Sharmush Shayxda Abbos va Sisiy uchrashib Ummat yoshlarini zoye ketkazish va masalalarini dushmanga sotishga urinishmoqda

254
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Sharmush Shayxda Abbos va Sisiy uchrashib Ummat yoshlarini zoye ketkazish va masalalarini dushmanga sotishga urinishmoqda

Falastin maʼmuriyati rahbari Mahmud Abbos bilan Iordaniya valiahdi Amir Husayn Misr rahbari Abdulfattoh Sisiy taklifiga binoan “Dunyo yoshlari forumi”ning toʻrtinchi sessiyasida qatnashish uchun Sharmush Shayxga kelishdi.
Bu masalada Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot boʻlimi bunday dedi:
“Abbos bilan Sisiy Sharmush Shayxda uchrashib turgan ekanlar, bu yoqda Falastin va Misr yoshlari ishsizlik, qashshoqlik va yomon boshqaruvdan azob chekmoqdalar, oʻlim qayiqlarida halokatga uchramoqdalar. Bu qayiqlar baʼzan energiya va kuchga toʻla yoshlarni Yevropaga muvaffaqiyatli yetkazib borsa, baʼzan ularni dengiz qaʼriga gʻarq qilmoqda! Boshqa tomonda bosqinchi yahudiylar Falastin ahliga zulm qilishyapti, oʻzlariga esa, qator uylar qurib, bu bilan falastinliklarga davlat barpo etishlari uchun bir qarich yerni ham qoldirmaslikka ochiq harakat qilishyapti…”.
Matbuot bayonotida yana bunday deyildi:
“Yoshlar bebaho boylikdir, buni Misr firʼavnlari qayerdan ham tushunishsin, axir ular yoshlarni zoye ketkazgan, qashshoqqa aylantirgan va dengizga choʻktirgan boʻlishsa. Buni Falastin dalloli qayerdan anglasin, axir uni turizmdan boshqa narsa qiziqtirmasa. Hatto shu forumning oʻzi ham turli nomlar ostida musulmon yoshlarga zarba berishga qaratilgan xalqaro dasturning bir qismidir. Bu nomlar esa, aslida, Gʻarb va uning xalqaro muassasalari tomonidan yoʻnaltirilgan mafkuraviy kurashni hamda Islom tushunchalarini oʻchirib, Ummat masalalarini suiisteʼmol qilishni anglatadi.
Agar bu yoshlarning gʻamxoʻr davlatlari boʻlganda edi, ularning qoʻlidan tutib, haqiqiy suratda ularni qoʻllab-quvvatlagan va energiyasidan oqilona foydalangan boʻlar edi. Shubhasiz, qudratli Islom davlati rahbarligida olamning siyosiy xaritasi albatta oʻzgargan va butun dunyoga Islom risolasi ulashilgan boʻlardi. Sanoatlashgan va kuchli qurollangan ushbu davlat kapitalizmni holdan toydirishda, uning nufuzini sindirib, rahbarlari orzusini puchga chiqarishda shu yoshlarning kuchiga tayangan boʻlardi hamda barcha sohada dunyoga nurafshon namunaga aylanardi.

Roya gazetasining 2021 yil 19 yanvar chorshanba kungi 374-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.