Turk rejimi hamda Shom ahli qoni ustida savdolashish!

197
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Turk rejimi hamda Shom ahli qoni ustida savdolashish!

Ustoz Аhmad Аbdulvahhob
Hizb ut-Tahrirning Suriya
viloyatidagi matbuot boʼlimi raisi

Hozirda xalqaro siyosatdagi siyosiy tenglamalarning oʼlchovi moddiy manfaat va foydaga asoslanadi. Bu oʼlchov bir qancha xususiyatlarga boʼlib, ular insoniy, axloqiy va ruhiy qadriyatlarning barchasini oʼchirib-eritib tashlaydi. Аyni xususiyatlardan asosiysi shuki, unda manfaat degan narsa hech qachon barqaror turmaydi, voqealar va vaziyatlarga qarab oʼzgaraveradi. Kechagi kungi doʼstlar manfaat tugagach, ertasiga dushmanga aylanishadi. Siyosat olamidagi bugungi sherikchilik foyda oldida ertaga xoinlar bozorida tovar kabi sotib yuboriladi. Binobarin, manfaat ustiga qurilgan munosabat vaqtincha. Qachon manfaat tugasa, munosabat ham tugaydi. Siyosiy ishlar oʼlchovi boʼlgan manfaat esa, oʼzidan kattaroq manfaatlarning qurboni boʼladi. Аyni shu narsa taqdiriy masalalarni pudratchilar qoʼlida sotib yuboriladigan qilib qoʼyadi. Bunga Shom qoʼzgʼoloni tirik misol boʼlsa, ajab emas.
Ishbilarmon siyosatchilarga eʼtibor bering! Ular manipulyatsiya va chap berishga, halolni harom, haromni halol qilib olishga shunchalik usta boʼlib ketishganki, hatto oʼz zimmalaridagi ishlarda oʼzgarib, tovlanib, har maqomga oʼynashyapti, manfaat chiqadigan ishni koʼrishsa, toʼgʼri yoʼnalishni qoʼllaridan kelgancha oʼzgartirishga urinishyapti. Bu ishda «Maqsad vositani oqlaydi» qoidasini oʼzlariga dastak qilib olib, makr, aldov, tuzoq, adashtirish, haqiqatni buzib koʼrsatish kabilardan vosita sifatida foydalanishyapti. Buni oqlash uchun har narsa qilishga tayyorlar… Masalan, oʼzlarining jarchi axborot vositalari armiyasini safarbar qilib, yamoqchi taʼmirchilar komandasini ishga solishyapti, oʼz javobgarliklarini boshqalar ustiga otib, oʼzlarining odamlar qoni ustidagi savdoda asosiy sarmoyadorliklarini oqlashga urinishyapti.
Shulardan kelib chiqib, turk rejimi haqida soʼz yuritishimizga toʼgʼri keladi. Uning Suriya qoʼzgʼolonidagi roli suriyaliklar qoni savdosida – hozirgina aytib oʼtganimizdek – asosiy sarmoyadorlikdan iborat. U Suriya qoʼzgʼoloni tijoratida xalqaro miqyosda ham, Turkiya ichkarisida ham, hatto Shom ahlining orzu-umidlari, alamlari va xayollari darajasida ham mohir savdogar hisoblanadi. Bu rejim ushbu muborak qoʼzgʼolon boshlangan vaqtdan boshlab oʼzining taʼsirli chiroyli bayonotlari bilan Shom ahlini oʼziga rom qildi. Masalan, «Halab qizil chiziqdir» kabi gaplardan tortib, «Ikkinchi Hamaga yoʼl qoʼymaymiz» kabi maftunkor soʼzlari bilan Shom ahlida Turkiya qoʼzgʼolonning strategik ittifoqchisi, degan ishonch paydo qila oldi. Shom ahli bu rejimni oʼzlari uchun ahdga vafo qiluvchi doʼst, qoʼzgʼolonlari gʼalabasi uchun, hech boʼlmasa magʼlub boʼlmaslik uchun yagona kafil, deb oʼylashdi. Turk rejimi ularni oʼziga ishontira olgach, Shomdagi jangchi guruh rahbarlarini oʼziga bogʼladi va qarorlariga ega chiqib, ularni qonlarini, aziz narsalarini va jonlarini fido qilgan katta mintaqalardan voz kechishga undadi. Ularni, shuningdek, oxiri koʼrinmaydigan va Shom togʼuti foydasiga vaqtdan yutishiga sabab boʼladigan foydasiz xalqaro muzokaralar tonneliga tiqdi. Shu orqali ularni sulh tuzogʼiga ilintirishga muvaffaq boʼldi. Buning oqibatida Suriya shimoliga koʼchirishlar boshlandi. Bundan tashqari, turk rejimi koʼplab suriyaliklarni Ozarbayjon va Liviyada Аmerika foydasiga jang qiladigan va Turkiyaning Suriya chegaralari boʼylab milliy xavfsizligini mudofaa qiladigan yollanma askarlarga aylantirishga muvaffaq boʼldi. Bu yoʼlda shunday katta energiyani sarflab-sovurdiki, buning oʼrniga bu energiyani Suriya rejimini agʼdarish va Islom boshqaruvini barpo qilishga sarflasa toʼgʼri boʼlur edi. Buni hamma tushunib yetdi, ammo vaqt oʼtgandan keyin. Xalqaro Hamjamiyat Suriya qoʼzgʼolonini yoʼq qilish uchun ancha avval «tender» eʼlon qilgan… Turk rejimi ayni tenderda gʼalaba qozonish va qoʼzgʼolonni eng kam xarajat bilan bir yoqli qilishga urinmoqda. Maqsadi, shu orqali milliy xavfsizlik darajasida oʼzining shaxsiy manfaatlarini roʼyobga chiqarish va hokimiyat tepasida qolish boʼldi.
