Toshkent viloyatida yangi oltin koni qurilishi boshladi

573
0

Olmaliq tog’-kon metallurgiya kombinati Toshkent viloyatida oltin qazib chiqaradigan “Samarchuk” yangi kon qurilishi ishlarini boshladi. Axborot agentliklari xabariga ko’ra, qiymati 74 million AQSh dollariga teng ekani aytilayotgan loyiha “Qizilolma” koni bazasida “Samarchuk” er osti koni qurishni nazarda tutadi. Yiliga 200 ming tonna ma’dan qazib chiqarish quvvatiga ega bo’lgan yangi kon qurilishi 2015 yilgacha tugatilishi rejalangan. Yangi konni ishga tushirish uchun Olmaliq tog’-kon metallurgiya kombinati o’z hisobidan 35 million dollar, O’zbekiston qayta qurish va taraqqiyot jamg’armasi 14,2 million dollar va O’zbekiston banklari 24,8 million dollar kredit ajratadi.

Xalqaro mutaxassislarning 2000 – yil arafasidagi hisob-kitoblariga ko’ra, O’zbekistondagi oltin zahiralari 3000-3500 tonna deb baholangan edi. O’zbekistonda har yili 85-90 tonna oltin qazib olinmoqda. Demak, oltin zahiralarimiz yarmidan ko’pi qazib olib tugatildi. Shu ahvolda yaqin 15-20 yilda oltin zahiralarining tugash xavfi bor. Oltinlarni sotishdan kelgan milliard-milliard dollarlar qayga ketdi? Bu savol ochiq qolmoqda.

“2012 yil 6 noyabr kuni Toshkentda “Qattiq foydali qazilmalarning investitsion salohiyati” deb nomlangan xalqaro konferentsiyada tarkibida metall va ma’dan xom-ashyosi mavjud foydali qazilma konlari, shuningdek marmar tosh hamda boshqa tur qurilish materiallari olish mumkin bo’lgan konlar sarmoyadorlarga taklif etildi.

O’zbekistonda chiqadigan “Econews” nashri xabariga ko’ra, O’zbekistonda jami investitsiyalash ob’ekti sifatida tavsiya qilingan maydonlar soni 38 tani tashkil etdi. Shuningdek, 159 ta yirik kon geologiya-qidiruv ishlarini yo’lga qo’yish uchun sarmoyadorlarga taklif qilindi.

Regnum” axborot agentligining O’zbekiston rasmiysiga tayangan holda xabar qilishicha, 226 manbadan 177 tasida gaz, 118 tasida neft va 138 tasida esa kondensat zahiralari borligi aniqlangan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, bu manbalar Farg’ona, Surxondaryo, Hisor, Buxoro-Xiva va Ustyurt mintaqalarida joylashgan. Shuningdek, Xorazm va Sirdaryo viloyatlaridagi gaz va neft borligi taxmin qilingan yangi manbalar ham aniqlangani aytilmoqda.

Agentlik xabariga ko’ra, hozir O’zbekistonda sarmoya kiritish uchun qayd etilgan jami 47 ta konning 26 tasida xorij kompaniyalari ishlamoqda. Ikkitasida esa “O’zbekneftgaz” xolding kompaniyasi xorij kompaniyalari bilan hamkorlikda ishlayapti. Yana oltitasi bo’yicha esa xorijiy shirkatlar bilan muzokaralar bormoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.