Musulmonning hayotdagi gʻoyasi:

285
0

(Oʻzgartirish – “Islomiy davlat” uchun muqarrardir kitobidan)

Aqiyda, aqiydadan kelib chiqadigan ahkomlar hamda aqiyda ustiga quriladigan fikrlar – oʻzgartirishning asosidir

Musulmonning hayotdagi gʻoyasi:

Iymondan keyingi oʻrinda turadigan haqiqatlarning eng muhimlaridan biri inson oʻzini yaratilishidan boʻlgan gʻoyani idrok etishidir. Yaʼni, insonning bu dunyoda oʻzi roʻyobga chiqarishga harakat qiladigan gʻoyasi boʻlishi vojib, inson mana shu gʻoyani anglab yetishi lozim. Alloh taʼolo aytadi:

لِيَعْبُدُونِ إِلَّا وَالْإِنسَ الْجِنَّ خَلَقْتُ وَمَا

“Men jin va insni faqat Oʻzimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim”. Zoriyot surasi, 56-oyat.

Allohga ibodat qilish Unga iymon keltirish va itoat qilishdir. Allohga itoat qilish Uning barcha ahkomlariga amal qilishdir. Allohning ahkomlari ibodat, axloq va muomala amallarigagina cheklanib qolmaydi. Balki, ular Alloh taʼolo buyurgan yoki qaytargan hamma narsalarni oʻz ichiga oladi. Haqiqiy maʼbud Alloh taʼolo ekanini, Undan boshqa birontasi uchun na amr va na nahi haqqi bor ekanini oʻz ichiga oladi. Ahmad va Termiziy Adiy ibn Hotamdan rivoyat qiladilar; Adiy ibn Hotam Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – xuzuriga kirganida Rasullolloh – sallollohu alayhi va sallam – mana bu oyatni qiroat qilardilar;

“Ular Allohni qoʻyib oʻzlarining donishmandlarini va rohiblarini hamda Masih ibn Maryamni Parvardigor, deb bildilar. Holbuki, ular faqat yagona Allohga bandalik qilishga buyurilgan edilar. Hech iloh yoʻq, faqat Uning oʻzi bordir. U zot ularning shirklaridan pok zotdir”. Tavba surasi, 31-oyat.

Buni eshitgan Adiy; “Ular donishmand va rohiblarga ibodat qilmadilarku”, – dedi. Shunda Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – dedilar;

فذلك ،فاتبعوهم الحرام لهم وأحلوا ،الحلال عليهم حرموا إنهم ،بلى إياهم عبادتهم

“Ha, albatta. Ular (donishmand va rohiblar) ularga halolni harom va haromni halol qilib berdilar. Natijada, ular oʻsha donishmand va rohiblarga ergashdilar. Mana shu ularning donishmand va rohiblarga ibodat qilganligidir”.

Mana shunga koʻra, halol va harom qilish huquqini yoki qonun chiqarish va itoat etish huquqini biror kishiga berish bu – oʻsha kishiga ibodat qilish ekanligini anglatadi. Alloh taʼolo aytadi;

إِلَّا الْحُكْمُ إِنِ  ۚسُلْطَانٍ مِن بِهَا اللَّهُ أَنزَلَ مَّا وَآبَاؤُكُم أَنتُمْ سَمَّيْتُمُوهَا أَسْمَاءً إِلَّا دُونِهِ مِن تَعْبُدُونَ مَا يَعْلَمُونَ لَا النَّاسِ أَكْثَرَ وَلَٰكِنَّ الْقَيِّمُ الدِّينُ ذَٰلِكَ  ۚ إِيَّاهُ إِلَّا تَعْبُدُوا أَلَّا أَمَرَ ۚ لِلَّهِ

“Sizlar esa, U zotni qoʻyib, oʻzlaringiz va ota-bobolaringiz atab olgan nomlar-butlargagina ibodat qilasizlar. Axir Alloh ularga (ibodat qilish haqida) biron hujjat tushirmagan-ku? Hukm-hokimlik faqat Allohnikidir. U zot sizlarni faqat Oʻzigagina ibodat qilishga buyurgandir. Eng toʻgʻri din mana shudir. Lekin odamlarning koʻplari buni bilmaydilar”. Yusuf surasi, 40-oyat.

