Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati delegatsiyasi Sudandagi nufuzli kishilar va hay’atlarni ziyorat qilmoqda

190
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati delegatsiyasi Sudandagi nufuzli kishilar va hay’atlarni ziyorat qilmoqda

Giyohvand moddalarga qarshi kurash uchun Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati boshlagan kampaniya doirasida, Hizbning Sudandagi rasmiy notig‘i ustoz Ibrohim Usmon (Abu Xalil) raisligidagi delegatsiya Ummu Do‘rmon xususiy klinikasidagi giyohvandlikni davolash va psixiatriya bo‘yicha bosh maslahatchi professor Aliy Baldu bilan uchrashdi. Delegatsiyaga Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati majlisi a’zosi ustoz Ahmad Bakr, Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati markaziy aloqalar qo‘mitasi koordinatori ustoz Abdulloh Husayn va Hizb ut-Tahrir a’zosi doktor Muhammad Abdurahmon hamrohlik qildi.

Ustoz Abu Xalil davlatning giyohvand moddalarga qarshi kurashga jiddiy e’tibor bermayotganligi, aksincha, Falastinda musulmonlarning muqaddas dargohlarini oyoq-osti qilib, ayollar, bolalar va qariyalarni o‘ldirayotgan yahudiy vujudi tashqi ishlari vazirini kutib olayotganligi, Sudanni giyohvand moddalar botqog‘iga g‘arq qilayotganligi haqida so‘zladi.

Keyin uning so‘zlarini qo‘llab-quvvatlagan holda professor Baldu gapirdi. U o‘z so‘zida haqiqatda davlatning giyohvand moddalarga qarshi kurashga jiddiy e’tibor bermayotganligini tasdiqlab, bu xususda misollar keltirdi. Yurtdagi giyohvandlikdan davolash markazlariga murojaat qiluvchilar kuniga 1350 nafardan oshadi, biroq, real raqam bundan ko‘p. Chunki ushbu illatdan qutulish uchun markazlarimizga murojaat qilishni istamayotgan giyohvandlar ham ko‘p, dedi professor.

Ustoz Abu Xalil raisligidagi yana bir delegatsiya Xartumdagi Islom Fiqhi Akademiyasini ziyorat qilib, Akademiya raisi doktor Abdurahim Odam Muhammad va Akademiyaning mafkuraviy ishlar bo‘yicha bosh kotib muhandis Zubayr Muhammadali bilan uchrashdi. Delegatsiyaga Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati markaziy aloqalar qo‘mitasi koordinatori ustoz Abdulloh Husayn va Hizb ut-Tahrir a’zosi ustoz Xolid Nur hamrohlik qildi.

Ustoz Abu Xalil o‘z so‘zida giyohvand moddalarning zamonaviy urushlarning vositalaridan hamda 2013 yilda boshlangan beshinchi avlod urushi qurollaridan biri ekanini bayon qilib, «Sudan giyohvand moddalarga g‘arq qilindi… bundan haqiqiy o‘zgarishga ishonadigan yoshlarimiz miyalarini ishdan chiqarish ko‘zlangan», dedi.

So‘ng doktor Abdurahim «jamiyatning rolini eng yaxshi biladiganlar sizlarsiz, shu bois ushbu tashrifingiz uchun ham, bu xususda olib borayotgan sa’y-harakatlaringiz uchun ham minnatdormiz», dedi hamda Islom Fiqhi Akademiyasining ham bu xususda o‘z dasturlari borligini ochiqladi. So‘ng so‘zlash imkoniyati bosh kotib muhandis Zubayr Muhammadaliga berilib, u o‘zlarining ayni dastur bo‘yicha olib borayotgan faoliyatlarini batafsil bayon qildi.

Ustoz Abu Xalil raisligidagi yana bir delegatsiya Sudan Ulamolari hay’atining Xartumdagi idorasini ziyorat qilib, hay’at bosh kotibi doktor Sa’d Ahmad Sa’d bilan uchrashdi. Ushbu delegatsiyaga Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati markaziy aloqalar qo‘mitasi a’zosi ustoz Abdulqodir Abdurahmon hamda Hizbning ikki a’zosi ustoz Abdulloh Abdurahmon bilan ustoz Xolid Nur hamrohlik qildi.

Abu Xalil o‘z so‘zida giyohvand moddalar masalasi faqat giyohvandlar, ayni moddalar bilan savdo qiluvchilar va narkodilerlar masalasi emasligini, balki bu ancha katta masala ekanligini ta’kidladi.

O‘z navbatida, doktor Sa’d Ahmad Sa’d delegatsiyaga xush kelibsiz, deya Hizb ut-Tahrirning sa’y-harakatlarini yuksak baholadi va jumladan «biz ushbu uchrashuvdan g‘oyat mamnunmiz, da’vatda ibrat olish kerak bo‘lgan jamoa Hizb ut-Tahrirdir», dedi. Keyin Sudan Ulamolari hay’atining qanday qilib giyohvand moddalarni yo‘q qilish bo‘yicha dastur tayyorlayotgani haqida gapirib, so‘zini yurt va fuqaro uchun muhim bo‘lgan har qanday masalada o‘zaro aloqa o‘rnatish zarurligini ta’kidlash bilan tamomladi.

Roya gazetasining 2023 yil 15 fevral chorshanba kungi 430-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.