Mamlakatdagi qimmatchilik dinga qarshi kurash bilan xal etiladimi

485
0

Mamlakatdagi qimmatchilik dinga qarshi kurash bilan xal etiladimi

  So‘nggi oylarda Qirg‘izistonda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi keskin ko‘tarildi, ba’zi mahsulotlar bir necha barobar qimmatladi. Shu sababli bosh vazir o‘rinbosari Akilbek Japarov vazirlar maxkamasi yig‘ilishida ikki-uch oy ichida chegaralar yopilishini ma’lum qildi. Uning aytishicha, eng zaruriy oziq-ovqat mahsulotlarini chetdan olib kelish ustida ish olib borish zarur. Agar zudlik bilan chora ko‘rilmasa 2-3 oydan keyin chegaralar yopilishi tufayli un tashib kelish to‘xtab qoladi. Yig‘ilishda hukumat rahbari Ulukbek Maripov oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish zarurligini ta’kidlab, mamlakatda un zaxirasi atigi 4 oyga etishini aytdi. Shu munosabat bilan vazirlar mahkamasi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun bir qator qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksport qilishga cheklovlar qo‘yilishini ma’lum qildi. Bu holat mamlakatda oziq-ovqat havfsizligi xavf ostida ekanligini ochiq ko‘rsatmoqda.

 Oziq-ovqat xavfsizligi bu – aholining oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘liq ta’minlanishi va ularni sotib olish uchun mablag‘ mavjud bo‘lishi zarurligidir. Qirg‘izistondagi oziq-ovqat xavfsizligi darajasini baholash maqsadida to‘qqiz turdagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari tasdiqlangan. Bular: non va un mahsulotlari, kartoshka, sabzavotlar, mevalar, shakar, o‘simlik yog‘i, sut va sut mahsulotlari, go‘sht va go‘sht mahsulotlari va tuxum. Mamlakatda aynan shu asosiy oziq-ovqat mahsulotlari keskin oshib bormoqda.

«Ilik uzdi» muammolar

 Iyun oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘tgan oyga nisbatan 19,5% qimmatladi. Poytaxt Bishkekdagi narxlar o‘rtacha hisobda 22,8% oshdi. Sabzi 58,4%, kartoshka 36,3% qimmatladi. Pishiqchilik mavsumi ekanligiga qaramay meva-sabzavotlar narxi 6,4% o‘sdi. O‘tgan yilga nisbatan go‘sht, guruch, o‘simlik yog‘i narxi ikki barobar ko‘tarildi. Sabzi esa 5 barobar qimmat sotilmoqda. Tarixda birinchi marta sabzining bir kilosini 100 somdan sotib olyapmiz. Mutaxassislar sabzi narxining ko‘tarilishini eksportning ikki barobar ko‘payishi bilan izohlashmoqda. Masalan, 2020-yilning besh oyida 13 ming tonna sabzi eksport qilingan bo‘lsa, 2021-yilning ayni davrida 31 ming tonna yoki 2,5 barobar ko‘p eksport qilingan. Shuningdek, may oyida kurilish materiallari narxi ham o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 10,5% oshdi. Jumladan, g‘isht 17%, shifer 15,2%, tsement 10,4% qimmatladi. Shunday qiyin vaziyat tufayli ba’zi fuqarolarning kiyim-kechak va ro‘zg‘or buyumlarini oziq-ovqatga almashtirish bo‘yicha e’lon berishi holatlari uchramoqda. Bunga qo‘shimcha, qishloq xo‘jaligida suv tanqisligi vujudga kelib, ekinlar qurib qolmoqda. Oziq-ovqat ta’minoti aholini ham tashvishga solib qo‘ydi. Ammo, oziq-ovqat narxlaridan farqli o‘laroq, mamlakatda ish haqi 2013-yildan beri oshirilgani yo‘q. Rasmiylar mamlakatdagi narxlarni boshqa mamlakatlardagi narxlar bilan taqqoslashni odat qilib olishgan. Biroq, boshqa davlatlarda ish haqi bizga nisbatan bir necha barobar yuqori ekanligi ma’lum. Agar ish haqini go‘sht bilan hisoblaydigan bo‘lsak, Bishkekda o‘rtacha ish haqiga 35 kg go‘sht olish mumkin. Ayni ko‘rsatkich Almatida 66 kg, Moskvada 133 kg.ni tashkil etadi. Shu bilan birga, Moskvada ko‘plab oziq-ovqat mahsulotlari Bishkekka nisbatan arzon. Masalan, Moskvada tovuq go‘shti 230 som, Bishkekda 290 som, o‘simlik yog‘i Moskvada 122 som, Bishkekda 160 som, Moskvada shakar 50 som, Bishkekda 65 som, oliy navli un Moskvada 36 som, Bishkekda 54 somni tashkil etadi. 