Ammo hokimga, amirga, ota-onaga yoki erga qilinadigan  itoat maslasiga kelsak, bu haqni ham ularga Alloh taʼolo bergandir. Allohga ibodat qilish – insonlarni Allohga ibodat qildirishda yaʼni ularni yagona Allohning shariatiga boʻysundirishda, hamda bu yerda Allohdan boshqasining hokimiyati boʻlishiga, Islom shariʼatidan boshqa hokimiyatning mavjud boʻlishiga qarshi kurashishda Unga itoat etishni ham oʻz ichiga oladi. Allohga ibodat qilish Alloh – subhanahu – hukm qilgan narsaga qarshi chiqayotganlarga qarshi kurashishda Unga itoat etishni oʻz ichiga oladi. Maʼrufga buyurish va munkardan qaytarishga, (haqiqatlarni yetkazish uchun)bahs-munozaraga, bayon qilib berish, qanoatlantirish va daʼvat etishga, zoniyni darralash, oʻgʻrini qoʻlini kesishga hamda yer yuzida Allohning hukmini tiklash va Uning kalimasini oliy qilish uchun jihodga amr etib kelgan oyatlarning nasslari mana shunga dalolat qiladi.

Shuning uchun koʻrdikki, Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – Madinai-Munavvarada Islom davlatini barpo etib, uning asos-arkonlarini mustahkamlab olganlaridan keyin podshohlarni Islomga daʼvat qilgan holda ularga elchilar yuboradilar. Bizlar Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – ni va u zotdan keyin xulafoi-roshidinlarni koʻrdikki, ular insonlarni zulumotlardan nurga chiqarish uchun iymonga daʼvat etadigan hamda yurtlarni va ularning aholisini Islom saltanatiga boʻysundirish uchun kurashadigan daʼvatchilarni, mujohidlarni va askarlarni yuborardilar. Ularning bu daʼvati; “Allohdan boshqa maʼbud yoʻq va hokimiyat faqat Allohnikidir”, degan daʼvat edi. Mana shu daʼvat, mana shu gʻoya musulmon uning uchun yashaydigan gʻoyadir. Ushbu gʻoyani ulugʻ sahobiy Robiy ibn Omir oʻta zukkolik bilan taʼriflab bergan. Fors askarlarining koʻmondoni Rustam uning daʼvatidan taajjubga tushib, undan; “Sizlarni bu yerlarga nima olib keldi” – deb soʻraydi. Shunda ulugʻ sahobiy shunday javob beradi;

“Alloh taʼolo bizlarni bandalarni bandalarga ibodat qilishdan bandalarning Robbisiga ibodat qilishga, dinlarning jabridan Islomning adolatiga hamda dunyoning torligidan dunyo va oxirat kengligiga  chiqarishimiz uchun yubordi”.

Ushbu fikrat Qurʼon va Sunnatda hamda Nabiy – sallollohu alayhi va sallam – ning feʼllarida yaqqol namoyon boʻladi. Ushbu fikratni yoritib bergan nasslar behisobdir. Biz ularning ayrimlariga qisqacha toʻxtalib oʻtamiz:

Alloh taʼolo aytadi:

قُلۡ يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ إِنِّي رَسُولُ ٱللَّهِ إِلَيۡكُمۡ جَمِيعًا

“Ayting: “Ey insonlar! Men sizlarning barchangizga yuborilgan Allohning elchisidirman”. Aʼrof surasi, 157-oyat.

