بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Amerika siyosiy yechimga zamin yaratish hamda jinoyatkor muassasalarni mustahkamlash uchun Suriya rejimiga qonuniylik berishga telbalarcha harakat qilmoqda
Ustoz Nosirshayx Abdulhay
Hizb ut-Tahorir – Sudan viloyati
matbuot boʻlimi aʼzosi
Amerikaning Suriyadagi voqealarga nisbatan pozitsiyasi qanday, degan savol shu kunlarda koʻp takrorlanmoqda. Ayniqsa, soʻnggi paytda Amerika oʻz malayi Asad rejimiga nisbatan va uni hokimiyatda olib qolish yoki haydab chiqarishga nisbatan goh aniq bayonotlar berayotgan boʻlsa, baʼzida qorongʻi, qarama-qarshi va telbanamo bayonotlar bermoqda. Shuning uchun mazkur savol oʻrtaga chiqmoqda.
Xoʻsh, bu bayonotlar nimaga dalolat qiladi va qanchalik jiddiy?!
Bu bayonotlarning Amerika 2012 yil “Jeneva-1”da ishlab chiqqan siyosiy yechimiga aloqasi bormi?!
Amerika Afgʻoniston va Iroqdan chiqib ketishi ortidan Suriyadan ham chiqib ketishni koʻzlayaptimi?!
Bu chiqib ketishni Rossiya va Erondan oldin amalga oshirishi mumkinmi?!
Insha Alloh, mana shularni bayon qilib, javob berishga harakat qilamiz.
Bir oz ortga qaytadigan boʻlsak, 2011 yil Shom qoʻzgʻoloni boshlangan paytda Amerika bu qoʻzgʻolonni maqsadlari aniqligi va hayqiriqlari rostligi bilan mintaqadagi boshqa qoʻzgʻolondan alohida ajralib turuvchi xususiyatlarini anglagan.
Shom qoʻzgʻoloni qanchalar kuchayib, koʻlami kengayib, surʼati oshib, qoʻzgʻolonchilar talabi tiniqlashib, zafar sari oʻzgarmas gʻoyalari belgilangani sari, Amerika ham shunga amin boʻldiki, oʻzining malayi Asad rejimi haqiqiy xavf ostida qoldi, zudlik bilan uni agʻdarilishini oldini olish darkor.
Odatiga koʻra, oʻz malaylari bilan ommaviy axborot vositalari orqali avval koyish, dahanaki “jang”, soʻng esa yarashib, muvofiqlashish munosabatlarini olib borgach, parda ortidan turib, mintaqadagi malay va qurollari orqali malayi Asad rejimini qoʻllab-quvvatladi, uni barcha tiriklik vositalari bilan taʼminladi… Shu orqali qoʻzgʻolonni jilovlashga, qoʻzgʻolonchilar talablarini pasaytirishga urindi. Goh bu rejimga qon toʻkishi uchun muhlat bersa, gohida BMT va Xavfsizlik Kengashi ortiga yashirinib ish qildi. Oʻz malayi Asad rejimini qoralovchi qarorlarga nisbatan Rossiya va Xitoy tomonidan qoʻyilgan vetolarga munofiqlarcha oʻzini norozi qilib koʻrsatdi, aslida bu votodan juda xursand edi.
Amerika qoʻzgʻolonimizni boʻgʻizlash uchun dushmanlarimizga eng gʻirrom-nopok rollar boʻlishib berdi. Masalan, Eronga, uning Livandagi hizbiga va mazhabparast jangarilariga Asad rejimini qutqarish va Shom musulmonlari tiz choʻkishlari va qoʻzgʻolonlaridan voz kechishlari uchun ularga zulmu zoʻravonlik qilish rolini topshirdi.
Buni uddalay olmagach, 2015 yil Obama bilan Putinning Nьyu-Yorkdagi uchrashuvining ertasi kuni, Amerika Rossiyaning Suriyaga aralashishiga yashil chiroq yoqib berdi…
Turkiya rejimining roli esa, Shom qoʻzgʻolonini aldash, jilovlash va tuzoq qoʻyish boʻldi. Qatar, Saudiya, Iordaniya va boshqa munofiqlik bilan oʻzini Suriya xalqiga doʻst qilib koʻrsatgan har bir davlatga ham Turkiyaga topshirilgan rolь topshirildi. Oqibatda nopok siyosiy pullar toʻkildi va ularni xoinlar sotib olish, frontlarni yopish, qoʻzgʻolon yoʻnalishini burib, guruhlarni bir-birlari bilan urushtirish kabi jinoyatga sarflandi. Shu orqali qoʻzgʻolon ruhini oʻldirish, odamlarni qoʻzgʻolondan bezdirish, kuch-quvvatini tugatish hamda rejimni agʻdarish oʻrniga oʻzaro qirpichoq boʻlishga majburlash koʻzlandi.
