Xalifalikni qayta tiklash uchun uyushishning vojibligi

426
0

(“Islomiy hayotni kayta boshlashning sharʼiy tariqati” kitobidan).

Xalifalikni qayta tiklash uchun

uyushishning vojibligi

Mana bu — sharʼiy dalillardan, shu jumladan paygʻambarimiz Muhammad – sallollohu alayhi va sallam – ning siyratlaridan tushinilgan Islom hayotini qayta boshlashning sharʼiy tariqatidir. Xalifalik davlatini qayta tiklash uchun mana shu tariqatga ergashish vojib. Shuning uchun musulmonlar ushbu tariqat asosida yurish uchun uyushishlari lozim. Chunki, Xalifalikni qayta tiklash uchun uyushish nafaqt sharʼiy vojib, balki sharʼiy vojibotlarning eng ulugʻlaridandir.

Albatta, Xalifalik davlati agʻdarilgandan keyin musulmonlarning boshidan oʻtgan hodisalar shuni koʻrsatdiki, va xanuz koʻrsatmoqdaki, musulmonlarning boshiga tushgan va xanuz tushayotgan musibatlarning asosiy sababi ularning hayotning barcha sohalarida Islomni toʻla hakam qilmayotganliklaridadir. Musulmonlarning Islom nizomini hayotga qaytarish uchun amalga oshirgan hatti harakatlari shunga dalolat qiladiki, Xalifalikni qayta tiklash namoz, haj, zakot kabi ibodatlarni bajarish bilan, yigʻin va konfrentsiyalarni uyushtirish, Islom ahkomlarini oʻrganish, masjidlar qurish, Qurʼon musobaqalarini uyushtirish, islomiy meʼrosni qayta tiriltirish va ularni chop etish  bilan amalga oshmaydi. Xalifalikni qayta tiklash kapitalistik tuzum asosiga qurilgan parlament va hukumatlarda ishtirok etish bilan yuzaga kelmaydi. Sharʼiy dalil, hech qanday tariqat va vosita bilan bunday amallarning Xalifalik davlatini tiklash uchun yoʻl qilinganliga dalolat qilmaydi. Chunki, Alloh taʼolo Islomni aqiyda va hayot nizomi sifatida yuborib, aqiyda fikrlarini va muolajalar ahkomlarini bayon qilganidek, aqiydani muhofaza qilish va uni yetkazish tariqatini ham bayon qildi. Hamda muolajalarning tariqatini, shu jumladan Islom davlatini qurish tariqatini ham bayon qildi. Bu tariqat Allohning Rasuli Muhammad – sallollohu alayhi va sallam – Madinai Munavvarada Islom davlatini qurish uchun tutgan tariqatdir. Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – asos solgan bu davlat 13 asrdan koʻproq vaqt davomida qoim boʻlib turdi. Oxiri musulmonlarning zaiflashishi sabab kofirlar va ularning malaylari1924 yili uni agʻdardilar.

Xalifalik davlatini qayta tiklash uchun Alloh taʼolo uning ahkomlarini hamda uni vojibligini Qurʼonda va Sunnatda bayon qilgan mana shu sharʼiy tariqatni mahkam ushlash lozimdir.

 Ammo Qurʼoni Karimda  bayon qilingan tariqat ahkomlariga toʻxtaladigan boʻlsak,  Alloh taʼolo aytadi:

وَلْتَكُن مِّنكُمْ أُمَّةٌ يَدْعُونَ إِلَى الْخَيْرِ وَيَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنكَرِ ۚ وَأُولَٰئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ

“Sizlardan yaxshilikka(Islomga) daʼvat qiladigan, maʼrufga buyuradigan va munkardan qaytaradigan bir ummat-jamoat boʻlsin. Ana oʻshalar najot topguvchilardir”.[3:104].