!$tBur} y7”oYù=y™ö‘r& žwÎ) Zp©ù!$Ÿ2 Ĩ$¨Y=Ïj9 #ZŽÏ±o0 #\ƒÉ‹tRur

“Biz Sizni shak-shubhasiz barcha insonlarga (moʻminlarga) jannatdan bashorat beruvchi va (kofirlarni esa, doʻzax azobidan) ogohlantiruvchi etib yubordik”. Sabaʼ surasi, 28-oyat.

﴿هُوَ الَّذِي أَرْسَلَ رَسُولَهُ بِالْهُدَى وَدِينِ الْحَقِّ لِيُظْهِرَهُ عَلَى الدِّينِ كُلِّهِ وَلَوْ كَرِهَ الْمُشْرِكُونَ﴾

“U (Alloh) Oʻz paygʻambarlarini hidoyat va haq din bilan – garchi mushriklar hohlamasalar-da – barcha dinlarga gʻolib qilish uchun yuborgan zotdir”. Tavba surasi, 33-oyat.

﴿يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ قَاتِلُواْ الَّذِينَ يَلُونَكُم مِّنَ الْكُفَّارِ وَلِيَجِدُواْ فِيكُمْ غِلْظَةً وَاعْلَمُواْ أَنَّ اللّهَ مَعَ الْمُتَّقِينَ﴾

“Ey moʻʼminlar, yonlaringizdagi kofirlarga qarshi jang qilinglar va ular sizlardagi kuch-quvvatni koʻrsinlar! Bilinglarki, albatta Alloh taqvodorlar bilan birgadir”. Tavba surasi, 123-oyat.

(#qè=ÏG”s%} šúïÏ%©!$# Ÿw šcqãZÏB÷sム“!$$Î/ Ÿwur ÏQöqu‹ø9$$Î/ ̍ÅzFy$# Ÿwur tbqãBÌhptä† $tB tP§ym ª!$# ¼ã&è!qߙu‘ur Ÿwur šcqãYƒÏ‰tƒ tûïϊ Èd,ysø9$# z`ÏB šúïÏ%©!$# (#qè?ré& |=”tFÅ6ø9$# 4Ó®Lym (#qäÜ÷èムsptƒ÷“Éfø9$# `tã 7‰tƒ öNèdur {šcrãÉó”|¹

“Allohga va oxirat kuniga ishonmaydigan, Alloh va Uning paygʻambari harom degan narsani harom deb bilmaydigan, Haq (yaʼni Islom) diniga eʼtiqod qilmaydigan ahli kitoblardan iborat boʻlgan kimsalarga qarshi to ular xorlangan (magʻlub) hollarida oʻz qoʻllari bilan (zimmalaridagi) soliqni toʻlamagunlaricha, jang qilingiz!” Tavba surasi, 29-oyat.

Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – marhamat qildilar:

اللهسبيل في فهو العليا هي اللهكلمة لتكون قاتل من

“Kim Allohning kalimasi oliy boʻlishi uchun jang qilsa, bas, u Allohning yoʻlidadir”. Muttafaqun alayh.

Shuningdek, kofirlar — garchi ular Allohning; “Dinda majburlash yoʻq” (Baqara surasi, 267-oyat) degan soʻziga koʻra Islom diniga kirishga majbur qilinmasalar ham ular Islom saltanatiga va shariʼat yetakchiligiga boʻysunishga majbur qilinadilar.  Negaki, gʻoya; Alloh amr etgandan boshqa itoat etiladigan qonun va olinadigan tashriʼ(qonunchilik) yoʻqdir. Allohdan boshqa hukm qiluvchi yoʻqdir. Ayrim kofirlar oʻz eʼtiqod va ibodatlariga tashlab qoʻyilgan boʻlsa, alabatta bu ham Allohning amri bilandir.