Demak, Obama qoʻzgʻolonning birinchi yillaridan boshlab Suriyadagi jinoyatchi rejimning oʻz qonuniyligini yoʻqotgani va javobgarlikka tortilishi toʻgʻrisida masxarabozlik bayonotlarini berib keldi. Ammo bu rejim qoʻzgʻolonni yoʻq qilish uchun nafaqat taqiqlangan, hatto kimyoviy va boshqa global rivojlangan qurollardan ham foydalandi. Obama turli iblisona uslublar bilan faqat qoʻzgʻolonchilar gʻazabini bostirish va soʻndirishga harakat qildi… Togʻut rejimga esa, qoʻzgʻolonni yoʻq qilish maqsadida qon toʻkishi uchun tinmay muhlat ketdan muhlat, fursat ketidan fursat berib turdi…
Obamadan keyin Tramp kelib, u ham oʻshaning izidan bordi. Bir necha bombalar bilan Shayrat aerodromiga zarbalar yoʻlladi. Buni u odamlar ustidan kulish va qonxoʻr rejim ortida turgan va uni hayot vositalari bilan qoʻllab-quvvatlayotgan Amerika ekanligini yana bir bor taʼkidlash maqsadida qildi.
Bugun esa, Amerika garchi Shomdagi malayining barcha kuzir kartalari tugaganini, haybati ketib, endi uning manfaatlarini taʼminlashga yaroqsiz boʻlib qolganini anglayotgan boʻlsa-da, biroq biz uning qarshimizga chiqib, tutgan pozitsiyasi va bergan bayonotlaridan malayini hokimiyatda vaqtinchalik boʻlsa ham olib qolish maqsadi borligini koʻryapmiz.
Bir yildan koʻproq boʻldi, oʻngimizda AQShning Suriyadagi sobiq vakili Jeyms Jeffri paydo boʻlib, “Amerika Rossiyani Suriyadan chiqarishni ham, rejimni agʻdarishni ham, Basharni oʻzgartirishni ham istamaydi, balki faqat uning xatti-harakatini oʻzgartirmoqchi”, dedi.
Uning bu gaplariga hamohang AQSh davlat kotibi Blinken ham bir necha kun oldin “Asad oʻz xatti-harakatlarini oʻzgartirmaguncha u bilan munosabatlarni normallashtirishga ham chaqirmaymiz, Suriyani qayta qurishga ham ruxsat bermaymiz”, dedi.
Joriy oy boshida Interpol 2012 yildan beri joriy qilib kelingan surgun-taqiq jazosi rejimdan olib tashlanganini eʼlon qildi.
Iordaniya rejimi bir necha yildan beri yopiq turgan chegaralarini Suriyadagi jinoiy rejim bilan hamkorlikda “Jobir Nasib” oʻtish punkti orqali ochib yubordi. Amerika uning bu qadamini olqishladi, soʻng bu olqishlovidan qaytib, bu mavzuga nisbatan pozitsiyamiz “oʻrganish” bosqichida, dedi. Shu bilan birga, iordaniyalik rasmiylar Asad rejimi rasmiylari bilan qoʻshma uchrashuvlar oʻtkazib, Misr gazini va Iordaniya yoqilgʻisini Livanga Suriya orqali olib oʻtish masalasini muhokama qilishdi.
Bayden maʼmuriyatiga kelsak, u “Tsezar qonuni” doirasida Asad rejimiga joriy qilingan sanktsiyalardan baʼzilarini bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qildi… Asadni Arab davlatlari Ligasiga qaytarish uchun Misr-Iroq siyosiy harakatlari boshlandi… Amirliklar bilan Bahrayn Damashqdagi oʻz elchixonalarini qayta ochishdi.
Misr tashqi ishlar vaziri, amaldagi matbuot kotibi Shukriy “konstitutsiyaviy qoʻmita ishining keyingi bosqichi siyosiy kelishuv yoʻlida ijobiy oʻzgarishlarga olib keladi”, degan umidda ekanini taʼkidlash bilan Amerikaning istagini ifodaladi. Bu bayonotdan konstitutsiyaviy qoʻmita Amerikaning siyosiy yechimini tatbiq qilishni davom ettirish yoʻlidagi vositalardan biri ekani koʻrinib turibdi. Hozirgacha bu yechimning 110ga yaqin moddasi shov-shuvlar va axborot vositalaridan yashirincha ishlab chiqilgan.
Biz AQShning Suriyadagi yana bir elchisi Robert Fordning mana bu bayonotini ham keltirmoqchimiz: “Asad hokimiyatda qoladi. Hech qanday amaliy alьternativa yoʻq. Suriya muxolafati bu rejimni agʻdarishga qodir boʻluvchi biror uslubni oʻylashga ham haqqi yoʻq”!
