Sudan katta chorva boyliklariga ega boʼla turib, odamlar ulushi suyaklar boʼlib qolmoqda!

317
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Sudan katta chorva boyliklariga ega boʼla turib, odamlar ulushi suyaklar boʼlib qolmoqda!

Sudan har turli boylik va resurslarga ega boʼlib, chorvachilikda eng boy Аrab va Аfrika davlatlaridan biri hisoblanadi. Unda chorva (qora mol, qoʼy, echki va tuya)lar soni 103 million boshni (30 million qora mol, 37 million qoʼy, 33 million echki va 3 million tuyani), bundan tashqari, 4 million bosh otlar nasli, 45 million parrandani tashkil qiladi. Baliq boyligi: ichki baliqchilik 100 ming tonnani, tashqi dengiz baliqchiligi 10 ming tonnani tashkil qiladi. Bularga qoʼshimcha, katta sonda yovvoyi hayvonlarga ham ega. Chorvachilik, baliqchilik va ularning mahsulotlari eksporti Sudan iqtisodiyotiga 20-25 foiz hissa qoʼshadi hamda uning umumiy eksporti orasida ikkinchi oʼrinni egallaydi. Sudan Fors koʼrfazi, Аrab davlatlari va Xitoy bozorlarida aʼlo darajada mavqega ega.
Mana shunday yirik boyliklarga qaramay, davlat muzlatilgan va quritilgan goʼsht, sut, pishloq, teri va bulardan boshqa chorva va baliq mahsulotlaridan xoli boʼlib qolmoqda. Toʼgʼrirogʼi, ozligidan tashqari gʼoyat murakkab sharoitda ishlayotgan zavodlar elektr energiyasi taqchilligi, soliqlar, toʼlovlar va bojxona toʼlovlari sababli butunlay tanazzulga yuz tutgan. Oqibatda, davlat mahalliy ishlab chiqarishni qoʼllab-quvvatlash, ragʼbatlantirish va rivojlantirish oʼrniga, sut, pishloq va barcha turdagi qayta ishlangan goʼsht borasida importga tayanib qolgan.
Oziq-ovqat xavfsizligining muhim markazi, mustahkam iqtisodiy va rivojlanish bazasi boʼlgan Sudan mana shunday yirik boyliklarga ega boʼlishiga qaramay, bulardan optimal-oqilona foydalanolmaydi. Ustiga-ustak, siyosiy notinchliklar va iqtisodiy tebranishlar bu oʼlkani qashshoqlikdan azob chekayotgan xalqi uchun yaroqsiz va foydasiz oʼlkaga aylantirib qoʼydi.
Sudandagi shunday yirik chorvachilik resurslari mabdaga asoslangan bir davlatga, siyosiy irodaga va foydalanish mumkin boʼlgan keng qamrovli iqtisodiyotga intizor boʼlib turibdi. Buning uchun avval mavjud xavfsizlik va siyosiy vaziyatdan qutulmoq hamda jamiyatni isloh qilib, rivojlantirishga qodir yangi tuzum barpo etmoq darkor. Аlbatta, bu odil rabboniy tuzumsiz aslo amalga oshmaydi. Paygʼambarlik minhoji asosidagi ushbu roshid Xalifalik tuzumi barcha insonlar ehtiyojiga gʼamxoʼrlik qiladi, ishlarini boshqaradi, hurmat-izzatlarini himoya qiladi, insonlardan foydalanmaydi, aksincha, ularning oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joyi borasida toʼliq kafil boʼlib, barchalarini terror va xavf-xatardan xoli real xavfsizlik, haqiqiy sogʼliqni saqlash va toʼgʼri taʼlim bilan mumkin qadar yuqori saviyada taʼminlaydi. Xalifalik odamlarga hech qanday ogʼirlikni solmaydi, aksincha, barchalari farovon baxtli hayot kechiradilar.
Roya gazetasining 2022 yil 22 avgust chorshanba kungi 405-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.