 Bunday og‘ir vaziyat shundoq ham qashshoq yashayotgan aholini yanada og‘ir ahvolga solishi aniq. Sobiq mehnat va ijtimoiy taraqqiyot vaziri Ulukbek Kochkorov Qirg‘izistonda qashshoqlikning real darajasi 80 foizga yaqinlashib qolganini ma’lum qilgan edi. O‘rta sinf 10 foizni tashkil etadi, qolgani boylar sinfiga taalluqli bo‘lib, o‘rtadagi farq juda katta. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, kuniga 1,9 dollardan kam daromad qiluvchi kishi qashshoq hisoblanadi. 6,5 million aholisi bo‘lgan qirg‘izistonliklarning 10% o‘ta qashshoq bo‘lib, ular bir oyda 1276 som daromad qilishadi. Ayni vaqtda Qirg‘izistonda rasmiy tarzda 160 mingga yaqin odam ishsiz ekanligi aytiladi. Biroq, aslida ularning soni ancha ko‘pligi sir emas.

 Oziq-ovqat me’yorlariga rioya qilinmaydi

 Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun mamlakatdagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining 85% mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilishi zarur. Shu bilan birga, yillik iste’molning 17% turli xil favqulotda vaziyatlar uchun zaxira sifatida saqlanishi shart. Ushbu ko‘rsatkich o‘rtacha fiziologik me’yorga muvofiq, ya’ni jon boshiga quyidagicha to‘g‘ri kelishi kerak:

•      bug‘doy (maydalashdan keyingi vazni) – yiliga 115,3 kg;

•      go‘sht va go‘sht mahsulotlari – yiliga 61,3 kg;

•      sut va sut mahsulotlari – yiliga 200 kg;

•      tuxum – yiliga 182,5 dona;

•      sabzavotlar – yiliga 114,3 kg;

•      meva – yiliga 123,7 kg;

•      kartoshka – yiliga 98,6 kg;

•      qand – yiliga 25,6 kg;

•      o‘simlik yog‘i – yiliga 9,1 l. Yoki kunlik iste’mol qilingan ovqat yiliga jon boshiga 2100 kilokaloriyadan kam bo‘lmasligi kerak.

Bunga qo‘shimcha, qirg‘iz hukumati 2009-yili oziq-ovqat iste’moli me’yorlarini joriy qilgan. Unga muvofiq, fuqarolar oyiga to‘qqiz turdagi oziq-ovqat iste’mol qilishlari kerak. Bular: non mahsulotlari – 9 kg, go‘sht – 5 kg, kartoshka – 8,2 kg, sabzavotlar – 9 kg, meva-chevalar -10 kg, qand – 2 kg, sut – 17 litr, o‘simlik yog‘i – 1 litr, tuxum – 4 dona, baliq – 100 gramm, choy -200 gramm.

 Milliy statistika qo‘mitasining e’tirof etishicha, 2018-yilda mamlakat oziq-ovqat mahsulotlarining to‘qqiz asosiy turidan faqat uchtasini to‘liq etkazib bera olgan. Bular: kartoshka, sabzavot va bog‘dorchilik ekinlari, sut va sut mahsulotlari. Qirg‘izistonda qolgan oziq-ovqat mahsulotlari etarli emas, chunki boshqa mahsulotlar mamlakatda kam ishlab chiqariladi. Xususan, mahalliy ishlab chiqarish o‘simlik moyining – 20%, shakarning – 77%, tuxumni – 47%, go‘sht va go‘sht mahsulotlarini – 64%, meva va sabzavotlarning – 32%ni ta’minlaydi. Ushbu raqamlar yil sayin kamayib bormoqda, chunki asosiy oziq-ovqat mahsulotlari importi ko‘paymoqda. 2019-yili avvalgi yilga nisbatan mamlakatda import hajmi oshgan. Jumladan, bug‘doy 156,6 ming tonna, go‘sht va go‘sht mahsulotlari 39,2 ming tonna, meva-sabzavotlar 109,3 ming tonna, o‘simlik yog‘i 47,8 ming tonna, tuxum 2,2 ming tonna, shakar 26,26 tonna ko‘p import qilingan.

 Biroq, mamlakat fuqarolari asosiy oziq-ovqat turlari ichidan non va un mahsulotlari hamda o‘simlik yog‘i bilangina me’yorga muvofiq oziqlanishadi. Oziq-ovqatning boshqa turlarini belgilangan miqdordan oz olishadi. Masalan, o‘rtacha fiziologik me’yorga nisbatan go‘sht va go‘sht mahsulotlari – 37%; sut va sut mahsulotlari – 44%; tuxum – 43%; sabzavotlar – 70%; meva va poliz mahsulotlari – 26%; kartoshka – 42%; shakar – 50%ga kam.

 Tahlillar shuni ko‘ratadiki, Qirg‘izistonda aholining aksariyati asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini iqtisodiy va o‘zi etirishirish imkoniyatiga ega emas. Pandemiya shartlari tufayli bu vaziyat yanada og‘irlashmoqda. Rasmiy hukumat ushbu muammolarin hal qilish uchun aniq choralarni ko‘rish o‘rniga populistik harakatlardan nari o‘tmayapti. Masalan, biror soha vaziriga tanbeh berish yoki ishdan olish kabi. Xalqning siyosiy ongi past bo‘lgani sababli shu kabi harakatlarga aldanib qolmoqda. Aslida oziq-ovqat tanqisligi yoki narxlarning ko‘tarilishi mahalliy monopolistlarning jinoiy faoliyati va xalqaro mustamlakachilik siyosati bilan bog‘liq.

 Oziq-ovqat narxining ko‘tarilishiga bir qancha omillar ta’sir qiladi, ularning asosiylarini aytib o‘tamiz.

