بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
O‘nlab livanliklar yoqilg‘i mahsulotlari tanqisligi va odamlar qiyin ahvolda qolganligiga norozilik sifatida juma namozini Saydodagi yoqilg‘i quyish shahobchasida o‘qidilar
Anadolu axborot agentligi (hijriy 1443 yil 26 muharram, milodiy 2021 yil 3 sentyabr juma kuni) tarqatgan xabarda bunday deyiladi:
«O‘nlab livanliklar yoqilg‘i mahsulotlari tanqisligiga norozilik sifatida juma namozini yurt janubidagi Saydo shahri yoqilg‘i quyish shahobchasida o‘qidilar.
Livan bir necha oydan beri yoqilg‘i mahsulotlari etishmovchiligidan aziyat chekmoqda. Buning oqibati o‘laroq, ayrim yoqilg‘i quyish shahobchalari eshiklarini yopib olgan, ba’zilarida aholi zich-gavjum, ko‘p hollarda oralarida janjal chiqyapti…
Yoqilg‘i krizisi bu yurtning 2019 yil oxiridan buyon boshdan kechirayotgan iqtisodiy krizisining eng e’tiborni jalb qiluvchi oqibatlaridan biridir. Bu moliyaviy krizisga olib kelgan hamda xorijdan yoqilg‘i mahsulotlarini import qilish uchun kerakli chet el valyutasining taqchilligiga sabab bo‘lgan edi».
Roya:
Livan iqtisodiy jihatdan haqiqiy krizisda yashamoqda. U bir tarafdan rejimdagi mavjud tizimning korruptsiyasidan hamda muammolarning muolajasi uchun berilayotgan echimlarning buzuqligidan azob chekmoqda. Chunki bu narsalar mamlakatni 100 milliard dollarga yaqin qarz botqog‘iga botirib qo‘ydi. Ikkinchi tarafdan esa, korruptsiyachi rahbarlar korruptsiyalashgan rejim rulini o‘z cho‘ntaklari va qorinlarini to‘ldirish uchun boshqarishyapti… Odamlarning azob-uqubat chekishlari, ochlik va xorlikda kun kechirayotgani ularni zarracha tashvishlantirmaydi. Chunki bu rahbarlar odam emas, ularni odamlar safiga qo‘shib bo‘lmaydi, balki ular Rosululloh ning
«قُلُوبُهُمْ قُلُوبُ الشَّيَاطِينِ فِي جُثْمَانِ إِنْسٍ»
«Ularning tanasi inson tanasi xolos, ammo qalblari shaytonlar qalblaridir», degan hadislaridagi kimsalar sifatiga to‘g‘ri keladi. Bu krizislar odamlarni shu rahbarlar va ularning xo‘jayinlari istagiga bo‘ysundiruvchi qasddan sistematik ravishda olib borilayotgan siyosatdir! Ular insonlardan mavjud voqelikka va o‘z ahvollariga ko‘nib, taslim bo‘lishlarini istashyapti.
Bu krizisdan qutulish yo‘li, oyog‘idan boshiga qadar korruptsiya botqog‘iga botgan ushbu buzg‘unchi rejimni ildizi bilan qo‘porib tashlashdan, odamlarning bir-birlariga qarshi turish bilan kuchlarini behuda sarflashlariga chek qo‘yishdan, balki kuch-qudratlarini ana shu kimsalarni hech istisnosiz ag‘darish tomonga yo‘naltirishdan hamda odamlar sabr qilib, bir-birlarini sabrga chaqirishidan iborat. Zero, sabr qiyinchilik bilan birga bo‘ladi. Shuningdek, o‘z faoliyat va sa’y-harakatlarini boshqa islomiy yurtlardagilarning faoliyat va sa’y-harakatlariga bog‘lagan holda, Livanni hokimiyatdagi malay korruptsiyachi rahbarlar olib kelib qo‘ygan tupikdan chiqarish uchun harakat qilayotgan Livanning xolis farzandlari bilan bog‘lanish lozim. To Alloh Taolo bizni O‘zining yorug‘ kunlarini ko‘rishga O‘z izni ila muyassar qilguniga qadar, Livan ahli Ummat va uning najoti yo‘lida faoliyat qilayotganlar safidagi o‘z o‘rnini saqlab qolmog‘i va ushbu Shom zaminida sobit bilan turmog‘i darkor. Shu bilan birga, buzuq voqelikni o‘zgartirishga harakat qilib, har doim unga o‘z noroziligini ochiq shaklda bildirmog‘i kerak.
Roya gazetasining 2021 yil 8 sentyabr chorshanba kungi 355-sonidan