Yaqinda turk rejimining Suriya qoʼzgʼoloniga nisbatan pozitsiyasini, yaʼni tashqi ishlar vaziri Chovushoʼgʼlining «muxolafat»ni Shom togʼuti bilan boʼlgan sulhga chaqirganini koʼrgan baʼzi odamlar bunga Turkiya siyosatida oʼzgarish boʼldi, deb qarayapti. Shubhasiz, bu sodda-ongsiz qarash boʼlib, bunday qarashdagi kishi xalqaro siyosat lugʼatini, uslub va vositalari, oʼlchov va taktikalarini tushunmaydi. Chunki turk rejimi pozitsiyasi boshdan beri aslo oʼzgargani yoʼq. Halab yashil chiziqqa va Suriyaning barcha shaharlari ikkinchi Hamaga allaqachon aylanib boʼlgan. Shom togʼuti Suriyaning aksar yerlarida hukmronlikni qayta olib, avval muhojirlarga «rahnamo» boʼlgan Erdogan shu qonxoʼr bilan uchrashishni rejalashtirmoqda. Shom qoʼzgʼolonini boʼgʼizlab oʼldirish va buning katta daromadini qoʼlga kiritishdek soʼnggi missiyasini tamomlashga harakat qilyapti.
Xulosa qilib aytganda, oʼz masalamizni birovga topshirish siyosiy jihatdan oʼz joniga qasd qilish demakdir. Chunki biz bu bilan oʼzimizni oʼzimiz xalqaro xoinlar bozoriga arzon tovar qilib bergan boʼlamiz. Shuningdek, bu narsa bizni qullik doirasiga tiqib, undan chiqolmay tinmay aylanaveradigan qilib qoʼyadi. Unda qilish mumkin boʼlgan maksimal ish, yangi xoʼjayinning roziligidan keyin, qullik shartlarini takomillashtirish boʼladi.
Qullikdan ozod boʼlish yoʼli bizdan qarorimizni qaytarib olishga astoydil harakat qilishni va birinchi qadam sifatida oʼz qarorimizga oʼzimiz ega boʼlishimizni talab qiladi. Chunki qullarda istak va mustaqil qaror boʼlmaydi. Bizning qoʼzgʼolon esa, aslo qul emas. Kimda-kim oʼz qaroriga ega emas ekan, uning fikrlari toʼgʼri va yechimlari samarali boʼlsa ham toʼgʼri yoʼlga qadam qoʼya olmaydi. Chunki fikr sohibi mustaqil qaror va istagini qoʼldan boy bergani uchun uning bu fikrlari amal bosqichiga koʼchib oʼtolmaydigan fikrlar boʼladi. Xorijga sotilgan jangchi guruhlarning omborida ulkan miqdorda qurol-aslahaning borligi hech kimga foydasi yoʼq. Zaxda zang bosib, chiriydi, soʼng muddati tugaganda topshirib yuboriladi. Qishin-yozin «iltimos chizigʼi»dan chiqmay yashayotgan mujohid tez orada Shom togʼuti askarlariga oson nishonga aylanadi. U bironta ham frontni ochmaydi. Chunki frontni ochish uchun avvalo qaror kerak. Bu narsa qoʼzgʼolonning barcha potentsial va kuchlariga taalluqli.
Qaror ham harbiy, ham siyosiy jihatni oʼzida mujassam etishi hamda vakolat sohibi boʼlgan rahbariyat ushbu qarorni nazariyadan amaliyotga koʼchira olishi uchun, eng avvalo ongli, siyosiy va xolis yetakchilik lozim. Qullikdan ozod boʼlish uchun ham unga ergashiladi. Chunki u ongli tadbirli aqlga yoki boshqaruvchiga oʼxshaydi. U yoʼlga koʼmilgan siyosat qopqonlarini va minalarini chetlab oʼtuvchi peshvo boʼlib, uning qoʼlida sobit mustaqil yoʼlga koʼrsatuvchi siyosiy loyiha kompasi boʼladi. Bu kompas millari murosa qiluvchi qingʼir yoʼllarni aslo koʼrsatmaydi. Shu bois, qachon xalq va qoʼshin mana shunday yetakchilik ortiga tizilsa, nusrat Shom ahliga yor boʼladi, togʼut rejimlariga qarshi qoʼzgʼolonlarida zafar quchadilar va bergan shuncha qurbonliklari samaralarini terib olish va mustamlakachilikning barcha shakldagi kishanlaridan ozod boʼlishga muvaffaq boʼladilar. Shuningdek, boshlaridagi malay yaloqxoʼr rejimlardan qutulib, butun insoniyatga yaroqli rabboniy yagona tuzum sifatida Islom tuzumini tatbiq qiladilar. Аlloh Taolo bunday degan:
﴿مَنْ عَمِلَ صَالِحاً مِنْ ذَكَرٍ أَوْ أُنْثَى وَهُوَ مُؤْمِنٌ فَلَنُحْيِيَنَّهُ حَيَاةً طَيِّبَةً وَلَنَجْزِيَنَّهُمْ أَجْرَهُمْ بِأَحْسَنِ مَا كَانُوا يَعْمَلُونَ﴾
«Erkakmi yo ayolmi – kimda-kim moʼmin boʼlgan holida biron yaxshi amal qilsa, bas, Biz unga pokiza hayot ato eturmiz va ularni oʼzlari qilib oʼtgan amallaridan chiroyliroq ajr-savoblar bilan mukofotlaymiz» [Nahl 97]
Roya gazetasining 2022 yil 14 sentyabr chorshanba kungi 408-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.