1-    omil: pul nizomi

 Dunyo davlatlari ilgari oltin va kumush pul nizomidan foydalanganlar. Qanday valyuta bo‘lishidan qat’iy nazar uning oltin va kumushga nisbatan belgilangan qiymati bo‘lgan. Birinchi jahon urushi davriga kelib davlatlar bu nizomdan asta-sekin bosh torta boshlashdi. 1971-yili AQSh oltin nizomini bekor qilib, dollarni oltinga bo‘lgan bog‘liqligini bekor qildi. Shundan boshlab pul vazifasini bajarib kelgan oltin oddiy tovarga aylandi, dollar esa asosiy valyuta bo‘lib qoldi. Shu tarzda bugungi pul nizomi dollar hukmronligini ta’minlab kelmoqda. Oltin nizomidan bosh tortish natijasida ko‘plab muammolar vujudga keldi, ularning asosiysi bu – inflyatsiya. Yil sayin inflyatsiya to‘xtamaydi, mahsulot va tovarlar narxlariga (o‘sishiga) ta’sir qiladi. Milliy bank ma’lumotiga ko‘ra, inflyatsiya o‘tgan yilga nisbatan 10,9%ni tashkil etdi. Qirg‘iziston eksportdan ko‘proq import qiluvchi davlat bo‘lgani uchun AQSh dollariga bo‘lgan talab barqarorligicha qolmoqda. Masalan, 2020-yili Qirg‘iziston importi 3,6 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, eksporti 1,9 milliard dollarni tashkil etdi. O‘z navbatida bu holat dollar kursining ko‘tarilishiga olib kelmoqda. Sababi, import dollarga olib kelinadi, boshqacha aytganda mamlakatdan chiqadigan dollar miqdori mamlakatga kiradigan dollar miqdoridan ko‘p. Shuningdek, davlat qarzini to‘lash jarayoni ham dollar narxiga ta’sir qiladi. 2020-yilda tashqi va ichki qarzni to‘lash uchun 350 million dollar sarflandi, 2027-yilga borib bu miqdor 400 million dollarga etishi kutilmoqda. Mana shu holatlar tufayli dollar narxi doimiy o‘sib bormoqda. 2019-yili dollar 69 som bo‘lgan bo‘lsa, 2020-yildan boshlab dollar qimmatlay boshladi, 2021-yili 84 somga etdi. O‘z navbatida dollarning qimmatlashishi import qilinadigan tovarlar narxi ko‘tarilishini anglatadi. 2020-yilda Qirg‘iziston 228 535 tonna qishloq xo‘jalik mahsulotlarini import qilgan.

2-omil: monopoliya

 Bugungi kunda kapitalistik tuzum tatbiq qilinayotgani sababli kapitalistlar bunday qiyin vaziyatdan imkon qadar ko‘proq foyda olishga harakat qilmoqdalar. Ma’lumki, mamlakatimizdagi barcha boy kapitalistlar hukumat bilan bog‘liq, savdo kabi daromadli sohalar mansabdor shaxslarga tegishli yoki ularning qarindoshlari yo yaqin odamlariga qarashli. Ular bu bizneslarini hukumatdagi ta’sirlari bilan himoya qilib kelishadi. Shu sababli oziq-ovqat sohasining har bir tarmog‘i kapitalistlar qo‘lida, boshqacha aytganda, monopoliya (ehtikor) qilib olingan. Ular narxlarni o‘zlari xohlagancha belgilashadi va vaziyat og‘irlashganda ko‘proq pul topish uchun narxlarni yanada oshirmoqdalar. 

 Mamlakatdagi asosiy bozorlar mahalliy kapitalistlar qo‘lida. Bozorga kelgan har bir ishlab chiqaruvchining mahsuloti ularning nazorati ostida bo‘ladi. Hatto, yangi kelgan arzon mahsulotlar o‘zgalar qo‘liga o‘tib ketmasligi uchun maxsus odamlarni ham yollab qo‘yishgan. Yaqindagina «Dordoy motors» bozorida Rossiyadan kelgan ishlab chiqaruvchilar o‘simlik yog‘ini arzon narxlarda taklif qilishdi. Bu vaqtda bir litr o‘simlik yog‘ining ulgurji narxi 155 som edi. Biroq, sotuvchilarga etib bormasidan oldin bozor egasi ishlab chiqaruvchilarning mollarini vagonlarda turgan eridan sotib oldi. Natijada yog‘ning ulgurji narxi qimmat holida – 155 somligicha saqlanib qoldi. Demak, mamlakatda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining ko‘tarilishiga shu kabi monopolistlarning ta’siri juda katta. 