Demak, Alloh taʼolo musulmonlarni oʻzlarining ichidan yaxshilikka yaʼni Islomga daʼvat qiladigan, maʼrufga yaʼni Alloh amr etgan vojib va mandubga buyuradigan hamda munkardan yaʼni Alloh taʼolo qaytargan haromdan qaytaradigan jamoat chiqishiga amr etdi. Agar buni qilsalar, ular najot topadilar, Allohning savobi va Uning roziligi bilan mukofotlanadilar. Bu ushbu amrning vojibligiga dalildir. Negaki, ushbu amalni bajarish ortidan najot kelmoqda. Allohning soʻzidagi bu amr ushbu ishlarni yakka shaxs sifatida emas, balki jamoat sifatida, hizb sifatida bajarishlari uchun jamoatni tashkil etishga yaʼni yakka shaxslarning birgalikda uyushishlariga qaratilgandir. Ushbu oyatdagi amr quyidagi oyat va hadislardagi amrlardan farq qiladi, Alloh taʼolo aytadi:

كُنتُمْ خَيْرَ أُمَّةٍ أُخْرِجَتْ لِلنَّاسِ تَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَتَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنكَرِ وَتُؤْمِنُونَ بِاللَّهِ

“ Sizlar insonlar uchun chiqarilgan Ummatning eng yaxshisi boʻldinglar; maʼrufga buyurasizlar, munkardan qaytarasizlar va Allohga iymon keltirasizlar”.[3:110].

Rasululloh – sallollohu alyhi va sallam – marhamat qiladilar:

لتَأمُرنَّ بالمعروفِ، ولتَنهونَّ عَنِ المنكرِ

“ Albatta sizlar yaxshilikka buyurasizlar va munkardan qaytarasizlar”. Termiziy rivoyati. Yana quyidagi hadislarni:

من رأى منكم منكراً فليغيره

“Sizlardan kim munkarni koʻrsa, bas uni oʻzgartirsin…”. Muslim rivoyati.

Ushbu nususlardagi amrlar musulmonlarning yakka shaxs, hizb yoki davlat boʻlishlaridan qatʼi nazar, ularning barchalari uchun maʼrufga buyurishlari va munkardan qaytarishlariga  qaratilgandir. Ammo;

وَلْتَكُن مِّنكُمْ أُمَّة…

 “Sizlardan bir ummat-jamoat boʻlsin”…,   oyati karimasi esa, Alloh taʼolo tomonidan musulmonlar orasidan chiqqan yakka shaxslar yaxshilikka daʼvat qiladigan, maʼrufga buyurib, munkardan qaytaradigan bir yoki bir necha jamoatlarda uyushishlariga qilingan qatʼiy talabdir. Bu ularning bir jamoat yoki bir nechta jamoatlar boʻlib uyushishlariga qaratilgan qatʼiy talabdir. Oyati karimadagi “Yaxshilikka daʼvat qilish” Islomga daʼvat qilishni anglatadi. Islomga daʼvat qilish esa, Islom hayotini qayta boshlashga daʼvat qilishni ham oʻz ichiga oladi. Negaki, Islomning zohirdagi feʼliy vujudi, amaldagi mavjudligi Islom davlati soyasidagi islomiy hayotning mavjudligi bilangina namoyon boʻladi. Chunki, Islom insonlarning zehnlaridagi, kitoblardagi, Qurʼon oyatlaridagi yoki hadisi shariflardagi fikrlar sifatida bu hayotdan aslo yoʻq boʻlib ketmaydi. Chunki, uni bu tomondan Alloh taʼoloning oʻzi saqlaydi. Alloh aytadi:

إِنَّا نَحْنُ نَزَّلْنَا الذِّكْرَ وَإِنَّا لَهُ لَحَافِظُونَ

“Albatta bizlar zikrni-Qurʼonni nozil qildik va albatta Bizlar uni muhofaza qilguvchidirmiz”.[15:9].

Ammo, insoniy sulukdagi, insonlarning turmush tarzidagi va bashariy hayotdagi Islom fikrlarining feʼliy vujudi yaʼni Islom fikrlarining amaldagi mavjudligi oʻzgarib, zavolga yuz tutgandir. Xalifalik davlatini qayta tiklashga boʻlgan daʼvat mana shu feʼliy vujudni – Islomning amaldagi mavjudligini hayotga qaytarishning sharʼiy tariqatidir.

