarshi qilayotgan jinoyatlari qoralangan maktubni topshirdi

Axborot idorasi a’zosi doktor Mis’ab Abu Arqub boshchiligidagi Hizb ut-Tahrir-Falastin delegatsiyasi prezident Putin va rus hukumatiga yo’llangan xatni topshirdi. Unda Rossiyaning musulmonlarga qarshi, xususan Rossiyadagi va uning atroflaridagi, ayniqsa Tatariston va O’rta Osiyoning barcha mamlakatlaridan tortib Shomdagi musulmonlarga qarshi, xususan Hizb ut-Tahrir yigitlariga qarshi qilayotgan jinoyatlari qattiq qoralangan.

Delegatsiya biri arab tilida, ikkinchisi esa rus tilida yozilgan xatni dushanba kuni peshindan oldin Ramalloh shahridagi rus konsulxonasining siyosiy bo’limi mas’uliga topshirdi. Delegatsiya a’zolari maktubga qo’shib Hizb ut-Tahrir-Rossiya tomonidan chiqarilgan nashrani ham topshirdilar. Nashrada Rossiyaning Tatariston va boshqa musulmon yurtlardagi musulmonlarga qarshi qilayotgan jinoyatlari ko’rsatib berilgan.

Hizb o’zining Putin va rus hukumatiga yo’llagan maktubida «rus hukumatining musulmonlarga qarshi jinoyatlari kundan kunga kuchayib, ortib bormoqda» deb ta’kidlab quyidagilarni qo’shimcha qildi: «Sizlarning Chechenistonda qilgan jinoyatlaringiz, serblar Serebrinitsada va Kosovoda xijolatdan peshonalar terlab ketadigan qirg’inlarini amalga oshirishlari uchun sizlarning serblarni himoya bilan ta’minlaganingiz, O’zbekistondagi musulmonlarga qarshi vahshiylik bilan muomala qilayotgan tog’ut Karimovni qo’llab-quvvatlaganingiz, tog’ut Basharni Shomda amalga oshirayotgan qirg’in qilish urushida cheksiz qo’llab-quvvatlayotganingiz, bundan oldin Afg’onistonda qilgan jinoyatlaringiz, Tataristondagi va Rossiyaning boshqa regionlaridagi musulmonlarga qarshi qilgan oxirgi jinoyatlaringiz sizlarning jinoyatlaringizni baralla fosh qilib, kek-adovatli prezident va hukumatning barcha qiymatlardan mahrum ekanini ko’rsatib turibdi».

Hizb bunday deb ogohlantirdi: «Rus hukumati shuni yaxshi bilsinki, biz bu murojaatimiz bilan bu hukumatni o’zi qilgan jinoyatlarning oqibatidan ogohlantirgan bo’lamiz. Chunki Muhammad A Ummati ikki milliardga yaqinlashib qoldi. Islom kuchayib bormoqda, sizlarning musulmonlar yurtlaridagi yugurdaklaringiz tog’ut hokimlar esa qulash arafasida. Yer yuzining barcha joylaridagi musulmonlar Xalifalikni tiklash sari ildam harakat qilayotganlarini, Xalifalik barcha musulmonlarni bir kishining qalbidek birlashtirishini sizlar yaxshi bilasiz».

Hizb o’z maktubida bunday deb ta’kidladi: «Sizlar Xalifalik sizlarga ko’p sonli armiyalar bilan kelishini yaxshi bilasiz. Bu armiyalar sizlarning nufuzingizni va gerdayishingizni yo’q qilib tashlaydi. Putin va uning tashqi ishlar vaziri olamni Xalifalikdan va uning maydonga qaytayotganidan ogohlantirishgan edi. Biz esa sizlarga bunday deymiz: Rossiya va olamdagi davlatlar barchasi bir bo’lib ham musulmonlarning birlashishiga va Xalifalikning tiklanishiga aslo g’ov bo’lolmaydi. Shuning uchun biz bir oz bo’lsa-da aql va donolik qolgan kimsalarga bunday deymiz: es-hushingizni yig’ishtirib oling, Putin va uning yugurdaklarini tiyib qo’ying, ular musulmonlardan qo’llarini tortishsin. Aks holda biz Kuchli, Aziz Alloh izni bilan sizlardan albatta qattiq intiqom olamiz va albatta Putinni va unga yordam berganlarni barcha tog’ut va zolimlarga ibrat qilib qo’yamiz».

Bizning axborot saytimizda nashr qilingan Hizb maktubida rus xalqiga bunday deb murojaat qilingan: «Rus hukumati sizlarni Rossiyadagi va uning atroflaridagi ta’qib qilinayotgan birodarlaridan aslo voz kechmaydigan ikki milliard musulmonlar bilan qarama-qarshi bo’lishga majbur qilmoqda. Holbuki musulmonlar sizlarga yaxshilikni olib keladilar, sizlarni rostgo’ylik, ezgulikka, sizlarni yaratib, sizlarga rizq berayotgan Allohga ibodat qilishga da’vat qilmoqdalar, sizlarni go’zal axloqqa da’vat qilmoqdalar. Demak biz sizlarga yaxshilikni olib kelamiz va sizlarni yaxshilikka da’vat qilamiz. Lekin zolim hukumatingiz musulmonlarning hurmatlarini poymol qilmoqda, musulmonlarga qarshi adovat urug’ini sizga ekish uchun aldab, adashtirmoqda. Shu maqsadda rus maxsus xizmati sizlarga qarshi jirkanch terrorchilik amaliyotlarini amalga oshirib, farzandlaringiz va ayollaringiz nishonga olingan portlashlarni uyushtirdi, so’ngra bu portlatishlarni musulmonlarga to’nkab yopishtirdi, o’zining musulmonlarga qarshi qilayotgan jinoyatkorona ishlarini oqlash uchun bu portlatishlarni musulmonlarga to’nkadi. Rus hukumatidagi jinoyatchilar o’zlariga qarshi chiqadigan har qanday kishiga hamon zo’ravonlik qilishmoqda. Bu esa zimmangizga o’zingizni va farzandlaringiz kelajagini Rossiyadagi mana shu hokim to’dadan himoya qilish uchun kurash olib borishingiz vazifasini yuklaydi».

Telefon: 0598819100

Elektron pochta: info@pal-tahrir.info

Falastindagi matbuot bo’limi sayti: www.pal-tahrir.info

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.