3-omil: mustamlakachilik

 Mustamlakachilik siyosati. Ma’lumki, Qirg‘iziston «uchinchi dunyo» davlatlaridan biri bo‘lgani sababli BMT talablariga muvofiq agrar siyosati olib borishi kerak. 2019-yili qishloq xo‘jaligi mamlakat Yalpi ichki mahsulotining 11,7%ni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich yildan-yilga pasayib bormoqda. Masalan, 2013-yilga nisbatan 2,9%g pastlagan. Ammo, qishloq xo‘jaligi og‘ir sanoatsiz rivojlanishi mumkin emas. Buni og‘ir sanoatda etakchi bo‘lgan davlatlarning qishloq xo‘jalik sohasida ham oldinda ekanligidan ko‘rishimiz mumkin. Bu davlatlar qurol-yaroq va og‘ir texnikalar ishlab chiqarish bilan birga qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan kombayn, traktor kabi zamonaviy texnikalar ham ishlab chiqaradi. Natijada bunday davlatlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha oldingi safga chiqqan. Ularga nisbatan, «uchinchi dunyo» davlatlari qishloq xo‘jalagi uchun zarur bo‘lgan stanok va texnikalarni ishlab chiqara olmagani sababli qishloq xo‘jaligida ham ortda qolgan. Hatto, Qirg‘iziston kabi o‘z fuqarolarini ham asosiy oziq-ovqat bilan ta’minlay olmaydigan holatda. Bundan tashqari, og‘ir sanoatga asoslangan davlatlar qishloq xo‘jaligi sohasiga yiliga milliardlab dollar subsidiyalar ajratadi. Uchinchi dunyo davlatlariga import mollari kirib turishi uchun Jahon savdo tashkiloti tomonidan subsidiyalar ajratishga cheklov  qo‘yilgan va oziq-ovqat mahsulotlari uchun bojxona to‘lovlari kamaytirilishi va cheklovlar olib tashlanishi shart. Qirg‘iziston kabi korruptsiyaga botgan hukumatlar bu talablarni ortig‘i bilan bajarishadi. Masalan, JST talablariga muvofiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining stavkasi 12,2%  bo‘lishi kerak edi, ammo Qirg‘iziston bu stavkani 8,1%ga qadar tushirib berdi. Natijada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilish yil sayin o‘sib bormoqda. 2020-yili Qirg‘iziston 228 534,751 tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilgan. Bu avvalgi yilga nisbatan 50 157,751 tonnaga ko‘p. Bu holat oziq-ovqat xavfsizligiga putur etkazadi va faqat importga bog‘lanib qolishga sharoit paydo qiladi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tanqisligi vujudga kelganida muammoni hal qilish qiyin bo‘lib, narxlar osmonga ko‘tariladi. JST bunday talablarni boshqa xalqaro moliya tashkilotlari kredit yoki grantlar ajratilayotganida ham qo‘yadi. Shuningdek, mustamlakachilik siyosati sababli bugun biz Rossiya ta’siri ostidamiz. Iqtisodiy va siyosiy qarorlarimiz Rossiyaga qaram. Rossiya o‘z hukmronligini mustahkamlash uchun turli siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik sohasidagi tashkilotlar orqali kishanlab olgan. Ushbu zo‘ravon mustamlakachilik tufayli hatto, qo‘shni musulmon davlatlari bilan ham ochiq va erkin aloqalar o‘rnata olmaymiz. Oziq-ovqat tanqisligi yoki narxlar ko‘tarilishining asl sababchisi bu ustimizda tatbiq qilinayotgan mustamlakachilik siyosati va ularga ittifoqdosh bo‘lgan mahalliy amaldor va kapitalistlardir.

 Islom dini nazarida

 Birinchi omil, ya’ni pul nizomiga kelsak, Islom buning uchun oltin va kumush nizomini joriy etgan. Bunday holatda pulning qiymati oltin qiymati bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Natijada valyutani ko‘tarilishi yoki qulashi butunlay yo‘q bo‘ladi. Shu sababli, ushbu nizom turli xil inqirozlarning, inflyatsiyaning oldini oladi va narxlar barqarorligini va hatto umumiy moliyaviy barqarorlikni ta’minlaydi.

 Bundan tashqari, Islom yuqorida ikkinchi omilda ko‘rsatilgan monopoliyani taqiqlagan.

Asrom Abu Umomadan rivoyat qilishicha:

نهى رسول الله ﷺ أن يُحتكر الطعام

 “Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam oziq-ovqatni ehtikor qilishdan qaytarganlar”

 Islom monopoliyaga qarshi kurashish bilan birga, agar biror mahsulot tanqisligi vujudga kelsa, boshqa yurtlardan shu mahsulotni olib kelib, tanqislikni bartaraf qilishdan mas’uldir.

 Shuningdek, Islom mustamlakachilik siyosatiga yo‘l qo‘ymaydi. Agar Islom davlati biror tashkilot yoki jamiyatga a’zo bo‘ladigan bo‘lsa Islom talablariga muvofiq a’zo bo‘ladi, xalqqa zulm bo‘luvchi tashkilotlar va davlatlar bilan aloqa qilishni to‘xtatadi. Sababi, etakchining vazifasi – o‘z xalqini adolat bilan boshqarish.

 Oziq-ovqat xavfsizligi ulkan mas’uliyatdir. Imom – rahbar va qo‘l ostidagilardan javobgar. Shu sababli u odamlarni oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi kerak. Birinchidan, odamlar och qolmasligi lozim, ikkinchidan, bozorlar oziq-ovqatlarga to‘la bo‘lib, narxlar barqaror bo‘lishi va monopoliyaga chek qo‘yilishi zarur. Xalifa urush vaqti, qurg‘oqchilik va yuqimli kasalliklar sababli vujudga keladigan oziq-ovqat tanqisligini hisobga olishi shart. Sababi, bunday holatlarda ekin maydonlari qisqarib, xom-ashyo olib kelish kamayib ketishi mumkin. Shunday vaqtda odam sonini saqlab qolish vojib, shu sababli oziq-ovqat bilan ta’minlash ham vojib bo‘ladi. Chunki, «Vojib nima bilan ado bo‘lsa, shu ish ham vojib» degan shar’iy qoida bor.