Darhaqiqat, Alloh taʼolo insonning yaratilishidan boʻlgan gʻoyani mana bu soʻzlarida bayon qilib berdi:

y7Ï9ºx‹x.ur öNä3”oYù=yèy_ Zp¨Bé& $VÜy™ur (#qçRqà6tGÏj9 uä!#y‰pkà­ ’n?tã Ĩ$¨Y9$# tbqä3tƒur ãAqߙ§9$# öNä3ø‹n=tæ #Y‰‹Îgx©

“Shuningdek (yaʼni haq yoʻlga hidoyat qilganimiz kabi), sizlarni boshqa odamlar ustida guvoh boʻlishingiz  va paygʻambar sizlarning ustingizda guvoh boʻlishi uchun oʻrta (adolatli) bir millat qildik”. Baqara surasi, 143-oyat.

Bu Islom Ummatiga qaratilgan xitobdir va Ummatga Muhammad – sallollohu alayhi va sallam – dan keyin risolatni boshqa insonlarga yetkazishi uchun qilingan taklifdir. Darhaqiqat, Nabiy – sallollohu alayhi va sallam – risolatni yetkazganlaridan keyin, amonatni ado qilganlaridan keyin va Alloh yoʻlida haqiqiy jihod qilganlaridan keyin ushbu risolatni yetkazish taklifini Ummatga yuklab ketdilar. U Zot – sallollohu alayhi va sallam – “Hajjatul vadoʼ” – xayrlashuv hajjida Ummatga  qarata mana bunday xitob qilganlar;

أَنْتُمْ فَمَا عَنِّي، تُسْأَلُونَ وَأَنْتُمْ اللهِ، كِتَابُ بِهِ، اعْتَصَمْتُمْ إِنِ بَعْدَهُ تَضِلُّوا لَنْ مَا فِيكُمْ تَرَكْتُ وَقَدْ… السَّمَاءِ إِلَى يَرْفَعُهَا السَّبَّابَةِ، بِإِصْبَعِهِ :فَقَالَ وَنَصَحْتَ، وَأَدَّيْتَ بَلَّغْتَ قَدْ أَنَّكَ نَشْهَدُ :قَالُوا ( ؟قَائِلُونَ مَرَّاتٍ ثَلَاثَ (اشْهَدْ اللهُمَّ اشْهَدْ، اللهُمَّ)النَّاسِ إِلَى وَيَنْكُتُهَا

“Va albatta men sizlarga agar uni mahkam ushlasanglar hech qachon adashmaydigan narsani – Allohning Kitobini qoldirdim. Sizlar men xaqimda soʻralasizlar. Shunda nima deb javob berasizlar? Insonlar; “Bizlar guvohlik beramizki, albatta Siz risolatni yetkazdingiz, amonatni ado qildingiz va dinda xolis boʻldingiz”, – deyishdi. Soʻngra Rasululloh sallollohu alayhi va sallam koʻrsatqich barmoqlarini osmonga koʻtarib va uni odamlarga qaratib dedilar: “Ey Alloh, guvoh boʻl, ey Alloh, guvoh boʻl, ey Alloh guvoh boʻl!. Abu Dovud rivoyati.

Shunday qilib, Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – bizlarning ustimizda amonatni yetkazganliklariga guvoh boʻldilar va bizlarning ustimizda Allohni ham guvoh qildilar. Mana shundan keyin bizlar ham odamlar ustidan xuddi suyukli paygʻambarimiz – sallollohu alayhi va sallam – ning yoʻllarida guvohlik olishimiz vojibdir. Darhaqiqat, Alloh taʼolo Odam – alayhis-salom – ni yaratishidan avval odamzotni yaratishidan koʻzlagan gʻoyaning mana shu ekanligini quyidagi oyatlarda bayon qildi:

﴿وَإِذْ قَالَ رَبُّكَ لِلْمَلَائِكَةِ إِنِّي جَاعِلٌ فِي الْأَرْضِ خَلِيفَةً ۖ قَالُوا أَتَجْعَلُ فِيهَا مَن يُفْسِدُ فِيهَا وَيَسْفِكُ الدِّمَاءَ وَنَحْنُ نُسَبِّحُ بِحَمْدِكَ وَنُقَدِّسُ لَكَ قَالَ إِنِّي أَعْلَمُ مَا لَا تَعْلَمُونَ

