Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini mahbus Abu Havvosh xonadonidan turib Islom Ummatiga barcha asirlarni ozod etish uchun murojaat yoʻlladi

161
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini mahbus Abu Havvosh xonadonidan turib Islom Ummatiga barcha asirlarni ozod etish uchun murojaat yoʻlladi

Dushanba kuni Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini delegatsiyasi bosqinchi yahudiylar qoʻlida qolayotgan mahbus Abu Havvosh xonadonini ziyorat qildi. Delegatsiyaga Xalil shahri va qishloqlaridagi nufuzli kishilar, shuningdek, jamiyatning barcha qatlamlaridan boʻlgan oqsoqollar va yoshlar qoʻshildi. Xonadonda Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot boʻlimi aʼzosi doktor Misʼab Abu Arqub delegatsiya nomidan maʼruza qilib, zudlik bilan yahudiylar qoʻlidagi barcha asirlarimizni qutqarishga harakat qilish nafaqat zarur, balki Islom Ummati va har bir qodir inson zimmasiga tushgan sharʼiy burch ekanini taʼkidladi. Ummat farzandlarining, shu jumladan mard oʻgʻlon Hishom Abu Havvoshning bosqinchilar qamoqxonalarida qolayotganligi anavi hukmdorlar peshonasidagi sharmandalik dogʻidir. Chunki yuqori lavozimli siyosatchilar va baland pagonu orden taqqan harbiylar doxil bu itoatgoʻy rahbarlarning barchasi har kuni azob-uqubatlar tortayotgan mahbuslarimiz qarshisida qabriston oʻliklari kabi jim sukut saqlashyapti, dedi. Doktor Falastin maʼmuriyati va musulmon yurtlaridagi rejimlar tutgan pozitsiyani qoraladi hamda yahudiy vujudining faqat bitta tilni tushunishini, yaʼni Alloh yoʻlida jihod qilib, uni ildizi bilan qoʻporib tashlashdan boshqasini tushunmasligini taʼkidladi.
Keyin Xalilning nufuzli kishilari va urugʻlari nomidan muhtaram Abu Saddam hoji Qasroviy nutq soʻzlab, mahbuslar Falastin ahli farzandlari boʻlib, ularga yordam berish va ular tomonida turish shartligini taʼkidladi.
Havvoshlar oilasi delegatsiya ziyoratini yuksak baholab, oʻgʻlimiz Hishom Abu Havvosh butun Falastin ahlining oʻgʻlidir, mahbuslarimiz masalasi butun musulmonlar masalasidir, deyishdi.

Roya gazetasining 2021 yil 12 yanvar chorshanba kungi 373-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.