Erdo‘g‘an Abbos bilan uchrashdi

485
0

Erdo‘g‘an Abbos bilan uchrashdi

Falastin prezidenti Mahmud Abbos Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan Turkiyaga keldi. Erdo‘g‘an falastinlik hamkasbini Istanbuldagi Vahdettin saroyida qabul qildi. Rahbarlarining matbuot uchun yopiq o‘tgan uchrashuvida ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar va hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha amalga oshitilayotgan ishlar, shuningdek Falastindagi insoniy vaziyat muhokama qilingani aytilmoqda.

Erdo‘g‘an Turkiya sifatida (Isroil)ning Falastindagi vahshiyliklariga sukut saqlamaganliklarini va bundan keyin ham sukut saqlamasliklarini alohida ta’kidladi. Unga ko‘ra, (Isroil)ning bosqinchilik siyosati davom etar ekan, mintaqada doimiy tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish mumkin emas.

Ikki prezidentning yopiq eshiklar ortida o‘tgan  1 soat 15 daqiqalik uchrashuvidan so‘ng har ikki tarafning tashqi ishlar vazirlari, diyonat ishlari vazirlari, milliy razvedka tashkiloti rahbarlari va diplomatik ishlar bo‘yicha maslahatchilar o‘rtasida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Izoh: Darhaqiqat janob Erdog‘an (Isroil)ning Falastindagi vahshiyliklariga sukut saqlamadi, balki tomog‘i yirtilguncha baqir-chaqir qildi. Ammo amalda esa, hech vaqo yo‘q. Ozarbayjonga yuborilgan uchuvchisiz samalyotlar Falastinning mazlum ahli uchun ravo ko‘rilmadi. Falastinliklarning namoyishlarda “Ey Erdog‘an, qaerdasan? Sening va’dalaring qayoqda qoldi”, mazmundagi chaqiriqlariga parvo ham qilinmadi. Hatto (Isroil) samalyotlari G‘azo ahliga qarshi qonli hujum uyushtirayotgan vaqtda ham  o‘sha samalyotlar uchun sotilayotgan yoqilg‘i to‘xtatib qo‘yilmadi.

(Isroil)ning Falastinga nisbatan siyosati Turkiya tarafidan qattiq tanqidlarga uchrashi asosan Erdog‘an boshchiligidagi “Adolat va taraqqiyot” partiyasi hukumat tepasiga kelgandan keyin boshlandi. Ammo (Isroil) va Turkiya o‘rtasidagi tijoriy aloqalar ham aynan mana shu “Adolat va taraqqiyot” partiyasi hukumat tepasiga kelgandan keyin rekord darajaga etdi. Hatto ba’zi o‘rinlarda (Isroil)ga qaratilgan tanqidlar ortidan, bu tanqidlar Turkiya-(Isroil) aloqalariga daxli yo‘qligi ochiq aytildi. Masalan 2002 yil 3-noyabrdagi saylovlardan so‘ng, “Adolat va taraqqiyot” partiyasi vakili Murat Mercan Ariel Sharonning siyosatini qattiq tanqid qilib bayonot berdi. Ammo bu bayonotdan bir necha kun o‘tib, 2002 yil 8-noyabr kuni u (Isroil) bilan strategik aloqalar davom etishini, diniy va mafkuraviy sabablar Turkiya hukumatining tashqi siyosatiga ta’sir qilmasligini bildirdi.

Inson kim bo‘lishidan qat’iy nazar, bir so‘zni aytib, amalda doim uning ziddini qilib tursa, bu uning ikkiyuzlamachi va munofiqligiga dalolat qiladi.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.