Vazirlar mahkamasi yana qarz olmoqda

199
0

Vazirlar mahkamasi yana qarz olmoqda

 Xabar: Vazirlar mahkamasi energetika tarmog‘ini qo‘llash uchun Osiyo taraqqiyot bankidan 50 mln dollar olmoqda. Mablag‘ ko‘mir, gaz hamda Qozog‘iston bilan Turkmanistondan elektr energiyasini import qilishga sarflanadi.

 “50 mln dollarning 25 mln dollari – kredit, qolgani – grant. Kredit vazirlar mahkamasining inqirozga qarshi rejani qo‘llashga mo‘ljallangan. Kredit bankning talabiga va sharoitiga ko‘ra 24 yilga olinadi: uning 8 yili bir foiz bilan, qolgan 16 yili – yillik 1,5 foiz bilan to‘lanadi”, – dedi moliya vazirining o‘rinbosari Ruslan Tatikov.

 Avvalroq, oktabr oyida Energetika vaziri Taalaybek Ibrayev ko‘mirning zaxirasi yangi yilgacha yetishini va hech kim xavotir olmasa bo‘ladi, deb ishontirgan va bu yilgi isitish mavsumiga 9 mlrd som ajratilganini ma’lum qilgan edi.

 Shuningdek, Ibrayev Kara-Kechedan ko‘mir olishning xarajati qozoqning ko‘miriga qaraganda yuqori bo‘lib ketishini aytgandi.

 “Bishkek IESning ikki blogi bor – yangisi va eskisi. Yangisi Kara-Keche ko‘miriga moslab qurilgan. Eski blok esa 60 yildan ortiq vaqtdan beri ishlab keladi, u Qozog‘istonning Qarag‘anda ko‘miriga moslashtirilgan. Agar iqtisodiy tomondan qaralsa, Kara-Kechening ko‘mirini eski o‘t qozonda yoqadigan bo‘lsak, u holda bizda xarajat ko‘p bo‘ladi. Aniqrog‘i, qo‘shimcha gaz va mazut qo‘llanishimiz kerak bo‘ladi. Shu sababdan qozoq ko‘mirini sotib olib, eski o‘t qozonda yoqishimiz arzonroq bo‘ladi”, – degan Ibrayev.

 Izoh: Qirg‘iz hukumati joriy yil sentyabr oyida Osiyo taraqqiyot bankidan budjetni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 50 mln dollar olgani xabar qilingan edi. Bu mablag‘ning ham 25 mln dollari – kredit, qolgani grant ekanligi va qarz 16 yil muddatga olingani ma’lum qilingandi. Shuningdek, Jogorku Keneshning Xalqaro ishlar, mudofaa, xavfsizlik va migratsiya qo‘mitasining 31-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Qirg‘iziston va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi kredit va grant kelishuvi loyihasini muhokama qilgani xabar qilingan va mablag‘ mamlakatning savdo va sarmoyaviy sohadagi raqobatbardoshligini oshirish, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish va Botkenni tiklashga yo‘naltirilishi aytilgandi. Bu qarzlarga qadar, aniqrog‘i, so‘nggi o‘n oyga qadar qirg‘iz hukumati budjetni qo‘llab-quvvatlash vaji bilan xalqaro moliyaviy tashkilotlardan umumiy hisobda 180 mln. dollar qarz olgani ma’lum bo‘lgan edi.