 Aslida musulmon yurtlari ulkan er osti va qishloq xo‘jalik boyliklariga boy. Bu yurtlar nafaqat o‘z fuqarolarini, balki butun dunyoni oziq-ovqat ibaln ta’minlashga qodir. Sababi, unda oziq-ovqat bilan ta’minlaydigan to‘rtta asosiy omil mavjud. 

1 – Qishloq xo‘jaligi uchun yaroqli erlar

 Ekin maydonlari oziq-ovqat xavfsizligining muhim omilidir. Davlat o‘zini etarli oziq-ovqat bilan ta’minlashda shu maydonlarga suyanadi. Islom qishloq xo‘jaligiga targ‘ib qiladi va ekin maydonlariga e’tibor beradi. Shuning uchun Islomda qishloq xo‘jalik siyosati qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirishni ko‘paytirish asosiga quriladi. Islom bu sohada ikki yo‘ldan boradi: 

 a) Erning xosildorligini oshirish. Bu kimyoviy vositalardan foydalanish, dexqonlar orasida zamonaviy usullarni joriy etish va sifatli urug‘lar bilan ta’minlash orqali amalga oshiriladi. Davlat ishlab chiqarishni ko‘paytirish va sohaga yordam berish uchun muhtojlarga qarz emas, balki sovg‘a sifatida mablag‘ ajratadi. Natijada, ular zarur texnika, urug‘ va kimyoviy vositalarni sotib olishadi.

 b) Ekin maydonlarin kengaytirish. Bu ish o‘lik erni tiriltirish orqali amalga oshiriladi. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kimki o‘lik erni tiriltirsa, o‘sha er unikidir», deganlar. (Buxoriy, Abu Dovud, Axmad va Molik). Davlat eri bo‘lmagan yoki eri oz bo‘lgan kishilarga er ajratib beradi. Shuningdek, davlat uch yil ketma-ket erni tashlab qo‘yganlardan erni tortib oladi. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam va u kishidan keyingi xalifalar siyratida bu kabi misollar juda ko‘p. Mana shu ikki yo‘l bilan qishloq xo‘jaligini rivojlantirish mumkin. Bugungi kunda esa o‘lik erni tiriltirishga umuman ruxsat berilmaydi.  Bu ishni qilayotganlarga esa davlat soliq xizmati turli bahonalar bilan boraverib, dexqonni xonavayron qilishadi.

2 – Suv manbalari

 Suv hayotning ajralmas qismidir. Ibn Abbos rivoyat qilishicha, Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam: «Musulmonlar uch narsada: ya’ni suv, o‘t-o‘landa va olovda sherikdirlar», deganlar. Suv oziq-ovqat xavfsizligi bilan bevosita bog‘liq. Suv ta’minoti etarli bo‘lsa, oziq-ovqat xavfsizligi ham etarli bo‘ladi. Sababi, dexqonchilik faqat suv bilan amalga oshiriladi. Suv davlatlar o‘rtasidagi urush va mojarolar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Allohga hamdlar bo‘lsin, islomiy yurtlar ulkan suv zaxiralariga ega. Shuningdek, islomiy yurtlar eng muhim strategik kanal va bo‘g‘ozlarni nazorat qiladi. Bu yurtlar ko‘plab dengiz va okeanlar qirg‘og‘ida joylashgan. Bundan tashqari, yurtlarimizda Nil, Dajla, Furot va boshqa dunyoga mashhur daryolar bor. Ushbu daryolarning o‘zi 150 milliard kub metr suv bilan ta’minlay oladi. Yurtlarimizda yana 7734 milliard kub metr er osti suvlari bor. Islom hududida butun er aholisiga etadigan buloqlar mavjud. Demak, shuncha ko‘p suv zaxirasi bor bo‘lganidan keyin dexqonchilik uchun yaroqli erlarda dexqonchilik qilish, boshqa erlarda melioratsiya ishlarini olib borish va ularni dexqonchilikka yaroqli qilish mumkin. Islomiy yurtlarda suv serob bo‘lsa ham davlat fuqarolarga suvdan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatishi, ularni qurib qolishidan saqlashi, dambalar qo‘yishi va artezian quduqlari qazishi kerak.

3 – Insoniy resurslar

 Erlarni melioratsiya qilish, qishloq xo‘jaligi va tiriltirish nafaqat suvga, balki insoniy kuchga, ya’ni, shu ishlarni bajaradigan dexqonlarga muxtoj. Musulmonlarda bu manba mavjud va ular mehnat qilishga qodir.

4 – Moliyaviy resurslar

 Erlardan foydalanish va o‘lik erlarni tiriltirish uchun katta mablag‘ kerak. Bunday mablag‘lar islomiy yurtlarda mavjud, ularning birinchisi neftdir. Masalan, «Al-Va’y» jurnalining 233-sonida aytilganidek, Amerika birgina Saudiya neftidan 86 trillion dollar daromad olgan. Agar bu mablag‘ dunyodagi barcha musulmonlarga taqsimlansa, ularning har biri, ya’ni, chaqaloqlar, qariyalar, erkak va ayollarga 66000 dollardan to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, gaz va boshqa tabiiy boyliklar ham to‘lib-toshib yotipti.