Ammo Sunnatda kelgan tariqat ahkomlariga kelsak, Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – ning Madinai Munavvarada davlat qurishlaridan oldingi siyratlarini sinchiklab oʻrganib chiqqan kishi shunga amin boʻladiki, Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – oʻz ashoblarini Islom asosida uyushtirganlar. Albatta ular daʼvat ishlarining har birida Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – ning amrlarini bajaradigan bir jamoat boʻlganlar. Ibn Kasirning qayd etishicha, sahobalar yigʻilishgan paytda, ular oʻsha paytda 38 kishi edilar, Abu Bakr siddiq – roziyallohu anhu – Rasululloh – sallohu alayhi va sallam – dan oshkora chiqishni qatʼiy talab qiladilar. Shunda Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam:

يا أبا بكر إنّا قليل

“Ey Abu Bakr, albatta biz ozchilikmiz”, deydilar. Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – sahobalari bilan Arqamning xovlisida toʻplanishar, Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – ularga Qurʼon oʻqib berar va Islomni oʻrgatar edilar. Umar ibn Xattob Islomga kirganidan keyin sahobalar chiqib, Baytullohni ikki saf boʻlib tavof qiladilar. Bitta safning boshida Xamza, ikkinchi safning boshida esa, Umar turadi. Shunday qilib, ularning amiri Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – boʻlgan bir jamoat, bir hizb edilar. Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – amr etar, ular esa, itoat qilishardi. Buning misollarini musulmonlarning avval Habashistonga, keyin Madinaga qilgan hijratlari, Musʼab ibn Umayrni Madinaga, Tufayl ibn Amr ad-Davsiyni oʻz qavmiga yuborishlari va davlat qurish uchun nusrat talab qilishlari ishlarida kuzatish mumkin. Darhaqiqat, Alloh taʼolo Qurʼoni Karimda bayon qildiki, Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – daʼvatni yetkazishlarida muayyan tariqat asosida yurganlar va musulmonlar ham bu tariqatga ergashishga amr etilganlar. Alloh taʼolo aytadi:

قُلْ هَٰذِهِ سَبِيلِي أَدْعُو إِلَى اللَّهِ ۚ عَلَىٰ بَصِيرَةٍ أَنَا وَمَنِ اتَّبَعَنِي ۖ وَسُبْحَانَ اللَّهِ وَمَا أَنَا مِنَ الْمُشْرِكِينَ

“Ayting, ey habibim: mana bu mening toʻgʻri yoʻlimdir. Allohga ongli ravishda men daʼvat qilaman va menga ergashganlar daʼvat qiladilar. Subhanalloh, Alloh pokdir. Va men mushriklardan emasman”.[12:108].

Demak, bu Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – ga va u zotga ergashgan musulmonlarga; “Va men mushriklardan emasman”, degan oyati karimaning qarinasi bilan to qiyomatgacha ergashishlari vojib boʻlgan tariqatdir. Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – ning ushbu tariqatiga musulmonlarning ham to qiyomatgacha ergashishlari vojibligiga yana bir qarina mana bu oyatdir:

وَمَا آتَاكُمُ الرَّسُولُ فَخُذُوهُ وَمَا نَهَاكُمْ عَنْهُ فَانتَهُوا ۚ وَاتَّقُوا اللَّهَ ۖ إِنَّ اللَّهَ شَدِيدُ الْعِقَابِ

“Rasululloh sallollohu alayhi va sallam nimani olib kelgan boʻlsalar, bas sizlar uni maxkam ushlanglar. Va sizlarni nimadan qaytargan boʻlsalar, bas undan qaytinglar. Allohdan taqvo qilinglar. Albatta Alloh azobi qattiq boʻlgan zotdir”.[59:7].

Albatta, Xalifalik davlatini qurish farzi kifoyadir. Ushbu farzi kifoya bilan shugʻillanish koʻpincha butun Islom Ummatiga lozim boʻladi. Xalifalikni qurish muhim  ahamiyatga ega boʻlgani uchun Alloh taʼolo erkak va ayollardan iborat butun musulmonlarga xitob qilib, ulardan ushbu farzni bajarishlari uchun bir yoki bir necha jamoatlarni vujudga keltirishlarini talab qildi. Agar ularning ayrimlari bu farzni talab etilgan suratda qoim qilsalar, shundagina boshqalardan gunoh soqit boʻladi. Agar bu farzni biror kishi qoim qilmasa yoki uni qoim qilish bilan shugʻillanayotganlar kifoya darajasiga yetmasa, bu farzni qoim qilish, toki u vujudga kelmagunicha, butun musulmonlarga vojibligida davom etadi.