 Qarz olib o‘qituvchi va shifokorlar ish haqini oshirish, qarz olib pensiya va nafaqalarni ko‘tarish, qarz olib qishdan chiqib olish uchun ko‘p aql va mohir siyosatchi bo‘lish shart emas. Bu ishni hatto o‘qimagan oddiy odam ham osongina bajara oladi. Mohir siyosatchi va davlat arbobi – zukko siyosiy yetakchidir. Boshqaruv tafakkuriga ega bo‘lgan, davlat ishlarini boshqara oladigan, muammolarni hal qiladigan hamda shaxsiy va jamoaviy aloqalarni tartibga solishga qodir bo‘lgan insondir. U xalqning dardi va muammosini ko‘ra bilishi, bu muammolarni hal etish yo‘llarini qidirib topishi va eng muhimi o‘z yurti va xalqining boshqa davlatlar va moliyaviy tashkilotlarga qaram va qarzdor bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi shart. U ichki resurslardan oqilona foydalangan holda xalq muammolarini hal qilishi, ehtiyojlarini ta’minlashga e’tibor qaratishi zarur. Afsuski, bugungi kunda faqat qirg‘iz hukumatigina emas, balki barcha islomiy yurtlardagi mustabid rejimlar xalqdan ajralib qolgan, o‘zining hokimiyatdagi umri davomli bo‘lishidan boshqa tashvishi yo‘q. Sababi, bu rejimlar boshqa kuchlar tomonidan hokimiyat tepasiga olib kelingan va boshqaruvchilik sifati va mas’uliyat hissidan mosuvo bo‘lgan kimsalardir.  

Prezident bo‘lguniga qadar “bir yilda mamlakat iqtisodini oyoqqa turg‘izaman, besh yilda Qirg‘izistonni qarz oluvchi davlatdan qarz beruvchi davlatga aylantiraman” deb katta va’dalar bergan, “Qumtor” Qirg‘izistonga o‘tadigan bo‘lsa qarz olishga hojat qolmasligini aytib kelgan Japarov Qirg‘izistonni qarzdan xalos qilish u yoqda tursin, aksincha tobora ko‘proq qarz botqog‘iga botirib bormoqda. Buning asosiy sababi, Qirg‘izistonda chuqur ildiz otgan korrupsiya balosiga borib taqaladi. Oddiy misol, 380 million dollar qarz evaziga qayta jihozlangan Bishkek IES nima uchun o‘zimizning mahalliy ko‘mirlarga moslashtirilmadi? Sababi oddiy, keyingi qarz olib o‘zlashtirish va “otkat”lar uchun imkoniyat qoldirish…

  Qirg‘izistonning qarz botqog‘iga botib borishining asosiy sababi mustamlakachi davlatlar tomonidan tuzilgan xalqaro olamiy global boshqaruv tuzumidir. Riboga asoslangan kapitalistik tuzum va uning mustamlakachilik quroli bo‘lgan xalqaro moliyaviy tashkilotlar uchinchi dunyo davlatlarini qarzga botirib, qarzdan qutulishlariga hech qachon imkon bermaydi. Bu o‘rinda uchinchi dunyo davlatlarining, shu jumladan, Qirg‘iziston siyosiy doirasining roli korrupsiyaga botib qolganidadir. Bu korrupsiyalashgan sxema ham tashqi mustamlaka davlatlar tomonidan rag‘batlantirib boriladi. Ularga Qirg‘iziston tobora ko‘proq qarzga botib qolishi uchun mazkur qarzlarning bir qismini o‘zlashtirib olish haqida fikrlaydigan korrupsiya botqog‘iga botgan amaldorlar kerak. Xalqaro siyosat vakillari aynan shu haromtomoq siyosiy guruhdan foydalanadi. Chunki bu guruh mamlakat uchun qarz olayotganida “og‘ir sanoatni rivojlantirish uchun, hatto shu kunga kelib sotib yo‘q qilib yuborishgan yirik korxonalarni qayta ishlatish uchun” deb biror marta qarz olgan emas. Qirg‘iziston muammosi xalqaro kapitalistik sistemaning ustimizda turgani va shu sistema tuzgan xalqaro global olamiy siyosatning mavjud ekaniga bog‘liqdir. Moddiy manfaatdan boshqasini hisobga olmaydigan kapitalistik tuzum ustimizda tatbiq qilinar ekan Qirg‘iziston hech qachon qarz yukidan qutila olmaydi.

  Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.