Frantsiya senati “terrorizm”ga qarshi yangi qonun loyihasini tasdiqladi

311
0

Frantsiya senati “terrorizm”ga qarshi yangi qonun loyihasini tasdiqladi

Frantsiya parlamentining yuqori palatasi 3 iyun kuni Milliy Assambleya tomonidan ma’qullangan “terrorizm”ga qarshi kurash va razvedka to‘g‘risidagi yangi qonun loyihasini tasdiqladi. Ya’ni, 2017 yil oktyabr oyida kuchga kirgan ichki xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonundagi vaqtinchalik choralarni doimiy holga keltirish loyihasi qabul qilindi.

Yangi qonunga ko‘ra, uy-joylarni tintuv qilish, xavfsizlik zonasini tashkil qilish, ibodat joylarini yopib qo‘yish va ayblov e’lon qilinmagan, ammo gumon ostiga olinganlarni hibsga olish kabi vaqtinchalik choralarini doimiy ravishda qo‘llash ma’qullandi. Shuningdek, Frantsiya parlamenti “terroristik” harakatlar bilan bog‘liqlikda gumon bilan ibodat joylarini va unga tegishli joylarni yopib qo‘yishga imkon beruvchi bandni yanada kengaytirdi.

Izoh: Frantsiya va shu jumladan G‘arb davlatlarining maqsadi musulmonlarni mamlakatlaridan quvib chiqarish emas. Ular G‘arb hazoratini qabul qilgan va G‘arb xalqlari bilan qorishib, g‘arbcha hayot tarziga ko‘nikkan musulmonlarni xohlashadi. Mana shunda ular musulmonlarning qayta uyg‘onishidan xotirjam bo‘lishadi. Shuning uchun G‘arb olamida Islomni siyosiy maydondan uzoqlashtirish va uni faqat ibodatxona va dafn marosimlariga cheklab qo‘yishga qattiq harakatlar olib borilmoqda. Buning uchun teologiya va din ishlari bo‘yicha maxsus muassalar tashkil qilingan. Ularning asosiy vazifasi Islomning qonunchilik jihatiga zarba berish, uni hayot nizomi sifatida tan olishdan uzoqlashtirish va shar’iy hukmlarni shaxsiy hayotga cheklab, Islomni demokratiyaga bog‘lash kabi ishlar bilan shug‘ullanishdir. Ya’ni, ularning maqsadi Islomni zamonga moslashtirish, musulmonlarni G‘arb xalqlari tarkibiga singdirib yuborishdir. Ular bu yo‘lda G‘arb saqofatidan ta’sirlangan musulmon g‘arbparast kimsalardan unumli foydalanmoqda.

Ammo G‘arb qanchalar kuch g‘ayrat sarflamasin, musulmonlarni kufr ahli bilan qorishtirib yuborishga imkon topa olishmayapti, musulmonlar zehnidagi Islomning “halol-harom” o‘lchovini o‘chirib, uning o‘rniga G‘arbning “foyda-zarar” o‘lchovini joylashni eplay olishmayapti. Shuning uchun har qanday Islomiy harakatlarga “terror” bahonasida zarba berish va o‘zlarining bu harakatlariga qonuniy tus berish uchun yuqoridagi qonun loyihalarini qabul qilishga majbur bo‘lmoqda. Chunki G‘arb kapitalizm mabdasi qulab, bashariyat etakchiligi Islom mabdasining qo‘liga o‘tishidan qattiq tashvishlanmoqda. Ular shuni yaxshi bilishadaki, agar musulmonlar Islomga to‘liq amal qilishsa, ya’ni Islomning siyosiy jihatini ham mahkam tutishsa Ispaniyadan tortib Malayziyagacha cho‘zilgan davlatga asos solinadi. Lekin ularning qarshiliklari aslo foyda bermaydi, ular nima qilishsa qilishsin, Allohning amri albatta ro‘yobga chiqadi.

وَاللَّهُ غَالِبٌ عَلَى أَمْرِهِ وَلَكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ

“Alloh O‘z ishida g‘olibdir lekin odamlarning ko‘plari (buni) bilmaydilar”.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.