Amerika Bashar Asadning oʻrnini bosa oladigan biror munosib xalqchil alьternativani haligacha topolmadi.
Unutmaslik kerakki, Bayden maʼmuriyatining ham Asad rejimiga nisbatan pozitsiyasi yangilik emas. Darvoqe, 2015 yilda Jon Kerri Shom togʻutining “saylovlarda nomzod boʻlishini va muxolafat uning saylovda yutishiga yoʻl qoʻymasligi lozimligi”ni taʼkidlagan.
BMTning inson huquqlari kengashi yuzsizlik bilan “Suriya rejimi qochqinlar va koʻchirilganlarning tinch va munosib ravishda qaytishlari uchun haligacha xavfsiz muhit yaratmadi”, dedi. Yaʼni, bu tashkilot qonxoʻr rejim shuncha jinoyatkor xatti-harakatlaridan bir oz qaytgan boʻlib koʻrinsa, darhol uni tan olmoqda!
Maʼlumki, Bassom Sabbogʻ hamon BMTning Suriyadagi rasmiy vakili boʻlib turibdi.
Vashington Post gazetasida nashr qilingan jurnalist Josh Roginning maqolasida esa, “Baydenning Suriya rejimi bilan munosabatlarni normallashtirganlarni Tsezar qonuni asosida jazolamaslikka qattiq vaʼda bergani” aytildi.
Vashington Suriya demokratik kuchlari (Qasad)ga Asad rejimi bilan neftь savdosini rivojlantirish uchun yashil chiroq yoqib berdi. Maʼlumki, “Zaytun novdasi” va keyingi “Tinchlik manbai”ning operatsiyalaridan koʻzlangan maqsadlardan biri kurdlarni rejimning quchogʻiga tobora chuqurroq kirishga undash boʻlgan.
Yuqoridagilardan yaqqol koʻrinib turibdiki, Asad rejimiga iqtisodiy, xavfsizlik va hatto siyosiy dastaklar orqali qayta xalqaro qonuniylik tusini berishga harakat qilinmoqda.
Soʻzimiz xulosasi shuki, Amerikaning oʻz malayi Asad rejimiga xalqaro qonuniylik tusini berishga va odamlarni bunga majbur qilishga urinishdan boshqa chorasi qolmadi. U odamlar irodasini sindirishga va Suriya davlati muassasalarini saqlab qolishga qodirman, deya umid qilyapti. Shu orqali kelajakda ikkinchi bosqichga zamin tayyorlash uchun muammoni faqat prezident shaxsiga cheklamoqchi…, harbiy kuch bilan siyosiy yechimini tatbiq qilmoqchi. Yaʼni, Amerika istagi boʻyicha, odamlarga zulm qilayotgan Suriyadagi xavfsizlik va harbiy repressiv muassasalar hamda Alloh va Rosuliga urush eʼlon qilgan ilmoniy konstitutsiya saqlanib qolishi kerak. Prezident shaxsini esa, Amerika qachon yangi alьternativa pishib yetilganiga ishonch hosil qilsa, oʻshanda oʻzgartirishi mumkin.
Mudom, Shom musulmonlari tomirida qon qaynar ekan, Allohning izni ila, bu niyati hargiz amalga oshmaydi. Chunki vaziyat qanchalar ogʻir boʻlmasin, qancha qurbonliklar berilmasin, musulmonlar rejimni konstitutsiyasi, arkonlari, basharalari va repressiv muassasalari bilan qoʻshib agʻdarishga va uning xarobalari uzra Xalifalik davlatidagi Islom boshqaruvini barpo etishga qasam ichganlar. Darhaqiqat, qoʻlimizda hanuz nusrat omillari mavjud, hamon bu qonxoʻr rejimda boʻlinish va vayron boʻlish omillari bor.
Bizdan talab qilinayotgan narsa, nusrat sabablarini ushlab, siyosiy yetakchilik ortidan ergashish, xolos. Bu siyosiy yetakchilik qoʻlida Ummat aqidasi toʻridan balqib chiqqan xaloskorlik loyihasi bor. U bizga, avvalo Alloh Subhanahuga tavakkal qilib-suyangan holda, soʻng qutulish yoʻlini va poytaxt Damashqqa olib boruvchi yoʻl xaritasini chizib bergan. Alloh Azza va Jalla aytadi:
﴿وَلَيَنصُرَنَّ اللَّهُ مَن يَنصُرُهُ إِنَّ اللَّهَ لَقَوِيٌّ عَزِيزٌ﴾
“Alloh Oʻziga (yaʼni diniga) yordam beradigan zotlarga albatta nusrat berur, shubhasiz, Alloh kuchli, qudratlidir” [Haj 40]
Roya gazetasining 2021 yil 27 oktyabr chorshanba kungi 362-sonidan