Oq uy Suriya qo’zg’olonchilarini qurollantirish rejasini rad qildi

469
0

Amerikaning Nyu-York Tams gazetasining yozishicha, Oq uy sobiq tashqi ishlar vaziri Hillari Klenton va markaziy razvedkaning sobiq raisi Devid Petrius tayyorlagan “Suriya qo’zg’olonchilarini qurollantirish” rejasini rad qildi.

Gazetaning Oq uydagi mas’ullarga tayanib keltirishicha, reja o’tgan yozda tayyorlanib Oq uyga taqdim qilingan. Biroq Oq uy Suriya qo’zg’olonchilarini qurollantirish ortidan tug’ilishi mumkin bo’lgan xatarlardan xavfsirab buni rad qilmoqda. Oq uy qurollar Prezident Asad rejimiga qarshi jang olib borayotgan ekstrimistik ruhdagi jangchilar (mujohidlar) qo’liga tushib qolishidash tashvishlanmoqda.

Vashington oldinroq Suriya rejimiga qarshi jang olib borayotgan guruhlardan biri Jabhatun nusra jamoasini Iroqdagi Alqoidaga aloqadorligi hujjati bilan terroristik tashkilotlar ro’yxatiga kiritgan edi.

Shuningdek, Oq uy bu kabi qarorlar Noyabr oyida bo’lib o’tgan Obamaning ikkinchi saylanishiga yomon ta’sir qilishidan cho’chigan.

Nyu-York Tams gazetasiga ko’ra, Obama idorasidagi mas’ullar Suriya qo’zg’olonchilarini qurollantirish rejasi Obama g’alabaga erishgan saylovdan so’ng yangidan qo’zg’atilishini kutishgan, lekin bu amalga oshmagan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.