Erdogan o‘zining razil basharasini to‘liq ochganidan so‘ng nima bo‘lishiga bir qaranglar!

320
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Erdogan o‘zining razil basharasini to‘liq ochganidan so‘ng nima bo‘lishiga bir qaranglar!

Arabiya net veb-sayti (hijriy 1442 yil 6 sha’bon, milodiy 2021 yil 19 mart juma kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi: «Anqaraning so‘nggi bayonoti Qohiraga yaqinlashish hamda munosabatlarning yangi sahifasini ochish urinishlarini keltirib chiqardi. Ushbu bayonot ortidan Turkiya hukumati Istanbuldagi Ixvonul Musliminga tegishli fazoviy kanalga Qohirani tanqid qilishni to‘xtatish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi.

Arabiya netning bildirishicha, turk hukumati bir necha soat muqaddam Ixvonul Muslimin jamoasiga qarashli Istanbuldan efirga uzatiladigan «Vatan», «Sharq» va «Makmalayn» nomli fazoviy kanallarga siyosiy dasturlarni to‘xtatish yoki ularni estrada va dramatik dasturlarga aylantirish to‘g‘risida ko‘rsatma bergan. Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, Turkiya Ixvon rahbarlari bilan bu ko‘rsatmalarga amal qilish to‘g‘risida bitim imzolagan hamda jazo qo‘llash bilan tahdid qilib, bu jazo efirni butkul to‘xtatib qo‘yish va qoidabuzarlarni Turkiyadan chiqarib yuborish darajasida bo‘lishi mumkinligini bildirgan».

Roya:

Turkiyadagi Erdogan rejimi Ixvonul Musliminni o‘tgan uzun yillar bo‘yi boshpana bilan ta’minlab keldi. Chunki bu jamoa Sisiy rejimi tomonidan quvg‘inga uchragan edi. Erdogan ularni pul va axborot minbarlari bilan ta’minlagan. Shuningdek, otashin bayonotlar bilan ularni maqtab, Sisiyga hamda uning Mursiy rohimahullohga qarshi inqilobiga hujum qilgan. Ammo hozirga kelib, AQShdagi yangi ma’muriyatning buyruqlarini bajarish vaqti keldi. Chunki bu ma’muriyat ba’zi siyosiy masalalarni tinchitishga va ularni tartiblashtirib, yangi ustuvor yo‘nalish bilan shug‘ullanish uchun vaqt ajratishga harakat qilmoqda. Mana, Erdogan Ixvon jamoasining arqonini qirqib, ularni o‘zi istagan tomonga, aniqrog‘i, Amerika istagan tomonga tortib ketyapti.

Turkiya bundan oldin Suriya shimolidagi Shom qo‘zg‘olonchilarini xuddi shu tarzda o‘z bag‘riga olgan edi. O‘shanda Shom qo‘zg‘oloni etakchilarini mehmon qildi, pullar berib, Istanbuldagi lyuks toifadagi mehmonxonalarga joylashtirdi va nihoyat, Amerika istagan vaqt kelgach, bu guruhlar va ularning etakchilarini Shom ahlining dushmanlariga aylantirdi, ular Amerikaning rejalarini bajaradigan va suriyaliklarga dushmanlik qiladigan guruh bo‘lib qolishdi.

Bu Erdogan Ummatning dushmani, Amerikaning do‘stidir. Hatto o‘zining jarangdor shiorlari va soxta ma’ruzalari bilan buning aksini da’vo qilsa ham. Shuning uchun bu kimsa bilan do‘stlashmoq va unga tayanmoq haromdir. Bil’aks, undan ehtiyot bo‘lmoq va boshqa islomiy yurtlar hukmdorlari qatori, uni ag‘darishga harakat qilmoq vojib. Alloh Taolo aytadi:

إِنَّ فِي ذَلِكَ لَذِكْرَى لِمَن كَانَ لَهُ قَلْبٌ أَوْ أَلْقَى السَّمْعَ وَهُوَ شَهِيدٌ

«Albatta bunda (ogoh) qalb egasi bo‘lgan yoki o‘zi hozir bo‘lgan holda (ya’ni sidqidildan) quloq tutgan kishi uchun eslatma-ibratlar bordir» [Qof 37]

Roya gazetasining 2021 yil 24 mart chorshanba kungi 331-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.