Japarov va Mirziyoev Qambarota-1 GES qurilishi masalasini muhokama qildi

678
0

Japarov va Mirziyoev Qambarota-1 GES qurilishi masalasini muhokama qildi

 Mirziyoev  Sadir Japarovni ilk bor Maslahat uchrashuvida ishtirok etayotgani bilan chin dildan qutladi va bu ko‘p tomonlama muloqot maydoni mintaqamiz farovonligi yo‘lida mamlakatlar sa’y-harakatlarini birlashtirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

 Uchrashuvda, avvalo, joriy yil 11-12 mart kunlari Japarovning O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi batafsil muhokama qilindi.

 Energetika sohasidagi hamkorlik, xususan, Qambarota-1 gidroelektr stantsiyasini birgalikda qurish masalalari ham ko‘rib chiqilgan.

 Mirziyoev “O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy” temir yo‘li strategik ahamiyatga ega ekani, uni qurish bo‘yicha muzokaralarni jadallashtirish muhimligini ta’kidladi.

 Izoh: Karimov prezidentligi vaqtida uzoq yillar Qambarota GEsini qurilishiga qarshilik qilib keldi. Chunki, u GES o‘z hokimiyati uchun hatar va bosim o‘tkazish richaglaridan biri bo‘lib qolishidan qo‘rqar edi. Shu sababli hatto suv orqasidan urush kelib chiqishi mumkinligi bilan tahidid qilib bo‘lsa ham qurilish boshlanishiga to‘siq qo‘yishga intildi.

 Karimovdan keyin hokimiyat tepasiga kelgan Mirziyoev nisbatan “ochiq” siyosat olib qo‘shni davlatlar bilan aloqa o‘rnatib va iqtisodiy aloqlarni tiklay boshladi. 2017 yili rasmiy o‘zbek hukumati Karimov tish-tirnog‘i bilan qarshi bo‘lgan “Qambarota- 1” GESini qurishda hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganib chiqishi yuzasidan bayonot berdi. Joriy yilning Sadir Japarovning 11-12 mart kunlari Toshkentga qilgan safari chog‘ida bu borada ayrim kelishuvga ham erishildi.

 “Biz “Qambaota-1” GESini O‘zbekiston bilan birga qurish to‘g‘risida shartnomaga erishdik. Hozir ish boshlandi. Hudo hoxlasa, “Qambarota-1” GESini uch yil ichida qurishni maqsad qildik. Bu loyiha to‘liq amalga oshadi. 30 yildan beri amalga oshmay qolib ketayotgan bu loyiha uch yilda qurib bitkaziladi”, – degan edi Sadir Japarov.

 Ammo berilgan bayonotlar ham, erilshilgan kelishuvlar ham hozircha qog‘ozda qolib ketmoqda. Chunki, “Qambarota -1” GEs ulkan loyiha bo‘lib buni ikki respublika birlashgan taqdirda ham barop etish imkoni yo‘q. 2014-yilgi hisob-kitoblarga ko‘ra, “Qambarota-1” GES qurulishning qiymati 2,7-3 milliard dollarga baholangan edi. Oradan o‘tgan vaqt mobaynidabu qiymat oshgan bo‘lishi aniq. Agar ikki davlat ushbu mablag‘ni topgan taqdirida ham na Qirg‘iziston va na O‘zbekistonda bunday ulkan GES qurish bo‘yicha tajriba bor. O‘zbekistonning suv inshootlarini qurish bo‘yicha tajriba va mahorati “Sardoba” suv omboridagi fojeadan so‘ng qanchalik ekanligi barchaga ma’lum bo‘ldi. Shu sababli qirg‘iz-o‘zbek hamkorligi uchinchi bir tajribali sherik va sarmoyador topishiga to‘g‘ri keladi. Ushbu sherik esa Rossiyadan boshqasi bo‘lishga rus hukumati yo‘l qo‘ymaydi. Garchi Rossiya loyihada ishtirokini to‘xtatib qo‘ygan bo‘lsada, GES kabi muhim strategik ob’ektni osonlikcha boshqa davlat qo‘liga topshirib qo‘ymaydi.

Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.