“Eslang, (ey Muhammad), Parvardigoringiz farishtalarga: “Men Yerda (Odamni) xalifa qilmoqchiman”, deganida ular aytdilar; “U yerda buzgʻunchilik qiladigan, qonlar toʻkadigan kimsani (xalifa) qilasanmi? Holbuki, biz hamdu sano aytish bilan Seni ulugʻlaymiz va Sening ismingni mudom pok tutamiz”. (Alloh) aytdi: “Men sizlar bilmagan narsalarni bilaman”.  Baqara surasi, 30-oyat.

Demak, maloikalar Allohga hech osiylik qilmaydigan bandalardir.

عَلَيْهَا مَلَائِكَةٌ غِلَاظٌ شِدَادٌ لَا يَعْصُونَ اللَّهَ مَا أَمَرَهُمْ وَيَفْعَلُونَ مَا يُؤْمَرُونَ

“Doʻzax ustida qattiqdil va qattiqqoʻl, Alloh oʻzlariga buyurgan narsaga itoatsizlik qilmaydigan, faqat oʻzlariga buyurilgan narsani qiladigan farishtalar turur”. Tahrim surasi, 6-oyat.

Alloh taʼolo ularga: “Men Yerda (Odamni) xalifa qilmoqchiman”, degan vaqtda ular Alloh taʼolo yerda osiylik qiladigan bandalarni yaratajagini tushinib yetdilar. Bu “xalifa” soʻzidan maʼlum boʻldi. Chunki, “xalifa” soʻzi bu joyda Alloh taʼol xalifa-oʻrinbosar etadigan kishi yaʼni Alloh taʼolo toʻgʻri yoʻlga solish, boshqarish ishlarini bajarishi uchun Oʻzi tomonidan vakil qilingan kishi maʼnosidadir.  Agar birortasining toʻgʻri yoʻlga solish va boshqarish navbati yetib kelgan boʻlsa, bu ushbu toʻgʻri yoʻlga solish va boshqarishga muhtoj boʻladigan kishilarning ham mavjudligini anglatadi.  Bu degani, Allohning amriga qarshi chiqish, baxtsizlik, qashshoqlik va qiyinchilik sababi boʻlgan sarkashlik har zamonda mavjud boʻlishini anglatadi. Shuning uchun farishtalar: “U yerda buzgʻunchilik qiladigan, qonlar toʻkadigan kimsani (xalifa) qilasanmi? – deyishdi. Boshqacharoq aytganda, agar koinotda osiylik qilmaydigan mavjudot boʻlmasa, hamma narsa Allohning amri bilan yurardi. Agar Alloh taʼolo toʻgʻri yoʻlga solish va hidoyatga boshlash ishlarini bajaradigan kimsalarni yaratishni xohlagan ekan, bu shuni anglatadiki, bu dunyoda zalolatni tanlaydigan va Alloh taʼologa osiylik qiladigan bandalar ham albatta boʻladi.

Shunga koʻra, hayot iymon va kufr orasidagi aqiydaviy fikriy va siyosiy kurashdir. Allohning kalimasini oliy qilish uchun, dinning barchasi Allohniki boʻlishi uchun, hukm ham faqat Allohniki boʻlishi uchun aqiydaviy fikriy kurashdir. Shunda Alloh taʼolo uchun hech qanday sherik boʻlmaydi. Undan boshqa hech kimga sigʻinilmaydi. Toʻla toʻkis Allohning shariʼatiga boʻysuniladi. Mana shu maʼnoda hayot siyosiy kurashdan iboratdir. Zero, bu kurash insonlarning ishlarini Islom shariʼatidan boshqa hech qanday qonunlar bilan boshqarish mumkin emasligini  taʼkidlaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.