 Islom olamida etishtirilgan oziq-ovqatni uzoq yillar saqlash mumkin. Masalan, bug‘doyni boshoq holida saqlasa bo‘ladi, boshoqsiz ham saqlasa bo‘ladi. Xurmo, uzum, anjir, zaytunni quritish mumkin. Go‘shtni ham quritsa, konservalasa bo‘ladi, sutni quritish mumkin. Bu kabi saqlash ishlarini davlat bilan birga yakka shaxslar ham o‘z uylarida uzoq vaqt saqlasa bo‘ladi. Imom Buxoriy Oisha onamizdan qilgan rivoyatida Rosululloh sollallohu alayhi va sallam: “Uyida xurmosi bor odam och qolmaydi” deganlar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam: “Qo‘lida borlar muhtojlarga berishi uchun men sizlarni qurbonlik go‘shtini uch kundan oshiq saqlashdan qaytargan edim. Endi undan istagancha eb, boshqalarga ham berib, saqlab ham qo‘yishinglar mumkin”, deganlar. (Termiziy rivoyati). 

 Biroq, odamlarning oziq-ovqatni saqlashi monopoliyaga olib bormasligi zarur. Boshqacha aytganda, o‘sha narsani bozordan to‘plab olish natijasida narxlar ko‘tarilib ketmasligi kerak. Sababi, Rosululloh sollallohu alayhi va sallam: “Kimki, qimmatlashtirish maqsadida musulmonlarning narxlariga biror narsani kiritsa, qiѐmat kunida uni ulkan olovga o‘tirg‘izish Allohning haqqi bo‘lib qoladi”, deganlar. Shuning uchun odamlar och bo‘lib turgan vaqtda ovqat saqlash mumkin emas.

 Haysama aytadi: “Abdulloh ibn Amr bilan o‘tirgan edik, uning oldiga xazinabon keldi. Shunda Abdulloh unga: “Qullarga ovqat berdingmi?” deb so‘radi, u “Yo‘q” deb javob berdi. Abdulloh: “Qaytib borib ularga ovqatini ber. Sababi, Rosululloh sollallohu alayhi va sallam: “Kishi o‘z qo‘l ostidagilarning ovqatini bermasdan ushlab turishi gunoh bilan barobar deganlar”, dedi”.

 Aslida musulmon odam kam taom eyishi kerak, sababi u yashash uchun eydi, buning aksi emas. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam: “Mo‘min kishi bitta ichagiga eydi, kofir esa etti ichagiga (ovqat) eydi”, deganlar (Muslim).  Mazkur hadis mo‘minlarni oz ovqat eyishga targ‘ib qilmoqda. Kofirlarning sifati esa, Alloh taolo aytganidek ko‘p ovqat eyishda:

وَالَّذِينَ كَفَرُوا يَتَمَتَّعُونَ وَيَأْكُلُونَ كَمَا تَأْكُلُ الْأَنْعَامُ وَالنَّارُ مَثْوًى لَهُمْ

“Kofir bo‘lgan kimsalar esa (mana shu hayoti dunyoning o‘tkinchi lazzatlaridan) foydalanib, chorva hayvonlari eganidek eb-ichurlar va ularning joylari do‘zax bo‘lur!”. [47:12]

 Bundan tashqari, Islom boylik bir hovuch shaxslar qo‘lida to‘planib qolishini taqiqlaydi. Alloh Taolo aytadi:

كَيْ لَا يَكُونَ دُولَةً بَيْنَ الْأَغْنِيَاءِ مِنْكُمْ

«Sizlardan boy-badavlat kishilar o‘rtasidagina aylanib yuraveradigan narsa bo‘lib qolmasin uchun». [59:7]

 Rosululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Yonidagi qo‘shnisi ochligini bilib turib kechasini to‘q holida o‘tkazgan kishi menga iymon keltirmabdi”. «Qaysi bir mahallada qorni och odam tong orttirsa, Olloh Taboraka va Taoloning himoyasi ulardan ko‘tariladi».

 Oziq-ovqat tanqisligining asosiy sababi adolatsiz taqsimotda

 Aslida, Qirg‘iziston kabi qashshoq xalqlar oziq-ovqat tanqisligidan emas, balki adolatsiz taqsimotdan aziyat chekishmoqda. Uchinchi dunyo davlatlari ko‘p boyliklarga ega bo‘lishlariga qaramay, hukmdorlari malay bo‘lgani sababli qashshoqlik botqog‘idan chiqolmay kelishmoqda. Qudratli davlatlar ularga hukmronlik qilishdao‘zaro kurashib, ushbu boyliklar urush va ta’sir o‘tkazish manbasiga aylanib qoldi. Chunki, G‘arb dunyoqarashiga muvofiq resurslar chekli, inson ehtiyojlari esa cheksiz deb hisoblanadi. Shu sababli kapitalistlar dunyo boyliklarini egallab olish uchun kurashga kirishib ketishdi. Aslida bu tushuncha tamoman xato va dunyoni zavolga tutayotgan narsa shu dunyoqarash. Alloh Taolo O‘zining aziz kitobida hayotni oziq-ovqat bilan ta’minlab qo‘yganini bayon qilgan. Alloh Taolo aytadi:

وَجَعَلَ فِيهَا رَوَاسِيَ مِنْ فَوْقِهَا وَبَارَكَ فِيهَا وَقَدَّرَ فِيهَا أَقْوَاتَهَا فِي أَرْبَعَةِ أَيَّامٍ سَوَاءً لِلسَّائِلِينَ

«U zot (Erning) ustida tog‘larni (paydo) qildi va uni barakotli qildi hamda o‘sha (er)da uning emishlarini (ya’ni er ahlining rizqu ro‘zlarini) to‘la to‘rt kunda belgilab — taqsimladi. (Bu tafsilot) so‘raguvchilar uchundir». [41:10]

 Demak,oziq-ovqat etarli darajada bor, faqat uni etishtirish va adolatli ravishda taqsimlash kerak. G‘arb dunyoqarashining xatoligini hozigi kunda aholisi kam mintaqalarda ocharchilik yuz berib, aholisi ko‘p mintaqalarda sodir bo‘lmasligi ham tasdiqlab turipti. Masalan, Xitoyning aholisi 1 milliarddan oshsa ham oziq-ovqat muammosi yo‘q. Afrika davlatlari esa daryo bo‘ylarida yashab, aholisi kam bo‘lsa-da fuqarolari har doim ocharchilikni boshdan kechirishmoqda. Oziq-ovqat etarli miqdorda etishtirilayotganiga yana bir dalil dunyo aholisi Ikkinchi jahon urushidan beri ikki barobarga ko‘paydi. Oziq-ovqat ishlab chiqarish esa shu davr ichida uch barobarga oshdi. Bugungi kunda sotib olinayotgan oziq-ovqatning 40 foizi yoki 1,6 mlrd tonnasi ahlatga tashlanadi. Buni pulga chaqadigan bo‘lsak 750 milliard dollarni tashkil etadi. Oziq-ovqatning axlatga tashlanishining asosiy sababi talabga nisbatan taklifning ko‘pligida. Masalan, AQSh marketinglari amerikaliklar iste’moliga nisbatan ikki barobar ko‘p oziq-ovqat taklif qiladi. Shu sababli G‘arbda aholining 15-25 foizi oshiqcha vazndan aziyat chekadi. So‘nggi paytlarda o‘smirlar orasida ham bu muammo keskinlashmoqda. Ayniqsa, rivojlangan davlatlarda o‘smirlarning 25% ortiqcha vazndan azob chekmoqda.

 G‘arbning resurslar chekli, inson ehtiyojlari cheksiz degan dunyo qarashi ilmiy jihatdan ham xato hisoblanadi. Olimlarning hisobiga ko‘ra, AQShda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat 47 milliard odamni, Yaponiyadagi oziq-ovqatni qo‘shganda 157 milliard odamni to‘ydirishga etadi. Yana boshqa olimlarning fikricha, agar er yuzidagi qishloq xo‘jalik erlaridan natijali foydalanilsa, bugungi dunyo aholisidan 10 barobar ko‘p odamni boqish mumkin. Boshqa ba’zi olimlar bundan ham katta sonlarni keltirib, er 132 milliard odamni boqishga qodir deyishadi. Bu juda katta son. Insoniyat bugungi kunga qadar katta ilmiy inqiloblarni boshdan kechirgan bo‘lishga qaramay, er va tabiat salohiyatining atigi 1 foizidan foydalandi.

 Bugun musulmonlarni kufr hukmlari bilan boshqarayotgan zararli rejimlar Islomga zid ish qilishmoqda. Masalan, Sudan xalqi och, ammo yiliga 700 million dollarlik sut mahsulotlari  to‘kib tashlanadi. («Alь-Jazira», 2008-yil, 16-iyun). 1974-yili BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti Sudanni dunyoni oziq-ovqat bilan ta’minlashini Kanada va Avstraliya bir bir qatorga qo‘ygan. Chunki, Sudan dunyodagi eng xosildor erlarning 81 million gektariga egalik qiladi. U erda yana ulkan suv zaxirasi, daryolar, er osti va yomg‘ir suvlari mavjud. Bundan tashqari, turli fasllar bor. Biroq noto‘g‘ri siyosat, boshqaruv va nazorat 1990 yildan beri oziq-ovqat mahsulotlari importini 72 milliondan 90 milliardga ko‘tarib yubordi. Kanada va Avstraliya bug‘doy etishtirish bo‘yicha eng oldingi safdagi davlatlar bo‘lsa, Sudan bug‘doy importi bo‘yicha eng birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Uning yillik bug‘doy importi 2.2 million tonnani tashkil etadi.