Xalifalikni qoim qilish uchun daʼvat yukini koʻtarish musulmon erkakga vojib boʻlgani kabi muslima ayolga ham farzdir. Chunki, Alloh taʼolo Rasulimiz Muhammad – sallollohu alayhi va sallam – ni erkak va ayoldan iborat butun insoniyatga elchi qilib yubordi. U oʻz Rasuliga xitoban mana bunday dedi:

قُلْ يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنِّي رَسُولُ اللَّهِ إِلَيْكُمْ جَمِيعًا

“Ayting, yo Muhammad: ey insonlar, albatta men sizlarning barchangizga yuborilgan elchidirman”.[7:158].

يَا أَيُّهَا النَّاسُ اتَّقُوا رَبَّكُمُ الَّذِي خَلَقَكُم مِّن نَّفْسٍ وَاحِدَةٍ

“Ey insonlar! Sizlarni bitta jondan yaratgan Allohdan taqvo qilinglar”.[4:1].

Sharʼiy takliflar insonlik sifati bilan insonga aloqador boʻlib kelgan paytda bu takliflar erkakga ham, ayolga ham birdek kelgan. Masalan Alloh aytadi:

وَمَا كَانَ لِمُؤْمِنٍ وَلَا مُؤْمِنَةٍ إِذَا قَضَى اللَّهُ وَرَسُولُهُ أَمْرًا أَن يَكُونَ لَهُمُ الْخِيَرَةُ مِنْ أَمْرِهِمْ

“Agar Alloh va Rasuli biror ishda hukm qilsa, moʻʼmin er uchun ham, moʻmina ayol uchun ham oʻz ishlarida biror ixtiyor boʻlishi mumkin emas”.[33:36].

وَأَقِيمُوا الصَّلَاةَ وَآتُوا الزَّكَاةَ

“Va namozni qoim qilinglar va zakotni beringlar”.[2:110].

Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – marhamat qiladilar:

من رأى منكم منكراً فليغيره

  “Sizlardan kim munkarni koʻrsa, bas uni oʻzgartirsin”. Muslim rivoyati.

كلكم راع وكلكم مسؤول عن رعيته

“Sizlarning har biringiz boshliq va u oʻz qaramogʻidagi narsadan masʼuldir”. Buxoriy rivoyati.

Ammo sharʼiy takliflar ayollik sifati bilan faqat ayolga yoki erkaklik sifati bilan faqat erkakka aloqador boʻlgan paytda bu takliflar turlicha boʻladi. Chunki, bunday takliflar mutloqo insonni emas, balki inson fardlaridan boʻlgan ikki qarama-qarshi voqeʼni muolajasi uchun kelgan boʻladi. Masalan, sharʼiy ahkomlar koʻproq erkaklar jamoatida boʻladigan ishlarda ikki ayolning shahodatini bir erkakning shahodatiga teng qildi. Faqatgina ayollarning jamoatida joriy boʻladigan, erkaklar qatnashmaydigan ishlarda esa, yolgʻiz ayollarning shahodatini qabul qildi. Razoatdagi (bola emizish) shahodati kabi faqat ayollar ishtirok etadigan ishlarda birgina ayolning shahodati bilan kifoyalandi. Islom merosda – koʻp hollarda – ayolning nasibasini erkaknikining yarmiga teng qildi. Ayni paytda nafaqani erkakning zimmasiga yukladi. Nafaqani ayolga farz emas, balki muboh qildi. Alloh aytadi:

الرِّجَالُ قَوَّامُونَ عَلَى النِّسَاءِ بِمَا فَضَّلَ اللَّهُ بَعْضَهُمْ عَلَىٰ بَعْضٍ وَبِمَا أَنفَقُوا مِنْ أَمْوَالِهِمْ

“Alloh taʼolo baʼzilarini baʼzilari ustidan afzal qilganligi va ular oʻz mollaridan nafaqa qilganliklari uchun erkaklar ayollar ustidan boshqaruvchidirlar.[4:34].

Shunday qilib, Islom insonga inson sifatida aloqador boʻlgan oʻrinlarda erkaklarga ham, ayollarga ham bir hil boʻlgan ahkomlarni olib keldi. Shuningdek, u bir hil emas, turli hil boʻlgan ahkomlarni ham olib kelib, ularning ayrimlarini erkaklarga, ayrimlarini ayollarga xosladi hamda har ikki tarafni Alloh xoslagan hukmga rozi boʻlishga amr etdi va bir-birlariga hasad qilishdan, baʼzilarining baʼzilari ustidagi afzalliklarida orzu qilishdan qaytardi. Alloh taʼolo aytadi:

وَلَا تَتَمَنَّوْا مَا فَضَّلَ اللَّهُ بِهِ بَعْضَكُمْ عَلَىٰ بَعْضٍ ۚ لِّلرِّجَالِ نَصِيبٌ مِّمَّا اكْتَسَبُوا ۖ وَلِلنِّسَاءِ نَصِيبٌ مِّمَّا اكْتَسَبْنَ

“ Alloh taʼolo baʼzingizni baʼzilar ustidan afzal qilgan narsada orzu qilmangiz. Erlar uchun kasb qilgan narsalarida nasiba bor va ayollar  uchun ham oʻzlari kasb qilgan narsada nasiba bor”.[4:32].

 Islom ularning har birini oʻzini boshqasiga oʻxshatishdan qattiq qaytardi. Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – aytadilar:

لَعَنَ رَسُولُ اللَّهِ – صلى الله عليه وسلم – الْمُتَشَبِّهِينَ مِنَ الرِّجَالِ بِالنِّسَاءِ ، وَالْمُتَشَبِّهَاتِ مِنَ النِّسَاءِ بِالرِّجَالِ

“Alloh ayollarga oʻxshamoqchi boʻlgan erkaklarni ham, erkaklarga oʻxshamoqchi boʻlgan ayollarni ham laʼnatladi”. Buxoriy rivoyati.

Ayrim ahkomlardagi bu har hillik ayol kishini daʼvatni yetkazishdan ham, bugun, melodiy 21- asrda  musulmonlar yashayotgan buzuq voqeʼlikni oʻzgarirish masʼuliyatidan ham ozod qilmaydi. Shuning uchun ayol ushbu amr qarshisida erkak kabi xitob qilingandir. Alloh aytadi:

إِنَّ اللَّهَ لَا يُغَيِّرُ مَا بِقَوْمٍ حَتَّىٰ يُغَيِّرُوا مَا بِأَنفُسِهِمْ

“Albatta, Alloh bir qavmdagi narsani oʻzgartirmaydi toki ular oʻzlaridagi narsani oʻzgartirmagunlaricha”.[13:11].

Oyati karimadagi “qavm” lafzi erkaklarni ham, ayollarni ham birdek oʻz ichiga oladi.  “Sizlardan bir ummat-jamoat boʻlsin”, oyati karimasidagi “ummat” lafzi erkakni ham, ayolni ham oʻz ichiga oladi. Daʼvatni tark etish hamda buzuq voqeʼlikni oʻzgartirishni tark etishga belgilangan uqubot juda qattiqdir. Alloh aytadi:

وَاتَّقُوا فِتْنَةً لَّا تُصِيبَنَّ الَّذِينَ ظَلَمُوا مِنكُمْ خَاصَّةً ۖ وَاعْلَمُوا أَنَّ اللَّهَ شَدِيدُ الْعِقَابِ

“Xossatan sizlardan zulm qilganlarnigina musibatlamaydigan fitnadan qoʻrqinglar. Bilinglarki, Alloh  azobi qattiq boʻlgan zotdir”. [8:25].

  Rasululloh – sollollohu alayhi va sallam – aytadilar:

وَمَن مَاتَ وَليسَ في عُنُقِهِ بَيْعَةٌ، مَاتَ مِيتَةً جَاهِلِيَّةً

  “Kim oʻlsa va uning gardanida xalifaga bayʼat boʻlmasa, johillarcha oʻlgan boʻladi”. Muslim rivoyati.

  Darhaqiqat, arablarning erkaklari ham, ayollari ham ushbu dalillarni tushinib yetganlar hamda erkaklar kabi ayollar ham iymon keltirganlar. Erkaklar kabi ayollar ham daʼvatni yetkazish vazifalarini bajarganlar.  Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – ga birinchi iymon keltirgan inson u zotning ayollari Xadija binti Xuvaylid – roziyallohu anho – onamiz edilar. Xadija onamiz har doim Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – ning yonlarida u kishini qoʻllab quvvatlab, u zotga tirgak boʻlib turganlar. Biror yomon soʻz eshitsalar yoki biror ozorga yoʻliqsalar, albatta onamiz Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – ning yonlarida boʻlganlar, U zotga dalda berib, dardlarini yengilatganlar. Ilk bor vahiy tushgan mahalda paygʻambarimiz – sallollohu alayhi va sallam – qaltiroq bosgan holda Hadija onamiz yonlariga “Meni oʻrab qoʻyinglar, meni oʻrab qoʻyinglar”, deb keladilar. Shunda onamiz mana bunday deb u zotni yupantirgan edilar:

فَوَاللَّهِ لا يُخْزِيكَ اللَّهُ أبَدًا؛ إنَّكَ لَتَصِلُ الرَّحِمَ، وتَصْدُقُ الحَدِيثَ، وتَحْمِلُ الكَلَّ، وتَقْرِي الضَّيْفَ، وتُعِينُ علَى نَوَائِبِ الحَقِّ

  “Allohga qasamki, U hech qachon sizni xafa qilib qoʻymaydi. Albatta siz qarindoshlar bilan bordi-keldi qilasiz, rost soʻzlaysiz, yetimning boshini silaysiz, kambagʻalga yordam berasiz, mehmon kutasiz, haq yoʻlda musibatlanganlarga koʻmaklashasiz”.

  Soʻngra mana bunday deb u zotni tinchlantirgan edilar:

أَبْشِرْ يَا بن عمّ واثبت، فو الّذي نَفْسُ خَدِيجَةَ بِيَدِهِ إنِّي لَأَرْجُو أَنْ تَكُونَ نَبِيَّ هَذِهِ الْأُمَّةِ المنتظر

  “Xursand boʻling, ey amakimning oʻgʻli va sobit qadam boʻling. Xadijaning joni uning qoʻlida boʻlgan Zotga qasamki, men sizni shu Ummatning kutilayotgan paygʻambari boʻlishingizni umid qilaman”.

  Shundan soʻng Xadija onamiz amakilari Varaqa ibn Navfalga boradilar. Varaqa nasroniy edi. Undan paygʻambarimiz – sallollohu alayhi va sallam – ning ishlari xaqida tushintirib berishini soʻraydilar.

  Quraysh Rasululloh -:sallollohu alayhi va sallam – ni va u zotga iymon keltirgan musulmonlarni qamalga olib, ular bilan butkul aloqani uzishga qaror qilishgan paytda Xadija onamiz Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – ning yonlarida turdilar. Qoʻllaridan kelgunicha u Zotni qoʻlladilar. Oʻzlarining shinam hovlilarini tark etib, Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – bilan birga jazirama saxrodagi darada birga turdilar. Yoshlari ulgʻayib, zaiflashib qolganlariga qaramay barcha aziyatlarni Rasullolloh – sallollohu alayhi va sallam – bilan birga koʻtardilar. Xadija onamiz vafot etganlarida Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – qattiq qaygʻurdilar va shunday dedilar:

خيرُ نساءِ العالمينَ أربعٌ : مريمُ بنتُ عمرانَ ، وآسيةُ بنتُ مزاحمٍ امرأةُ فرعونَ ، وخديجةُ بنتُ خويلدٍ ، وفاطمةُ بنتُ محمدٍ

  “Dunyodagi eng yaxshi ayollar; Maryam binti Imron, Osiya binti Muzoxim – “Firʼavn ayoli”, Xadija binti Xuvaylid va Fotima binti Muhammaddirlar”. Buxoriy va Muslim rivoyati.

  Ushbu ayollarni birlashtirib turgan narsa shu ediki, ular Allohga va Uning elchilariga iymon keltirdilar va bu yoʻldagi turli hil aziyat va ozorlarni koʻtardilar. Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – Xadija onamizni koʻp sano va maqtovlar bilan yodga olar edilar. Kunlarning birida Oisha onamiz; “Alloh taʼolo sizga undan ham yaxshirogʻini berdiku”, deganlarida, raddiya bildirib, shunday degan edilar:

ما أبدَلَني اللهُعزَّ وجلَّ خَيرًا منها، قد آمَنَتْ بي إذ كفَرَ بي الناسُ، وصدَّقَتْني إذ كذَّبَني الناسُ، وواسَتْني بمالِها إذ حرَمَني الناسُ،…،

“Allohga qasamki, Alloh undan yaxshirogʻini menga bermadi. Insonlar kofir boʻlganlarida u iymon keltirdi, insonlar meni yolgʻonchiga chiqarishganda u meni tasdiqladi hamda insonlar meni mahrum qilganlarida u oʻz moli bilan menga yordam berdi”. Ahmad va Hofiz “Al-fath”da chiqarganlar.(davomi bor).

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.