 Hozir faqat o‘z hukmronligini o‘ylagan hukumat odamlarning muammolarin hal qilish, real qadamlar tashlash va farovonligini ta’minlashga harakat qilish o‘rniga, bu jirkanch kapitalistik tuzumning kirdikorlarini fosh qilganlarni, bunday zulmdan ozod bo‘lish yo‘lini ko‘rsatib, ikki dunyo saodatini ato etgan Islomga chaqirayotganlari siquvga olish, ozodlikdan mahrum qilib, qamoqqa tashlash bilan ovora. Iqtidorga kelgan har bir hukumat pokiza muslimalar va mo‘min musulmonlar uyiga bostirib kirib, jinoiy javobgarlikka tortishni odat qilib oldi. Oktyabr voqealaridan keyin hokimiyat tepasiga kelgan hukumat ham shu odatni davom ettirib, 29-mart kuni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning haqorat qilinishiga qarshi aktsiyaga chiqqan bir qator muslimalarni uyiga bostirib kirdi. Ulardan ayrimlari jinoiy javobgarlikka tortilish arafasida turishipti! 17-iyun kuni O‘sh oblastining Qorasuv rayonida yashovchi 21 yoshli o‘smir “internet tarmoqlarida islomiy materiallarni tarqatish” ayblovi bilan qo‘lga olindi. Uni “diniy ekstremizm”ga aloqador materiallarni tarqatganlikda ayblab, dastlab 48 soatga, keyin sudning xukmi bilan 2 oyga qamoqqa olishdi. Issiqko‘l oblastida ham ijtimoiy tarmoqlarda islomiy materiallarga “layk” bosgan bir qancha musulmonlar uyida tintuv o‘tkazilib, xuddi shunday ayblovlar bilan qamoqqa olindi. Ijtimoiy tarmoqlarda “layk” bosgani yoki islomiy materiallarni bo‘lishgani uchun yigirmaga yaqin odamga jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bunday ko‘rinishlar mamlakatning deyarli barcha hududlarida kuzatilmoqda. Hukumat shunday harakatlari bilan zulmni yanada kuchaytirib, Islom ovozini o‘chirishga urinmoqda.

 Musulmonlarga tuhmat qilish harakatlarida hukumat kofir mustamlakachi xo‘jayinlari va qo‘shni mamlakatlarning Islomga qarshi da’vosiga itoat qilayotgani aniq. Ikkinchidan, oziq-ovqat qimmatlab, ishsizlik va qashshoqlik kun sayin o‘sib bormoqda. Natijada hukumatga nisbatan noroziliklar kuchayib bormoqda. Shu sbabali hukumat xalq e’tiborini “diniy ekstremizm” bilan chalg‘itishga o‘tib oldi. Hizb a’zolari va uning qo‘llab-quvvatlovchilarga nisbatan bo‘layotgan bu va boshqa holatlar shunga dalolat qilmoqda. Aslida hukumatning ayni vaqtdagi vazifasi xalqni muammolardan chalg‘itish emas, balki muammolarning to‘g‘ri echimini topib, odamlarning muammolarini hal qilishdan iborat bo‘lishi kerak edi.

 Aslida “diniy ekstremizm” bo‘lmagan narsa, bu mustamlakachilarning Islomga qarshi kurashish uchun o‘ylab topgan ertagi. Qolaversa, Akaevdan tortib bugungi kunga qadar hukumtlarning barchasini hokimiyatga kelib-ketishi – ularning o‘z qonunlariga muvofiq – ekstremizmga to‘g‘ri keladi.

 Aslini olib qaraganda, hukumat ham, ularning xo‘jayini bo‘lgan mustamlakachilar ham Hizb ut-Tahrir hokimiyatga erishish uchun moddiy kuch qo‘llamasligini juda yaxshi bilishadi. Hizb buni qo‘rqqanidan emas, balki bu shar’iy hukm bo‘lgani uchun shunday qiladi va faqat fikriy-siyosiy kurash olib boradi. Hizbga nisbatan bunday bosimlar esa Hizb a’zolarining g‘ayratiga g‘ayrat qo‘shib, faoliyatlarini yanada kuchaytiradi.

 Xulosa qilib aytganda, Allohning izni bilan barpo bo‘ladigan islomiy Xalifalik davlati nafaqat o‘z fuqarolarini oziq-ovqat bilan ta’minlaydigan, balki xalqaro ta’sirga, xalqaro qishloq xo‘jaliliga ega bo‘lgan davlat bo‘ladi. Shu bilan birga, Islomda sanoat siyosati qishloq xo‘jaligi bilan bir vaqtda olib boriladi. Shuningdek, kofir davlatlarga islomiy davlat siyosati va boshqaruviga aralashishiga yo‘l qo‘ymaydi. Islom davlati ushbu qishloq xo‘jaligi va sanoat siyosatini joriy qilib, oziq-ovqat va sanoat xavfsizligini vujudga keltiradi. Shu tarzda mustamlakachilarga bizga hukmronlik qilishlariga yo‘l bermaydi. Demak, oziq-ovqat xavfsizligigin haqiqiy echimi – Islomni tatbiq qilish va uni hayot maydoniga olib kelishda. Chunki, Islom hukmlarini tatbiq qilgan davlat erga taalluqli hukmlarni joriy qiladi, ishlab chiqarishni Ummat foydasi uchun yo‘lga qo‘yadi, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va sanoatni rivojlantiradi. Mana shunda Ummat hech kimga qaram bo‘lmaydi, aksincha kofirlar Islomga muhtoj bo‘ladi. Xalifalik e’lon qilinishi va Allohning izni bilan uni barqaror turishi sababli “oziq-ovqat xavfsizligi” atamasi yo‘q bo‘ladi. Yaxshilik butun dunyoga tarqaladi!

Hizb-ut-Tahrir Qirg‘iziston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.